Tanzila Narbaeva
18.9K subscribers
3.64K photos
101 videos
1 file
958 links
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi

Facebook:
https://www.fb.com/narbaevatanzila/
Instagram:
https://www.instagram.com/tanzilanarbaeva
Twitter:
twitter.com/TNarbaeva
Download Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Senatorlarning joylarda aholi bilan, o‘z saylovchilari bilan o‘tkaziladigan muloqotlari natijasida Davlat budjetida nazarda tutish uchun ko‘plab takliflar shakllantirilib, Hukumatga taqdim etildi.

Senatda budjetning shakllantirilishi jarayonlarida taklif berish amaliyoti joriy qilingan. Ushbu takliflarimiz asosida keyingi yilgi budjet parametrlarida 150 ga yaqin loyihaga qariyb 1 trln so‘m mablag‘ yo‘naltirish ko‘zda tutilmoqda.

Ular asosan ta’lim, sog‘liqni saqlash muassasalarini, ichimlik suvi, kanalizatsiya tarmoqlarini qurish va ta’mirlash, mahallalar hamda yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha loyihalardir.

2020 yildan boshlab esa Senat takliflari asosida joylardagi 5 mingdan ziyod muammoli masalani hal qilishga jami 11 trln so‘mdan ziyod budjet mablag‘lari yo‘naltirildi.

#yalpimajlis48
#davlatbudjeti

@tanzilanarbaeva
Davlat hisobidan malakali yuridik yordam olish huquqini ta’minlashga qaratilgan yana bir muhim qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.

Inson qaysi holatda, sharoitda va maqomda bo‘lishidan qat’iy nazar malakali yuridik yordam olish huquqiga ega.

Bugun muhokama qilingan Qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga davlat hisobidan yuridik yordam olish huquqiga ega bo‘lgan shaxslarga jinoyat, fuqarolik ishlari va ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha advokatning ishtirokini ta’minlash tartibini belgilashga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

Ya’ni, har qanday sharoitda ham inson haq-huquqlari himoya qilinishi qonuniy jihatdan yanada mustahkamlab qo‘yilmoqda.

#yalpimajlis48
#insonhuquqlari

@tanzilanarbaeva
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Quvayt Davlati Amiri Shayx Navof al-Ahmad al-Jobir as-Sabohning vafoti munosabati bilan bugun ushbu davlat elchixonasiga tashrif buyurib, Quvayt xalqiga hamdardlik bildirdik

@tanzilanarbaeva
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Oxirgi yillarda ekologiya va atrof-muhit muhofazasiga boʼlgan eʼtiborning kuchaygani sababli jamiyatimizda tabiatga, xususan daraxtlarga nisbatan munosabat oʼzgardi.

Lekin shunga qaramasdan, masala hamon dolzarb. Daraxtlarni nobud qilish ogʼir oqibatlarga olib kelishini hammayam chuqur anglab yetayotgani yoʼq.

Qonunchilikka kiritilayotgan normalar orqali daraxtlarni noqonuniy kesganlik uchun javobgarlik yanada kuchaytirilmoqda.

Hatto daraxtlarning nobud boʼlishiga olib keluvchi qurilish loyiha hujjatlarini tayyorlaganlik uchun ham javobgarlik belgilanmoqda. Yaʼni nafaqat oqibatlar, balki ularga olib keluvchi omillarning ham oldini olish imkoniyati yaratilmoqda.

#yalpimajlis48
@tanzilanarbaeva