Kelajakka xat
(Ushbu qo‘shiqni eshitib o‘qish tavsiya qilinadi)
Salom kelajakda shu kanalni arxivlarini o‘qiyotgan avlodlar. Balki hozir 2100 yildir, balki undan ham ko‘p. Men 2020 yildan yozyapman. Yoshim 30 da. Hozir shu kunlarda Turkiyaning Istanbul shahridaman. Mana bir oydan beri karantin rejimidaman, 13 kunki uydan absolyutno hech qaerga chiqqanim yo‘q. Derazadan tashqariga qarar ekanman, mushuklar va qushlardan boshqa jonzotga ko‘zim tushmaydi. Ammo soat kechki 21 bo‘lishi bilan, odamlar uylarining derazalaridan turib qarsaklar chalishadi. Shunda his qilaman yolg‘iz emasligimni. Masjidlardan azon ovozini eshitganimda esa bu ko‘nglimga qandaydir umid baxsh etadi.
Hozir xuddi kino qahramonidayman, go‘yoki bu kunlar tush, uyg‘onib ketsam hammasi avvalgiday davom etishi kerakday tuyuladi. Biz insoniyat, o‘zimizga juda qattiq ishonib yuborgan edik. Ilm-fan, yangi texnologiyalar, globalizatsiya jarayonida shunday katta yutuqlarga erishdikki, dunyoda pandemiya ro‘y berishini hayolimizga ham keltira olmasdik.
Biz insoniyat, ovqat va tomosha, ko‘ngilxushliklar uchun juda ko‘p pul sarfladik, sport o‘yinlari, qimmat mashinalar, haddan tashqari kerakmas narsalarga ham ko‘p pul sarfladik, Boshqa bir birodarimiz nonga zor yig‘lagan vaqtda boshqalar hattoki oltinni yeyish mumkin bo‘lgan holatga keltirib iste’mol qilishdi. Bizning kunlik mavzularimiz futbol, g‘iybat, bemaza prikollar edi. Turmush tashvishlari, qanday qilib uyimizni qo‘shnimizni uyidan balandroq qilib qurish haqida o‘ylardik. Vrachlarga kunda kunora qo‘l ko‘tardik, o‘qituvchiga yetarli hurmat ko‘rsatmadik. Hech qachon bu insonlarga qahramonlar sifatida qaramadik, oldi qochdi filmlar ko‘rdik popkorn yeb, biz uchun superqahramonlar Temir Odam va Supermen edi. (hozir bu kinolarimiz sizlarga multfilm bo‘lib tuyulsa kerak)
2020 yilda koronavirus pandemiyasi boshlandi... Boshida buni bizga aloqasi yo‘q deb o‘yladik. Xitoyliklarni ustiga xudo yuborgan balo deb, bundan xursand bo‘lgan eshakmiyalar ham bo‘ldi. Hozir esa, qo‘rqmasdan yomg‘ir ostida sayr qila olmaymiz, o‘pkamizni to‘ldirib toza havodan nafas olib tabiatning ne’matlaridan bahramand bo‘la olmaymiz.
Biz industrializatsiya davrida yashadik, o‘rmonlarni kesib tugatdik, dengizlarni quritdik, bir zamonlar inson qo‘li tegmagan jannatmakon o‘lkalarni cho‘l-u biyobonga aylantirdik... Sizlarga, o‘zimizdan keyingilarga qanday dunyo tashlab ketishimiz haqida o‘ylamadik, o‘ylaganlarni ustidan kuldik...
Sizlarda balki hozir kiberpank davridir, bizni qanday yashaganimiz juda primitiv va kulgili tuyular. Balki bizlarni qarg‘arsiz... Bilasizmi, biz minglab odamlarni chaqirib isrofgarchilik bilan to‘ylar qilardik. Juda ko‘p oilalar esa shunga qaramay ajrashib ketishardi. Biz o‘zimiz xohlaganday emas, boshqalarning biz haqimizdagi fikrlarini muhim deb hisoblab qilardik buni.
Dunyoning eng odam gavjum joylari bo‘shab qoldi, bir zamonlar bolalar kulgisi bilan to‘lgan o‘yin maydonchalari, bugun kimsasiz yetim qolgan tabiat kabi yotibdi... Hali farzandlarim uchun deb birorta daraxt ekishga ulgurmagan edim... Bir zamonlar odamlarning hayratli nigohlari bilan tomosha qilingan muzeylar bo‘sh, dengizlar, yo‘llar bo‘sh... Bugun Vatikan ham, Quddus ham, hatto Ka’ba ham bo‘sh... Biz o‘z xatolarimizning qurbonlariga aylandik.
Biz xulosalar qilib, albatta bu balodan qutulishimizga ishonamiz. Sizlar esa biz qilgan xatolarni takrorlamanglar. Sizlarning ham kelajakda dunyoga kelishingiz, sevishingiz, baxtli bo‘lishingiz, avlodlaringiz uchun yaxshi ishlar qilishingizga haqqingiz bor. Biz shunday avlod bo‘ldikki, o‘tmish xatolaridan yetarli xulosa qila olmadik, mana endi o‘z boshimizdan kechirib xulosa qilmoqdamiz. Sizlar bizday bo‘lmanglar.
Nurbek Alimov. 27.03.2020
PS: Ushbu 👆 material Nurbek Alimovning telegram kanalidan olindi!
#demotivator #mulohaza
Kanalga ulanish 👉 - @taqi_uz

Telegram
Toshkent Arxitektura-Qurilish Instituti
🎧 Michael Jackson - Earth Song
#mp3
@taqi_uz
#mp3
@taqi_uz