Jinoyat-protsessual kodeksiga kiritilayotgan o‘zgartirishlar haqiqatdan ham juda muhim.
Shubhasiz, amaliyotda sud qarorlarini u yoki bu tartibda qayta ko‘rib chiqish bilan bog‘liq muammolar bor.
Aholining bu borada murojaatlari, e’tirozlari ko‘p. Sud qarorlarini qayta ko‘rib chiqishda:
o‘rta bo‘g‘in (viloyat) sudlarining mas’uliyati oshirilayotgani;
taftish tartibining joriy etilayotgani;
yuqori instansiya sudlari tomonidan quyi sudlar qarorini bekor qilgan holda ishni yangitdan ko‘rish uchun yana quyi sudga tushirib yuborish amaliyotidan voz kechilayotgani fuqarolarimiz haq-huquqlari yanada ishonchli himoya qilinishiga va adolat ta’minlanishiga xizmat qiladi.
Albatta, turli ovoragarchiliklarning oldini olish uchun birinchi navbatda qonunchilikdagi mazkur yangiliklardan aholimiz yaxshi xabardor bo‘lishi kerak.
2024 yil 1 yanvardan kuchga kiradi. Bunda Oliy sud, Sudyalar oliy kengashi va boshqa mutasaddi idoralar Qonundagi yangiliklardan kelib chiqib, eng avvalo, sudyalar malakasini oshirish, o‘quvlar tashkil etish lozim.
Shuningdek, Qonunning mazmun-mohiyati yuzasidan aholi o‘rtasida tushuntirish ishlarini olib borishga jiddiy e’tibor qaratilishi kerak.
Odamlarda sud bilan bog‘liq muammolar, sarsongarchiliklar, tushunmovchiliklar mutlaqo bo‘lmasligi kerak.
@tanzilanarbaeva

Ijtimoiy hayot surʼatlari jadallashib, turli masalalar, muammolar (ekologik, demografik va h.k.) o‘rtaga chiqayotgan bugungi davr faqat maʼmuriy vositalar emas, balki, fuqarolik jamiyati institutlari, jumladan, volontyorlik faoliyati imkoniyatlaridan ham samarali foydanishni taqozo etmoqda.
Oxirgi yillarda mamlakatimizda bu borada yaxshi, o‘ziga xos tajriba shakllanmoqda, albatta, ijobiy tendensiya bor (Yashil makon, Sardoba, pandemiya, Turkiyadagi zilziladan jabrlanganlarga yordam va h.k).
Albatta bu ishlar tizimli bo‘lishi, qo‘llab-quvvatlanishi, rag‘batlantirilishi va rivojlantirilishi kerak. Kiritilayotgan normalar shunga xizmat qiladi.
Yoshlar ishlari agentligi va umuman barcha darajadagi ijro organlarining ham vakolatlari aniq belgilab berilmoqda. Bu masʼuliyat degani!
Batafsil

Advokatlik faoliyati bilan shug‘ullanish istagidan bo‘lgan talabgorlardan so‘raladigan kamida ikki yillik ish stajiga ega bo‘lishi talabi bekor qilinmoqda
Ushbu Qonun ma’no-mohiyatiga ko‘ra inson huquqlarini ishonchli ta’minlashga xizmat qiladi. Fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini malakali himoya qilishda advokaturaning o‘rni nihoyatda katta.
Yaqinda senatorlarimiz “Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida”gi Qonunni ma’qulladi va u sentabr oyidan kuchga kirishi belgilandi.
Bu Qonun ko‘proq aholining ehtiyojmand qatlamiga malakali yuridik yordam ko‘rsatilishini kafolatlaydi. Ushbu Qonun to‘laqonli ishlashi uchun esa birinchi navbatda malakali advokatlar zarur.
Bundan tashqari, yurtimizda tadbirkorlar soni kun sayin oshib boryapti. Tabiiyki, iqtisodiy -shartnomaviy munosabatlar ham jadallashmoqda. Bunday sharoitda malakali huquqiy xizmatlarga bo‘lgan ehtiyoj faqat oshib boradi.
Biroq, shu bilan birga advokatura instituti jamiyatimizda o‘zining munosib o‘rniga ega bo‘lishi yo‘lida hali talay muammolarimiz bor.
“Advokatura to‘g‘risida”gi Qonunga kiritilayotgan o‘zgartirishning muhimligi ham shunda. Sodda qilib aytganda, jiddiy to‘siqlardan biri olib tashlanyapti.
O‘ylaymizki, mutasaddi vazirlik, idoralar, birinchi navbatda Adliya vazirligi mazkur norma kutilgan samarani berishi uchun jiddiy harakat qiladilar.

Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi tashabbusi bilan yuborilgan ushbu parlament so‘rovi natijalarini o‘tgan yil noyabrdagi 35-yalpi majlisimizda ham muhokama qilgan edik.
Ayrim masalalar dolzarbligini inobatga olib, parlament so‘rovini alohida nazoratda qoldirgan edik.
So‘rov bo‘yicha muayyan ishlar amalga oshirilgan bo‘lsada, ko‘p masalalar hamon dolzarbligicha qolmoqda. Senatorlarimiz joylarda bo‘lib, real holatni o‘rganganlar.
Aytish kerakki, parlament so‘rovi doirasidagi ishlar holati kutilganidek emas.
Og‘ir ahvoldagi Chirchiq, Zarafshon, Oqdaryo, Qashqadaryo, Sangzor va Qoradaryo daryolaridan sanoat miqyosida qum-shag‘al qazib olishga moratoriy e’lon qilish masalasi e’tiborsiz qoldirilganini qanday tushunish mumkin?!
Hududlarda qum-shag‘alni faqat daryodan olavermasdan boshqa joylarda, jumladan tog‘li hududlarda alohida sanoat zonalarini tashkil etish masalasi ham ochiq qolgan.
Bularning barchasi alohida bir vazirlik yoki hokimlik tomonidan emas, balki kengroq darajada hal qilinishi kerak bo‘lgan masalalar.
O‘zi umuman, parlament so‘rovi muayyan muammoga nisbatan davlat organini, uning mansabdor shaxsini nuqtai nazarini bilish uchun yuboriladi.
Lekin, taqdim etilgan ma’lumotlar ushbu yo‘nalishdagi asoslantirilgan, aniq nuqtai nazarini bilish imkonini bermayapti.
Agar moratoriy e’lon qilish maqsadga muvofiq bo‘lmasa, alohida sanoat zonalari tashkil etish qiyin bo‘lsa yoki so‘rovda ko‘tarilgan boshqa muammolarni hal qilishda real qiyinchiliklar bo‘lsa, Hukumat bularni asoslab, ochiq aytishi, muqobil mexanizmlar ustida bosh qotirishi kerak emasmi?!
Parlament so‘rovida ko‘tarilgan masalalarni alohida normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqish orqali emas, balki qandaydir idoralararo hujjatlar bilan hal qilishga urinishni-ku mutlaqo tushunib bo‘lmaydi!
Qachonki, gap daryolar, ya’ni suv haqida ketyapti. Bu muammo ayniqsa bizning bugungi sharoitimizda borgan sari yanada dolzarblashib boryapti.
Bu haqda jamoatchilik ham, xalq vakillari sifatida biz parlament ham, bong urmoqdamiz.
Shu bois parlament so‘rovida ko‘tarilgan masalalar yechimini keyinga qoldirib bo‘lmaydi.
Mazkur masala yuzasidan qo‘mitamiz faoliyatini ham qoniqarli deb bo‘lmaydi. Har gal aytilyapti, parlament so‘rovini yuborib qo‘yish bilan ish bitmaydi. Ijrochilar bilan doimiy muloqotda bo‘lish, har bir masala bo‘yicha aniq choralarni belgilash, muammolarga birgalikda yechim topish kerak.
Bugun e’tiborsiz qoldirilgan bir muammo, ertaga bartaraf etish qiyin bo‘lgan o‘nlab, yuzlab muammolarning kelib chiqishiga sabab bo‘lishini barchamiz tushunishimiz kerak.
Shu bois, Vazirlar Mahkamasidan parlament so‘rovi doirasidagi ishlarni butunlay qayta ko‘rib chiqish, mas’uliyatsizlik holatlariga nisbatan tegishli baho berish va muammolarni hal qilish bo‘yicha amaliy harakatlar talab qilinadi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibining siyosiy masalalar bo‘yicha yordamchisi Miroslav Yencha bilan muloqotda BMT bilan tobora kengayib borayotgan hamkorligimiz natijalari va istiqboldagi vazifalar yuzasidan fikr almashdik.
Albatta so‘nggi yillarda O‘zbekistonning BMT bilan amaliy aloqalari nihoyatda faollashdi. Buning yaqqol isboti sifatida bugungi kunda BMTning ixtisoslashgan muassasalari tomonidan mamlakatimizda «yashil» iqtisodiyot, iqlim o‘zgarishi, savdoni rivojlantirish kabi yo‘nalishlarda 174 million dollarlik 137 ta loyihani amalga oshirilayotganini ta’kidlash mumkin.
O‘zbekiston BMT doirasida global barqarorlik, izchil taraqqiyot hamda inson huquqlari himoyalanishiga amaliy hissa qo‘shayotgan tashabbuslarni ilgari surayotgani va muhimi, ular jahon hamjamiyati tomonidan ishonchli qo‘llab-quvvatlanayotganligi janob Yencha tomonidan alohida e’tirof etildi.
Endilikda BMT bilan amaliy hamkorligimiz salohiyatini yangi yo‘nalishlarda rivojlantirishimiz zarur. Shu nuqtai nazardan, Orol dengizining qurishi oqibatlarini yumshatish, xususan, aholining turmush darajasini yaxshilash hamda Orolbo‘yida zamonaviy ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasi obyektlarini yaratishga oid qo‘shma chora-tadbirlarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildik.