TATU rektori Baxtiyor Maxkamov
2.98K subscribers
5.97K photos
731 videos
31 files
821 links
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori
MAXKAMOV BAXTIYOR SHUXRATOVICHning
Telegram kanaliga xush kelibsiz!

Telegram bot: @taturasmiybot

www.facebook.com/BaxtiyorShuxratovichMaxkamov
Download Telegram
#Hamkorlik #TATU

💻 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Yaponiyaning “CAL Co, Ltd” prezidenti Maeda Akir hamda “Kompyuterlashtirish bo‘yicha xalqaro hamkorlik Markazi” bosh menejeri Kotaro Okada tashrif buyurdi.

Uchrashuv davomida IT mutaxassislariga bo‘lgan talabning butun dunyoda yuqori ekanligi, xususan, 2030-yilga qadar Yaponiyada 800 mingga yaqin IT injinerlar yetishmovchiligi taxmin qilinayotgani, shu maqsadda xorijdan yetakchi IT xodimlarni jalb qilishga katta e’tibor qaratilayotgani qayd etildi. Uchrashuv davomida TATU bitiruvchilarini “CAL Co, Ltd” kompaniyasiga ishga jalb qilish, shu bilan bir qatorda TATUda 9 oylik yapon tili kurslarini tashkil etish muhokama qilindi.

📌 Ma’lumot uchun: Yaponiyaning “CAL Co, Ltd” kompaniyasi 1990-yilda tashkil etilgan bo‘lib, xususiy sektorda faoliyat olib boradi. Shuningdek, IT yo‘nalishida butun Yaponiya bo‘ylab xizmat ko‘rsatib kelishi bilan bir qatorda, dunyoning boshqa yetakchi davlatlariga ham o‘z xizmatlarini taqdim etib keladi. Bugungi kunda kompaniyada 2133 nafar xodim xizmat ko‘rsatmoqda.

✈️ @taturektori
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hamkorlik

🤝 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti delegatsiyasi Koreya Respublikasining Kookmin universitetiga tashrif buyurdi.

🖋 Tashrif davomida TATU, Kookmin universiteti hamda Koreyaning ELICE group kompaniyasi o‘rtasida sanoat-akademik tadqiqot memorandumi (industry-academic research agreement ) imzolandi.

📌 Ushbu memorandumga ko‘ra Sun’iy intellektga asoslangan ta’lim texnologiyalari va platformalarini tadqiq qilish, sanoat ma'lumotlarini sun'iy intellekt modellariga qo'llash hamda ishlab chiqishdan iborat.

📌 Tomonlar, Universitet talabalarini ELICE AI ta’lim platformalarida o‘qishni tashkil etish maqsadida Kookmin bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan o'quv dasturini TATU ga joriy etishga kelishib oldilar.

📈 Shuningdek, universitet o‘quv jarayonlariga AI texnologiyalarini qo‘llash hamda “Coding labs”, “Video lecture solutions” va “Jarayonlarni boshqarish” virtual ta’lim platformalarini joriy etish rejalashtirilgan.

📎Ma’lumot uchun: Koreyaning ELICE Group kompaniyasi 2015-yilda tashkil etilgan bo‘lib, sun’iy intellektga asoslangan raqamli ta’lim platformalari, virtual muhit (Lab Environment) ishlab chiqish va o‘qitish bilan shug‘ullanadi. ELICE Group kompaniyasi 100 dan ortiq kompaniya xodimlarini AI va ma’lumotlar tahlili bo‘yicha o‘qitishni tashkil etganlar. Kompaniya ELICE LXP, ELICE TEST, ELICE Cloud kabi loyihalari orqali Koreyaning yirik Hyundai, LG, SUNIC, KT, SK Networks, SK Magic kabi kompaniyalar va Koreyaning yetakchi oliy ta’lim muassasasi hisoblangan KAIST universiteti bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatgan va ushbu kompaniyalar Elicening raqamli platformasidan foydalanib kemoqdalar. Bugungi kunga qadar yuqoridagi hamkor kompaniyalarning 200 000 dan ortiq xodimlari ELICE onlayn treningni 80% dan yuqori natija bilan yakunladilar.

✈️ @taturektori
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hamkorlik #Microsoft #Koreya

💻 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti delegatsiyasi Microsoft kompaniyasining Koreyadagi ofisiga (Microsoft Korea) tashrif buyurdi. 

✍️ Tashrif davomida TATU, Kookmin universiteti hamda Microsoft Korea kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

📄 Ushbu memorandum - raqamli platformalar kabi zamonaviy texnologiyalarga asoslangan yangi avlod ta'limi va ish muhitini (next generation education and work enviroment) yaratishga qaratilgan hamkorlik aloqalarini o‘z ichiga oladi. Shuningdek, TATUda Microsoft kompaniyasi dasturiy vositalari, tizimlari va yechimlaridan foydalanish bo'yicha o‘quv kurslarini taqdim etish ko'zda tutilgan. Bu universitet talabalariga Microsoft kompaniyasining IT sertifikatlarini olish va global mehnat bozorida raqobatbardosh kadrlar sifatida faoliyat yuritishlari uchun imkon beradi.

🖥 Microsoft Korea kompaniyasi tomonidan TATU hamda Kookmin universiteti talabalari uchun Microsoft kompaniyasining dasturiy mahsulotlaridan erkin foydalanishni joriy etish, Microsoft AZURE, GitHub kabi xizmatlarini olish va cloud platformalaridan foydalanish imkonini taqdim etish rejalashtirilmoqda. Bundan tashqari, TATU va Kookmin universiteti o‘rtasida amalga oshirilayotgan loyiha doirasida har yili 200 nafar talabalar uchun Microsoft AZURE sertifikatiga ega bo'lish imkoniyati yaratilishiga kelishib olindi.

🤝 Ushbu Memorandum orqali universitetimiz Microsoft Koreya bilan AI (Sun'iy intellekt), Big Data va Cloud computing kabi sohalarda hamkorlikni kengaytirish uchun asos bo’ladi.

@taturektori
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hamkorlik
#TATU

💻 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti delegatsiyasi Koreya Respublikasining Yongnam universiteti (Yeungnam university)ga tashrif buyurdi.

Delegatsiyaning tashrifi davomida TATU va Yongnam  universiteti o‘rtasida “Information and Communication Engineering” va “Computer Engineering” yo‘nalishlarida qo’shma ta’lim dasturini yo‘lga qo‘yish bo’yicha hamkorlik shartnomasi imzolandi.

➡️ Kelgusida ushbu ta’lim dasturida o’qiydigan talabalar dastlabki 2 yilni TATUda va qolgan 2 yilni esa Koreyaning Yongnam universitetida davom ettiradilar. Qo’shma ta’lim dasturini tamomlagandan so’ng ularga ikkita xalqaro darajadagi diplom beriladi.

📎 Mazkur qo’shma ta’lim dasturi  2023-yil oktabr oyidan boshlanishi kelishildi. Abituriyentlar uchun ta’lim dasturiga oid barcha ma’lumotlar (kirish imtixonlari, talab etiladigan xujjatlar) rasmiy web saytlar va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalar orqali e’lon qilinadi.

📄 Ma’lumot uchun: Yongnam universiteti Koreya Respublikasining yetakchi Oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi. Xususan, Koreya universitetlari o‘rtasida 16-o‘rinda, xalqaro QS hamda THE reytinglarda esa TOP 800 o’rinda qayd etilgan.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hamkorlik #TATU #Koreya

💻 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Koreya Respublikasining KOOKMIN universiteti bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “TATUda innovatsion biznes IT ta’lim tizimini tashkil etish” nomli loyiha doirasida universitet jamoasi KOOKMIN universitetiga tashrif buyurdi. 

Ushbu tashrif davomida loyihaning 1-bosqichida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobotlar tinglandi. Shu bilan birga kelgusi davrdagi ishlar muhokamasi, jumladan, “Industry-Academia Collaboration”, “Mid & long term operations strategy” modulini amalga oshirish hamda TATUda startaplarni rivojashtirishga ko‘maklashuvchi "Co-Working" markazi va Spin-Off kompaniya tashkil etish bo‘yicha ishlarni amalga oshirish bosqichlari muhokama qilindi.
 
🌐 TATUda Global IT Biznes dasturini yo'lga qo'yish orqali talabalarga loyihalarni boshqarish, biznes jarayonlarini avtomatlashtirish, elektron tijorat platformalari va onlayn marketing strategiyalarini ishlab chiqish hamda ularga xizmat ko'rsatish bo‘yicha bilimlar berilib, ushbu yo‘nalishlarda malakali kadrlar  ko‘nikmalar tayyorlanadi.

📄 Ma’lumot o‘rnida: Universitetda 2022-2027-yillarga mo‘ljallangan qiymati 5 million dollar bo‘lgan “TATUda Global IT Biznes  ta’lim dasturini yo'lga qo'yish" (Establishing an Innovative Business IT Education Ecosystem at the Tashkent University of Information Technologies) nomli grant loyihasi doirasida Living Lab (FabLab) konsepsiyasi asosidagi talabalarning innovatsion yechimlari, ishlanma (prototip) va xizmatlarini ishlab chiqarish hamda rivojlantirish, shuningdek, universitetda 700 kv.metr hududida laboratoriya tashkil etish va talabalarning start-up loyihalarini qo‘llab-quvvatlash, mahalliy va global bozor ehtiyojlaridan kelib chiqib turli mentorlik dasturlari amalga oshirilmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#TATU #HUAWEI #hamkorlik

🤝 TATUning uzoq yillardan beri hamkor tashkiloti sanalgan Huawei Uzbekistan kompaniyasi 1-oktyabr "Ustoz va murabbiylar" kuniga atalgan bayramona torti uchun TATU jamoasi o'z minnatdorchiligini bildiradi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#rektorlarforumi #Belarus #hamkorlik

Joriy yilning 23-24-oktyabr kunlari Belarus davlatining Minsk shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Belarus Respublikasi oliy taʼlim muassasalari rektorlari forumi bo‘lib o‘tmoqda.

🗒 Mazkur forumda TАTU va Belarus davlatining 4 ta yetakchi universitetlari hisoblangan Baranovich davlat universiteti, Belarus davlat texnologiya universiteti, Vitebsk davlat universiteti va Grodno davlat universitetlari bilan akademik mobillilik, birgalikda xalqaro konferensiyalarni tashkil etish, ilmiy yo‘nalishlarda hamkorlik, professor-o‘qituvchilar va ilmiy tadqiqotchilar uchun stajirovka hamda malaka oshirishni tashkil etishni nazarda tutuvchi hamkorlik memorandumlari imzolandi.

Shuningdek, forum doirasida Belarusiya davlatining yetakchi oliy ta’lim muassasalari hamda TATU o‘rtasida hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash, jumladan, axborot texnologiyalari, sun’iy intellekt, kiberxavfsizlik yo‘nalishlarida malakali mutaxassis kadrlarni tayyorlashga qaratilgan qoʻshma dastur va ilmiy loyihalarni amalga oshirish muhokama qilindi.

✈️@taturektori
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hamkorlik

👥 TATU delegatsiyasi “O‘zbekiston-Turkiya ta’lim forum”ida ishtirok etish uchun Samarqand shahriga yetib keldi.

📄Ushbu tadbirda O'zbekiston Respublikasi Prezident Administratsiyasining Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbari O.Abdurahmonov, Turkiyaning O‘zbekistondagi elchisi Olgan Bekar, Ege universiteti rektor Nejdet Budak, Istanbul texnika universiteti rektori Ismail Koyunju va yana 40 dan ortiq Turkiya universiteti vakillari, Respublikamizning 60 dan ortiq OTMlar rektorlari va vakillari ishtirok etishi ko'zda tutilgan.

📌 Forum doirasida O'zbekiston va Turkiya Oliy ta'lim kengashi raislari  O.Abdurahmonov va Erol O'zvar o'rtasida ikki tomonlama uchrashuvlar o'tkaziladi hamda yakuniy kelishuvlar muhokamasi, shuningdek, forum rezolyutsiyasi imzolanadi. Tadbirda ikki davlat universitetlari rahbarlari o'rtasida B2B formatda uchrashuvlar tashkil etiladi.

✈️@taturektori
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#hamkorlik

🤝Samarqand shahrida bo‘lib o‘tayotgan O‘zbekiston-Turkiya Oliy ta’lim forumi doirasida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Turkiyaning yetakchi EGE universiteti o’rtasida xalqaro hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish, jumladan, ilmiy tadqiqot sohasida hamkorlik, birgalikda startap va innovatsion loyihalarni amalga oshirish uchun Ilmiy Markaz (Research center) tashkil etishni nazarda tutuvchi hamkorlik shartnomasi imzolandi.

🇹🇷🇺🇿Turkiya va O‘zbekiston OTMlari ishtirokida yuqori saviyada o‘tkazilayotgan mazkur Oliy Ta’lim Forumi mustahkam tarixiy rishtalarga ega ikki qardosh mamlakat oliy ta’lim muassasalari, ilmiy xodimlari va xalqlari uchun nihoyatda muhim ahamiyat kasb etadi.

🗒 Ma'lumot uchun: EGE universiteti - 1955 yilda tashkil etilgan bo'lib, bugungi kunda mintaqadagi yetakchi ilmiy tadqiqot universitetlaridan biri hisoblanadi. EGE universitetida 70 000 dan ortiq talaba tahsil oladi va akademik xodimlar soni 3 000 nafar. EGE universiteti ko'plab xorijiy OTMlar bilan 100 dan ortiq akademik hamkorlik memorandumlariga ega.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM