Toshkent Arxitektura-Qurilish Universiteti
7.32K subscribers
10.5K photos
1.64K videos
461 files
3.57K links
TAQU rasmiy kanali
Yangiliklar, AutoCAD, Revit, Lumion, 3DMAX, ... videolari, tanlov va loyihalar, ...

Telegram: @taqi_guruhi
Instagram: https://www.instagram.com/tiace.uz/
Kutubxona: @books_taqi
Sayt: taqu.edu.uz
Download Telegram
#TABRIK_8_MART

🌸 Assalomu alaykum aziz, mo'tabar, hurmatli Toshkent arxitektura-qurilish instituti xotin-qizlari hamda ustozlar!

Sizlarni bugungi "Xalqaro xotin-qizlar" kuni bilan o'zim va butun institut yigitlari nomidan chin dildan tabriklayman !

💐 Oʻzbegimning qizlari

Go'zallik bor, ayol bor-ki olamda,
Ta'zimdaman–qo'l ko'ksimda salomda.
Qutlab qoʻyay yaxshi kunda, bayramda,
Oʻzbegimning qizi sizga baho yoʻq .

Poyingizga qator gullar toʻshaymi?
Yo sheʼrimga jonimni ham qoʻshaymi?
Qarshingizda Alpomishga oʻxshaymi?
Oʻzbegimning qizi sizga baho yoʻq .

Bobolari Jaloliddin, Temurdek
Yigitlarin yuzi yorugʻ, qaddi tik .
Hamrohi bor chunki xuddi sizlardek,
Oʻzbegimning qizi sizga baho yoʻq !

Toshkent arxitektura-qurilish instituti Qurilishni boshqarish fakulteti 3-bosqich 36-19 (QI) guruh talabasi Og'abekjon Sharipov.

@taqi_uz
👏5