Ta’lim yangiliklari
4.93K subscribers
15.9K photos
4.52K videos
769 files
10.9K links
Таълим янгиликлари

Ta'limdagi yangiliklar aniq, tezkor va xolis xabarlarni kuzatib boring.

Respublika, viloyat, tuman va shahar darajadagi tadbirlar joylashtirish mumkin.
Download Telegram
#TASHABBUS
⚡️ Maktablarda Huquq sinflari tashkil qilinadi

➡️"Davlat ta’lim muassasalarida yuridik ta’limning uzluksiz tizimini joriy etish hamda voyaga yetmagan yoshlarning huquqiy madaniyati va savodxonligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori (532-son, 27.08.2024 y.) qabul qilindi

➡️Unga ko‘ra, 2024/2025-o‘quv yilidan bosqichma-bosqich umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida “Davlat va huquq asoslari” fani chuqurlashtirib o‘qitiladigan variativ o‘quv rejalari asosida zamonaviy ko‘rgazmali o‘qitish vositalari bilan ta’minlangan “Huquq sinflari” tashkil etiladi.

➡️Umumta’lim muassasalari huquq fanidan dars beradigan oliy yuridik ma’lumotga ega bo‘lmagan pedagog xodimlarni bepul asosda 2026-yil yakunigacha bosqichma-bosqich yuridik mutaxassislik bo‘yicha qayta tayyorlanadi.

➡️Huquq fanidan dars beradigan pedagog xodimlarning malakasini oshirib borish maqsadida 2024-yil 1-noyabrgacha uzluksiz kasbiy rivojlantirish platformasi yaratiladi.

➡️2024/2025-o‘quv yilidan umumta’lim muassasalarida “Davlat va huquq asoslari” fanidan dars beradigan pedagog xodimlar uchun “Eng yaxshi huquq o‘qituvchisi” respublika ko‘rik tanlovi o‘tkaziladi.

❗️“Huquq sinfi”ga o‘quvchilar “Davlat va huquq asoslari” faniga qiziquvchi 8-sinf o‘quvchilari orasidan saralab olinadi.

➡️2024/2025-o‘quv yilidan boshlab “maktab-litsey-texnikum-universitet” uzluksiz ta’lim tizimi asosida akademik litseylarni muvaffaqiyatli tugatgan o‘quvchilar test sinovlarisiz to‘g‘ridan to‘g‘ri yuridik texnikumlarga qabul qilinadi.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Zamonaviy_kutubxona
#tashabbus

📚Sirdaryo viloyati Yangiyer shahridagi 9-umumta'lim maktabida zamonaviy kutubxona tashkil etildi.

Mazkur kutubxona fondiga shahar hokimligi tomonidan 710 nomdagi jahon va o'zbek adabiyotiga doir badiiy kitoblar taqdim etildi. Kutubxonada Prezident asarlari, jadid adabiyoti durdonalari, jahon va o'zbek adabiyoti namunalari, o'qituvchilar uchun uslubiy metodik qo'llanmalar hamda o'quvchilar uchun test va lug'atlar joy olgan.

👉 Bundan tashqari, kutubxonada o‘quvchilarning audio va elektron kitoblarni o'qishlari uchun internet tarmog'iga ulangan 10 ta zamonaviy kompyuterlar mavjud.

Sirdaryo viloyati MMTB axborot xizmati

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Hilola Umarova
#tashabbus #ulashing

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni qabul qilindi.

Tashabbus 3 asosiy yoʻnalishda amalga oshiriladi:

Al-Beruniy xalqaro maktabi – unga yurtimiz boʻylab eng iqtidorli oʻquvchilar saralab olinadi. Ular uchun dunyoning ilgʻor tajribalari asosida yuqori darajada taʼlim beriladi. Darslarni xorijdan jalb qilingan malakali ustozlar olib boradi.

“Prezident iqtidorli farzandlari” milliy dasturi – unga Oʻzbekiston boʻylab 3 000 nafar iqtidorli oʻquvchi tanlab olinadi va oliy oʻquv yurtlariga kirish uchun zarur boʻlgan bilim va koʻnikmalar bilan qurollantiriladi. Har yili “Renessans” oromgohida xorijiy ustozlar bilan 3 haftalik intensiv sessiyalar tashkil etiladi. Ushbu ikki yoʻnalishdagi oʻquvchilar Harvard, Yale, Princeton, UPenn, Cornell kabi yetakchi universitetlarga qisqa muddatli kurslarga yuboriladi. Agar ular shu universitetlarga oʻqishga qabul qilinsa, “El-yurt umidi” jamgʻarmasi oʻqish xarajatlarini moliyalashtiradi.

Prezident iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash hamjamiyati – u mamlakatning eng salohiyatli intellektuallarini bir joyga jamlaydi. Ularga Oʻzbekistondagi islohotlarda bevosita ishtirok etish, oʻz gʻoyalari va tashabbuslarini ilgari surish imkoniyati yaratiladi. Hamjamiyat aʼzolari vazirliklar, idoralar va yirik kompaniyalar bilan bevosita muloqotda boʻladi.

Aziz yoshlar, aziz vatandoshlar, endi siz kuzatuvchi emas, bu tarixiy jarayonning faol ishtirokchisi boʻlishingiz mumkin.

Agar siz tajribali IT yoki xalqaro aloqalar mutaxassisi boʻlsangiz yoki “TOP-100” universitetda tahsil olib, ushbu oliygohlarga kirish borasida bilim va tajribangiz bilan boshqalarga yoʻl koʻrsata olsangiz Biz aynan sizni qidiryapmiz!

Safimizga qoʻshilishni istasangiz oʻzingiz haqingizdagi maʼlumotlarni ilova qilgan holda @uzedu_vazirbot manziliga yuboring, takliflaringizni ham yoʻllashingiz mumkin.

Iqtidorli, gʻoyalarga boy yoshlar, keling, safimizda qoʻshiling!

@hilola_umarova
👍1
#TASHABBUS

🤚"TURON" MAKTAB TЕATR TANLOVINING TOSHKЕNT VILOYAT HOKIMI TURNЕRI O‘TKAZILADI


🇺🇿Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi doirasida 2024-yilda umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida "Turon" maktab teatri tanlovi tashkil etildi. Tanlov ikki yildan buyon respublika miqyosida keng ko‘lamda 4-bosqichda o‘tkazilib kelinmoqda.

🇺🇿 Joriy yil 23-iyul kuni Toshkent viloyati hokimligida o‘tkazilgan "Hokimlik soati"da Viloyat hokimi Zoyir Mirzayev aynan marzur tanlov bilan bog‘liq yana bir tashabbusni ilgari so‘rdi.
➡️Unga ko‘ra, "Dolzarb 90 kun"lik doirasida 1-14-avgust kunlari viloyat umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida “Turon” maktab teatri tanlovining tuman (shahar) hamda viloyat bosqichlari tashkil etiladi.


🟠Mazkur tanlov Nizomi asosida 3-bosqichda🟠:
🟠Tuman (shahar) bosqichlari 1-5-avgust kunlari;
🟠Tuman shahar bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan jamoalar mintaqa bosqichida 6-9-avgust kunlari ishtirok etadilar.
🟠Yakuniy viloyat bosqichi 12-avgust kuni o‘tkaziladi.


🔴Ma’lumot uchun🔴:
🟠1-mintaqa: 2025-yil 6-avgust
Angren, Ohangaron, Olmaliq shahar, Ohangaron, Piskent tumanlari (Angren shahar 17-maktab binosida)

🟠2-mintaqa: 2025-yil 7-avgust
Chirchiq shahar, Qibray, Toshkent, Parkent, Yuqori Chirchiq, Bo‘stonliq tumanlari (Parketnt tumanida joylashgan "Chotqol" madaniyat saroyi )

🟠3-mintaqa: 2025-yil 8-avgust
Bekobod, Nurafshon shahar, Bo‘ka, Bekobod, Oqqo‘rg‘on, O‘rta Chirchiq tumanlari (Nurafshon shahar "TONG" madaniyat saroyida)

🟠4-mintaqa: 2025-yil 9-avgust
Yangiyo‘l shahar, Yangiyo‘l, Zangiota, Quyi Chirchiq, Chinoz tumanlari ( Yangiyo‘l shahar 57-sonli madaniyat markazi ).

🔴Tanlovda maktab jamoangiz bilan ishtirok eting.

🖊Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram |  🌐Facebook|
🔎 Veb-sayt | 🌐 Instagram|
👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot