Ta’lim xabarlari
80.7K subscribers
1.99K photos
184 videos
49 files
2.89K links
O‘zbekistondagi uzluksiz ta’lim tizimiga oid muhim xabarlar

Savol va murojaatlar uchun: @talimxabarlariga_bot

Reklama: @talimxabarlari_hamkorlik_bot

Kril alifbosidagi kanal:
@talimxabarlariuz
Download Telegram
O’quvchining darsga diqqati qancha davom etadi?

Ba’zi psixologlar o'quvchi diqqati 10-15 daqiqa davom etishini ta'kidlaydilar, ammo ularning diqqat darajasi motivatsiya, kayfiyat, qabul qilingan materialning dolzarbligi va boshqa omillarga qarab o'zgarishi tabiiy.

Batafsil: https://talimxabarlari.uz/3722/

👉 Obuna bo‘ling - @talimxabarlari
Maktablar uchun kompyuterlar xarid qilishda salkam 1 mlrd so‘m talon-toroj qilindi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi “O‘quv ta’lim-ta’minot” davlat muassasasi tomonidan 2021-2022 yillar mobaynida “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida respublika byudjeti hisobidan xarid qilingan kompyuter va boshqa vositalar Farg‘ona, Namangan, Toshkent, Sirdaryo va Jizzax viloyatlariga yetkazib berilishi kerak bo‘lgan.

Batafsil: https://talimxabarlari.uz/3725/

👉 Obuna bo‘ling - @talimxabarlari
⚡️PISA topshiriqlari ham attestatsiyaga tayyorgarlik koʻrish uchun roʻyxatga kiritilgan

Joriy yilda pedagoglar attestatsiyasi sinovlariga tayyorgarlik koʻrish uchun adabiyotlar roʻyxati eʼlon qilingan edi.

Vazirlik tomonidan eʼlon qilingan ushbu roʻyxatda matematika, geografiya, fizika ,ona tili va adabiyoti hamda qoraqalpoq tili va adabiyoti fanlari boʻyicha attestatsiyasi sinovlariga tayyorgarlik koʻrish uchun adabiyotlar roʻyxatiga 2022-yilda oʻtkazilgan PISA tadqiqotlarida foydalanilgan va Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) saytida ochiq eʼlon qilingan topshiriqlar ham kiritilgan.

Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi, A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti bilan hamkorlikda PISA 2022 tadqiqotida foydalanilgan va ochiq eʼlon qilingan ushbu topshiriqlar boʻyicha videodarslar tayyorlab eʼlon qilib kelmoqda:

🔺Uchburchakli andoza

🌳O'rmon hududi

🚚 Yuk mashinasi

🏀🔟 Ochkolar

Yuqoridagi fanlar boʻyicha attestatsiyaga tayyorgarlik koʻrayotgan pedagoglar ushbu topshiriqlarni bajarib koʻrishlari hamda videodarsni koʻrib uni qay darajada toʻgʻri bajarganingizni tekshirib koʻrishlari mumkin.

👉 Obuna bo‘ling - @talimxabarlari
Nodavlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotini qurish uchun foyda soligʻi imtiyozi beriladi

2030-yil 1-yanvarga qadar yuridik shaxslarga oʻz mablagʻlari hisobidan nodavlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari binolarini qurish bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlarning foyda soligʻini hisoblashda 2 yil davomida teng ulushlarda chegirib tashlash huquqi beriladi.

Bunda, nodavlat umumiy oʻrta taʼlim tashkiloti tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning farzandlarini bepul oʻqishga qabul qilish boʻyicha litsenziya talablari bajarilmagan taqdirda, chegirib qolingan foyda soligʻi summasi Davlat budjetiga qaytariladi.

Asos: PQ-49 31.01.2024

👉 Obuna bo‘ling - @talimxabarlari
Malaka sinovlariga tayyorlanish uchun onlayn repetitsiya o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan joriy yilning mart-may oylarida attestatsiyadan oʻtuvchi pedagoglarni ushbu malaka sinovlariga tayyorlash maqsadida onlayn repetitsiya oʻtkazilishi rejalashtirilmoqda.

❗️Bunda pedagoglar test sinovlari topshiriladigan maxsus platformadan foydalanish tartibi hamda namunaviy test savollari bilan atroflicha tanishishadi.

🖥 Onlayn repetitsiya oʻtkazilishi vaqti va maxsus platforma havolasi tez kunlarda eʼlon qilinadi.

⚡️Bizni kuzatib boring.

👉 Obuna bo‘ling - @talimxabarlari
Toshkentda dars qoldirgan oʻquvchining otasi maktabda janjal koʻtardi

Fuqaro oʻgʻlining xatti-harakatlaridan jahli chiqib barcha aybni maktab maʼmuriyatiga agʻdarib, ular bilan janjallashgan.

Batafsil: https://talimxabarlari.uz/3728/

👉 Obuna bo‘ling - @talimxabarlari
Qashqadaryo maktablari 2 ming AQSH dollaridan ortiq daromad topmoqda

Maktablarda topilgan daromad orqali iqtidorli o‘quvchilar va ustoz, murabbiylarni rag‘batlantirish anʼanaga aylangan.

Batafsil: https://talimxabarlari.uz/3732/

👉 Obuna bo‘ling - @talimxabarlari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔺 Uchburchakli andoza

PISA topshiriqlari ham attestatsiyaga tayyorgarlik koʻrish uchun roʻyxatga kiritilganligi haqida avval xabar bergan edik.

"Uchburchakli andoza" 2022-yilda o‘tkazilgan PISA tadqiqotlarida foydalanilgan va Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) saytida ochiq eʼlon qilingan topshiriqlardan biri hisoblanadi.

Ushbu topshiriqda qiyinligi boʻyicha 5-darajali savol ham mavjud boʻlib, PISA 2022da ishtirok etib mazkur topshiriq bo’yicha eng yuqori natija qayd etgan mamlakatda 33 foiz oʻquvchilargina toʻgʻri bajara olgan.

Maʼlumot uchun, PISAda topshiriqlar qiyinlik darajasiga qarab 6 ga boʻlinadi.

Topshiriqni bajarish: https://bit.ly/49FGYGl

🌐Youtube (HD)da ko'rish: https://youtu.be/5d1f8xXwSr4

👉 Obuna bo‘ling - @talimxabarlari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Boshlangʻich sinf oʻqituvchilari uchun diagnostika testda ishtirok etdingizmi? (Faqat boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun)
Final Results
52%
Ha
13%
Yoq (Xohlamadim)
35%
Botdan foydalana olmadim
Diagnostika testlari oʻtkazilayotgan telegram botlar faoliyatidagi texnik xatoliklar tuzatildi

Pedagoglarning attestatsiya jarayonlariga tayyorgarligini qoʻllab-quvvatlash maqsadida boshlangʻich taʼlim boʻyicha diagnostika testlari eʼlon qilingan edi.

Kanalimiz orqali oʻtkazilgan soʻrovnomada foydalanuvchilarning 50 foizi botdan foydalanganini bildirgan boʻlsa, 37 foiz foydalanuvchilar bu borada muammolarga duch kelganligini ma’lum qilgan.

Dastlabki kunlarda test rejimida ishga tushirilgan botda bir qator muammo va kamchiliklar kuzatildi.

Bot foydalanuvchilaridan kelgan fikrlarni batafsil oʻrgangan holda, aniqlangan muammo va kamchiliklar bartaraf etildi.

Hozirgi paytda botda faqat boshlangʻich sinf oʻqituvchilari uchun testlar joylashtirilgan.

Oʻtgan vaqt mobaynida testlarni ishlab koʻrmagan yoki texnik xatoliklar sabab toʻlaqonli foydala olmagan ustozlarga testlarni bajarib koʻrishni tavsiya qilamiz.

🔹 @uztditestt_bot
🔹 @uztdi_testbot
🔹 @uztditestbot

💬 Fikrlaringizni izohlarda qoldiring.

Telegram botlar xatoliksiz ishlayotganiga ishonch hosil qilgach, boshqa fanlar boʻyicha ham testlar joylashtiriladi.

👉 Obuna bo‘ling - @talimxabarlari
Navro‘z bayrami munosabati bilan uzoq dam olish kunlari e’lon qilindi

🔹 21 mart – payshanba (Navro‘z)
🔹 22 mart – juma (barcha xodimlar uchun qoshimcha dam olish kuni)
🔹 23 mart – shanba (6 kun ishlaydigan xodimlar uchun qoshimcha dam olish kuni)
🔹 24 mart – yakshanba (odatiy dam olish kuni)

Izoh: qo’shimcha dam olish kunlari 2023-yil 22-dekabrdagi PF-213-sonli Prezident farmoni asosida belgilangan.

👉 Obuna bo‘ling - @talimxabarlari
Ommalashtirish bo‘yicha eng ko‘p beriladigan savollarga javoblar

Batafsil: https://talimxabarlari.uz/3738/

👉 Obuna bo‘ling - @talimxabarlari
⚡️Bugun tarix fani oʻqituvchilari uchun diagnostika testlari boshlanadi

2024-yilning birinchi yarmida oʻtkaziladigan attestatsiya oldidan umumtaʼlim fanlari boʻyicha diagnostika testlari tashkil etilishi haqida xabar bergan edik.

Bugun, 15-mart kuni soat 20:00 dan boshlab tarix fani oʻqituvchilari uchun diagnostika testlari boshlanadi. Diagnostika testlarida barcha oʻqituvchilar bepul ishtirok etishlari mumkin.

Ushbu test topshiriqlari malakali testologlar tomonidan vazirlik tomonidan eʼlon qilingan pedagoglar attestatsiyasi boʻyicha malaka toifasi sinovlari topshiriqlarining mavzulari va qoʻllanilgan adabiyotlar roʻyxati asosida shakllantirilgan.

Diagnostik testda pedagogning mutaxassislik fani boʻyicha 35 ta, kasb standartidan 5 ta hamda pedagogik mahoratni aniqlash maqsadida ilgʻor pedagogik uslub va texnologiyalarni qoʻllash boʻyicha 10 ta topshiriq beriladi. Yaʼni haqiqiy attestatsiya jarayonlariga oʻxshash formatdagi va miqdordagi topshiriqlar beriladi.

Boshqa fanlar boʻyicha boshlanish vaqtlari Taʼlim xabarlari (@talimxabarlari) kanalida eʼlon qilib boriladi.

Taʼkidlash joizki, diagnostik testlar telegram bot orqali oʻtkazilayotgan boʻlsa, onlayn repetitsiyalar maxsus platformada tashkil etiladi va uning muddatlari haqida vazirlik tomonidan qoʻshimcha eʼlon beriladi.

❗️Diqqat bugun faqat tarix fani o‘qituvchilariga foydalanish tavsiya qilinadi.

📌 Boshqa fanlar ham o‘zlari uchun belgilangan kunda kirishsa, telegram botlar sekinlashmasligiga yordam beradi.

Diagnostik testda ishtirok etish uchun quyidagi telegram botlardan biriga obuna bo‘ling:

➡️ @uztditestbot
➡️ @uztdi_testbot
➡️ @uztditestt_bot

👉 Obuna bo‘ling - @talimxabarlari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Diqqat, e’lon!

⚡️ Vazir jamg‘armasiga da’vogarlarni saralashning 1-bosqich test sinovlari natijasi e’lon qilindi!

Xabaringiz bor, joriy yilning 19-fevral kuni Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri jamg‘armasi hisobidan har oylik ustama olishga nomzodlarni saralashning 1-bosqich test sinovlari o‘tkazilgan edi.

🔴 Bugun Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan mazkur test sinovlari natijalari e’lon qilindi.


👉Test natijalarini mazkur havola orqali bilib olishingiz mumkin: https://my.uzbmb.uz/result

❗️Eslatma: Natijalarni bilish uchun nomzodning pasport yoki ID karta hamda ko‘rsatilgan boshqa ma’lumotlarni kiritish lozim.

👉 Obuna bo‘ling - @talimxabarlari
Pedagoglar uchun muhim eslatma!

Avval xabar qilinganidek, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri jamg‘armasi hisobidan har oylik ustama olishga nomzodlarni saralashning 1-bosqich test sinovlari natijasi e’lon qilindi!

☝️Natijalarni aniqlash tartibini yana bir bor eslatib o‘tamiz.

🖥 Buning uchun nomzod pedagog https://my.uzbmb.uz/result havolasiga kirishi va so‘ralgan quyidagi ma’lumotlarni namunada ko‘rsatilganidek tizimga ketma-ket kiritishi lozim:

nomzodning pasport (ID karta) ma’lumotlari (seriya va raqami);

jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (14 ta raqamdan iborat);

so‘ralayotgan matematik amaliyot javobi (masalan: 9+8=17).


❗️Mazkur ma’lumotlar to‘g‘ri va aniq kiritilgandan so‘ng, nomzodning test natijalari ma’lum qilinadi.

👉 Obuna bo‘ling - @talimxabarlari
Eslatma: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-martdagi PQ-113-son qarorida 21-24-mart kunlari dam olish kunlari deb e’lon qilingan.

Hakamlar hay’ati, apellyatsiya komissiyasi, auditoriya rahbarlari va nazoratchilari hamda ishtirokchi o‘quvchilarni olimpiadaga jalb qilishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarning oldini olish maqsadida, joriy yil 23-mart kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan olimpiadaning tuman bosqichini 2024-yil 6-aprel kuniga ko‘chirildi.

👉 Obuna bo‘ling - @talimxabarlari
Vazir jamgʻarmasi hisobidan beriladigan bir martalik pul mukofoti kimlarga beriladi, miqdori qancha?

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 425-son qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablariga koʻra, Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri jamgʻarmasi hisobidan bir martalik pul mukofotlari:

maktab taʼlimi tizimida faoliyat yuritayotgan ilgʻor xodimlar;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-maydagi PQ-4306-son qaroriga muvofiq xalqaro va asosiy olimpiadaning respublika bosqichida gʻolib boʻlgan oʻquvchilarni tayyorlagan pedagog kadrlarga toʻlanishi belgilangan.


❗️Bir martalik pul mukofotlarini toʻlash jarayonlari Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligida tashkil etiladigan Ishchi guruh tomonidan muvofiqlashtiriladi hamda mukofotlanuvchilar roʻyxati vazir tomonidan tasdiqlanadi.

💰Bir martalik pul mukofoti mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 5,5 baravari (hozirda 5 775 000 soʻm)ni tashkil etadi.

👉 Obuna bo‘ling -
@talimxabarlari
Nufuzli xalqaro olimpiadalarga saralashning III bosqichiga start berildi

Matematika fanidan eng yaxshi natija qayd etgan 6 nafar o‘quvchilar nufuzli xalqaro olimpiadalarda ishtirok etadigan O‘zbekiston terma jamoasi tarkibiga qabul qilinadi hamda ular joriy yilning 11-22-iyul kunlari Buyuk Britaniyada o’tkaziladigan nufuzli xalqaro matematika olimpiadasida (IMO) ishtirok etadi.

Batafsil: https://talimxabarlari.uz/3742/

👉 Obuna bo‘ling - @talimxabarlari
Nbi5oo99a7xCgXrJ2LFWJ4oGI1_m08kC.pdf
465.5 KB
Boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari uchun malaka (test) sinovlariga tayyorlanish bo‘yicha tavsiyalar (nazorat materiallari spesifikasi) va adabiyotlar ro‘yxati

❗️ Ushbu o‘quv adabiyotlari va sinov materiallari malaka toifasini olish uchun attestatsiya imtihonlarida ishtirok etadigan nomzodlar uchun tavsiyaviy ahamiyatga ega.

👉 Obuna bo‘ling - @talimxabarlari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM