Ta’lim xabarlari
76.3K subscribers
3.31K photos
206 videos
49 files
4.29K links
O‘zbekistondagi uzluksiz ta’lim tizimiga oid muhim xabarlar

Savol va murojaatlar uchun: @talimxabarlariga_bot

Reklama: @talimxabarlari_hamkorlik_bot

Kirill alifbosidagi kanal:
@talimxabarlariuz
Download Telegram
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tasarrufidagi OTMlarga uzrli sabablarga asosan o‘qishni ko‘chirishga tavsiya etilganlar ro‘yxati tasdiqlandi

Prezidentning PQ-279-sonli qarori 7-bandiga muvofiq 2 ta uzrli sababga koʻra oʻqishini koʻchirish istagida boʻlgan fuqarolarning arizalari ko‘rib chiqilib, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimidagi oliy ta’lim muassasalariga 2023/2024-o‘quv yili bahorgi semestrida o‘qishini ko‘chirishga tavsiya etilgan talabalar ro‘yxati yuborildi.

Batafsil: https://talimxabarlari.uz/3347/

👉 Obuna bo‘ling - @talimxabarlari
Bir maktabdan 59 nafar o’quvchi til bilish darajasidagi sertifikatlarini qo’lga kiritdi

Sirdaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining xabar berishicha, Mirzaobod tumanidagi Ingliz tiliga ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktab-internatining 9-10-11-sinf o’quvchilaridan 59 nafari til bilish darajasidagi (MULTILEVEL B2) sertifikatlarini qo’lga kiritgan.

Batafsil: https://talimxabarlari.uz/3364/

👉 Obuna bo‘ling - @talimxabarlari
Toshkentdagi maktab hududida 3-sinf oʻquvchisi oʻlik holatda topildi

Marhum bolakay maktabga futbol oʻynash uchun borgan. Ammo, oʻsha hududda uning jonsiz tanasi topilgan.

Batafsil: https://talimxabarlari.uz/3367/

👉 Obuna bo‘ling - @talimxabarlari
Kimyo va geografiya fanlaridan milliy sertifikat natijalari e’lon qilindi

📣 2024-yil 28-yanvar kuni kimyo va geografiya fanlari bo‘yicha o‘tkazilgan milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi.

📱 Test natijalari my.uzbmb.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar “Milliy sertifikat” bo‘limi orqali o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.

📋 Test natijalariga ko‘ra eng yuqori ballning kamida 60 foizini to‘plagan talabgorlarga elektron shakldagi sertifikat taqdim etiladi.

Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarga kirishda mutaxassislik fani bo‘yicha quyidagicha ball beriladi:

🔹  60 foizdan 86 foizgacha — maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball.

🔹 86 foiz va undan yuqori — maksimal ball.

👉 Obuna bo‘ling - @talimxabarlari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Chet tili imtihoni sanalari e’lon qilindi

Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha fevral oyida bo‘lib o‘tadigan test sinovi sanalari e’lon qilindi. Unga ko‘ra:

📝 test sinovining yozma qismi — 17-18-fevral kunlari;

🎤 gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari — 19-fevraldan 1-martga qadar bo‘lib o‘tadi.

📱 Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

6️⃣ Talabgorlardan test sinoviga belgilangan vaqtdan kamida bir soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari so‘raladi.

👉 Obuna bo‘ling - @talimxabarlari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Attestatsiyadan o’tish uchun nechchi ball olish kerak?

Endi attestatsiya ikki bosqichda o‘tkaziladi hamda birinchi bosqichda talabgorning mutaxassislik fani va kasb standarti bo‘yicha bilim darajasi, ikkinchi bosqichda – pedagogik mahorati baholanadi.

Batafsil: https://talimxabarlari.uz/3676/

👉 Obuna bo‘ling - @talimxabarlari
Ommalashtirishning yangi tartibi belgilandi

O’qituvchilar o’zlarining ilgʻor ish tajribalarini respublika miqyosida ommalashtirishi ommalashtirishning yangi tartibi belgilandi.

Metodik ishlar quyidagi bosqichlarda ommalashtiriladi: maktab, tuman (shahar), viloyat miqyosida hamda respublika miqyosida.

Batafsil: https://talimxabarlari.uz/3699/

👉 Obuna bo‘ling - @talimxabarlari
2023 yilda farzandi ta’limida mas’uliyatsizlik qilgan 12 mingdan ziyod ota-ona jarimaga tortildi

6 million o‘quvchidan 14 ming nafardan ziyodi muttasil ravishda darsga kelmayotgani aniqlangan. Ularning 9 mingdan ortig‘i ta’limga qaytarilgan. 5 ming nafar o‘quvchi bo‘yicha ham o‘rganish ishlari olib borilyapti.

Batafsil: https://talimxabarlari.uz/3691/

👉 Obuna bo‘ling - @talimxabarlari
Ommalashtirishning yangi tartibi belgilandi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2024-yil 7-fevralda “Oʻqituvchilarni ilgʻor ish tajribasi va faoliyati davomida qoʻllab kelayotgan zamonaviy metodikalarni ommalashtirish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 32-sonli buyrugʻi qabul qilindi.

Batafsil: https://talimxabarlari.uz/3699/

👉 Obuna bo‘ling - @talimxabarlari
⚡️ Chet tili imtihoni sanalari e’lon qilindi

Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha mart oyida bo‘lib o‘tadigan test sinovi sanalari e’lon qilindi. Unga ko‘ra:

📝 test sinovining yozma qismi — 3-mart kuni;

🎤 gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari — 4-7- va 11-12-mart kunlari bo‘lib o‘tadi.

🖥 Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

6️⃣ Talabgorlardan test sinoviga belgilangan vaqtdan kamida bir soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari so‘raladi.

👉 Obuna bo‘ling - @talimxabarlari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Attestatsiyada ishtirok etish uchun murojaat yuborgan pedagoglar 10-martgacha to‘lov qilishlari mumkin

Xabaringiz bor, 2024 yilning yanvar- iyun oylarida o‘tkaziladigan pedagog kadrlar attestatsiyasida ishtirok etish uchun murojaat yuborish 15 yanvardan 1 martgacha davom etdi.

Navbatdan tashqari (o‘z ixtiyori bilan) attestatsiyada ishtirok etish uchun ariza yuborgan pedagoglarning ba’zilari to‘lov qilishga ulgurmay qolishgani bo‘yicha Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga murojaat qilishgan.

O‘qituvchilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda ularga qulaylik yaratish maqsadida pedagoglar attestatsiyasida ishtirok etish uchun to‘lovni amalga oshirish muddati 10-martgacha uzaytirilganligini ma’lum qilamiz.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi


👉 Obuna bo‘ling - @talimxabarlari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Telegram botdagi kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha ish olib borilmoqda

Joriy yilning 9-mart kuni boshlangʻich sinf oʻqituvchilari uchun pedagoglar attestatsiya oldidan diagnostika testlari tashkil qilish boshlangan edi.

Ushbu jarayon ilk marotaba telegram bot orqali tashkil etilgani va bot test rejimida ishga tushirilgani sababli bir qator texnik nosozliklar kuzatildi. Testlarda ishtirok etgan ustozlarning kanal izohlarida va chat botga yuborgan eʼtirozlari diqqat bilan oʻrganib chiqilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish choralari koʻrilmoqda.

Bir vaqtning oʻzida bitta telegram botga juda koʻp foydalanuvchi soʻrov yuborgani sabab sekin ishlashi yoki turli xatoliklar berishi kuzatildi. Shu sababli yuklamani boʻlib tashash maqsadida bir nechta telegram bot ishga tushiriladi.

Koʻpchilik oʻqituvchilar "Test ishlash vaqti tugab qoladi, keyin bajara olmasligimiz mumkin" degan xavotirlarni bildirishmoqda. Testlar oʻchirib yuborilmaydi va ulardan oʻzingizga qulay paytda bepul foydalanishingiz mumkin boʻladi.

Diagnostika testlari boshlanish vaqti haqida qoʻshimcha xabar beramiz.

Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr soʻraymiz.
Bugun, 10-mart navbatdan-tashqari attestatsiya uchun toʻlov qilishning oxirgi kuni

Xabaringiz bor, 2024-yilning yanvar- iyun oylarida oʻtkaziladigan pedagog kadrlar attestatsiyasida ishtirok etish uchun murojaat yuborish 15-yanvardan 1-martgacha davom etdi.

Navbatdan tashqari (oʻz ixtiyori bilan) attestatsiyada ishtirok etish uchun ariza yuborgan pedagoglarning baʼzilari toʻlov qilishga ulgurmay qolishgani boʻyicha Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiga murojaat qilishgan.

Vazirlik oʻqituvchilarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash hamda ularga qulaylik yaratish maqsadida pedagoglar attestatsiyasida ishtirok etish uchun toʻlovni amalga oshirish muddati 10-martgacha (shu kuni ham) uzaytirilganligini maʼlum qilgan edi.

👉 Obuna bo‘ling - @talimxabarlari
Vazir jamg'armasi hisobidan ustama imtihoniga qatnasha olmay qolgan nomzodlar uchun qayta imtihon tashkil qilinadi

Test sinovlari natijalari boʻyicha olingan maʼlumotlarga koʻra 144 nafar nomzod pedagoglar test sinovlarida ishtirok etmaganligi maʼlum boʻldi.

Ushbu nomzod pedagoglar masʼullarning xatosi, noqulay ob-havo sharoiti va boshqa uzrli sabablarga koʻra test sinovlarida ishtirok etmaganliklari aniqlandi.

Mazkur nomzod pedagoglar tomonidan yuzaga kelishi mumkin boʻlgan noroziliklarni oldini olish, ularning haq-huquqlarini himoya qilish, oʻzlariga bogʻliq boʻlmagan sabablarga koʻra test sinovlarida ishtirok etolmaganliklarini inobatga olgan holda ushbu nomzod pedagoglar uchun test sinovlari oʻtkazilishi belgilandi.


Sinovlar vazirlikning murojaatiga ko‘ra Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan joriy yilning 14-mart kuni soat 15:00da agentlikning Toshkent shahri, Bogʻishamol koʻchasi, 12-uy manzilida joylashgan binosida bo‘lib o‘tadi.

👉 Obuna bo‘ling - @talimxabarlari
⚡️ Chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi

2024-yil 17-fevraldan 1-martga qadar bo‘lib o‘tgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi.

👨🏻‍💻 Test natijalari my.gov.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar “Mening arizalarim” bo‘limidan o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.

📱 Test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz sayti orqali elektron tarzda yuklab oladilar.

Eslatma: o‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar test natijalari e’lon qilingan kundan boshlab 3 kun ichida (12-14-mart) my.gov.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin.

👉 Obuna bo‘ling - @talimxabarlari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
70-sonli buyruq.pdf
2 MB
5-8-sinf o‘quvchilari o‘rtasida informatika bo‘yicha fan olimpiadasini tashkil etiladi

🗓 Olimpiada to‘rt bosqichda quyidagi muddatlarda o‘tkaziladi:

👉 Birinchi bosqich – davlat va nodavlat talim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida maktab bosqichi mart oyida;

👉 Ikkinchi bosqich – tuman (shahar) miqyosida birinchi bosqichda g‘olib bo‘lgan o‘quvchilar o‘rtasida mart oyida;

👉 Uchinchi bosqich – Qoraqalpogiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri miqyosida ikkinchi bosqich g‘oliblari hamda Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tasarrufidagi maktablar o‘quvchilari o'rtasida aprel oyida;

👉 To‘rtinchi bosqich – respublika miqyosida uchinchi bosqichda g‘olib bo‘lgan o‘quvchilar o‘rtasida aprel oyida.

📌 Olimpiadaning respublika bosqichi natijalari asosida eng salohiyatli 100 nafar iqtidorli o‘quvchi saralab olinadi.

🎓 Shuningdek, xorijiy davlatlardan malakali trenerlar va mahalliy o‘qituvchilar jalb qilinib, belgilangan reja grafik asosida iqtidorli o‘quvchilar xalqaro informatika olimpiadalariga chuqur tayyorlab boriladi.

👉 Obuna bo‘ling - @talimxabarlari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ayrim talaba-oʻquvchilar uchun toʻlov-kontrakt mablagʻlarini toʻlash muddati 10-aprelga qadar uzaytirildi

Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan 2023/2024-oʻquv yilida oliy va professional taʼlim muassasalarining ayrim talaba-oʻquvchilariga bazaviy/tabaqalashtirilgan toʻlov-kontraktning bir yillik oʻqitish qiymatidan kamida 50 foizi miqdoridagi toʻlovlarni amalga oshirish hamda talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning soʻnggi muddati joriy yilning 10-apreliga qadar etib belgilandi.

Eslatma: amaldagi tartibga koʻra, ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalar kontraktini toʻlash muddati OTM rahbari tomonidan uzaytirilishi mumkin.

👉 Obuna bo‘ling - @talimxabarlari