O‘zMU talabalari | Rasmiy
785 subscribers
1.15K photos
179 videos
25 files
515 links
O‘zMU talabalarining rasmiy Telegram kanali

Ushbu kanal talaba-yoshlar hayotiga doir yangiliklar, tashabbus va muvaffaqiyatlar, muhim voqea va innovatsiyalar taqdimi, shuningdek, muhokamalar uchun

Savollar yuzasidan: @nuuz_adminn
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Milliy_universitet
#Since_1918

Abituriyentlar diqqatiga!
 
🇺🇿 Dunyoning top-1000 oliygohlari ro‘yxatiga kirgan O‘zbekiston Milliy universiteti bilimli va salohiyatli yoshlarni tahsil olishga, ilm-fan sohasida progress qilishga chorlaydi.
 
🔝1918-yilda tashkil etilgan, bir asrdan oshiq tarixga ega, Markaziy Osiyodagi yetakchi, dunyo tan olgan va e’tirof etgan Milliy universitet ➡️

matematika-fizika
kimyo-biologiya
ekologiya
tarix
sotsiologiya
psixologiya
yurisprudensiya
ijtimoiy ish
milliy g‘oya va ma’naviyat asoslari
sun’iy intellekt
va boshqa zamonaviy fan sohalari bo‘yicha professional mutaxassislarni yetishtirib kelmoqda.

TOP-1000 universitetlar qatoridan joy olgan O‘zbekiston Milliy universiteti 2026-yil uchun e’lon qilingan QS dunyoning eng yaxshi universitetlari reytingida 721-730 o‘rinlarni qayd etdi.
 


🗣Yuqori sifatli ta’lim
🗣tajribali akademik va professorlardan saboq olish
🗣O‘zbekiston va xorijdagi yirik ishlab chiqarish korxonalarida amaliyot o‘tash
🗣xorijiy stajirovkalar
🗣nazariy bilimlarni zamonaviy laboratoriyalarda qo‘llash imkoniyati
🗣yuqori martabali oliygoh talabasi bo‘lish
🗣dunyo tan olgan diplom egasiga aylanish – barchasi Sizni kutmoqda!
 
Kelajagingiz uchun Milliy universitetni tanlang!
 
🗣Qo‘shimcha ma’lumot: qabul.nuu.uz

📞 Ishonch telefonlari:
71 246 79 89
71 227 17 39
71 712 13 90

Biz shu yerdamiz:
🌐 Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
Forwarded from O'zMU | Rasmiy kanal
⚡️Ta’lim granti tanlovi uchun arizalar qabul qilinadi

🅰 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-martdagi “Oliy ta’lim tashkilotlarida talabalarga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” qaroriga asosan davlat grantlarini qayta taqsimlash tartibi belgilangan.

🎓 Ta’lim granti tanlovida 2024/2025 o‘quv yilida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari hamda magistratura mutaxassisliklari kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan birinchi kurs talabalari ishtirok etishi mumkin.

🇺🇿 Ta’lim grantiga talabgorlar https://grant.nuu.uz/ elektron platformasi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan holda ariza topshirishlari lozim.

🗺Ta’lim grantiga talabgorlardan joriy o‘quv yilida o‘zlashtirish bo‘yicha GPA ko‘rsatkichi 3,5 va undan yuqori bo‘lishi talab etiladi.

❗️Onlayn ro‘yxatdan o‘tish joriy yilning 20-iyulgacha (shu kuni ham) davom etadi.

Ro‘yxatdan o‘tmagan yoki 20-iyuldan keyin murojaat qilgan, shuningdek, ijtimoiy-rag‘batlantiruvchi grant sohibi bo‘lgan talabalar ta’lim granti tanlovida ishtirok eta olmaydi.

💬 Savollar yoki ro‘yxatdan o‘tishda muammolar bo‘lsa Registrator ofisiga murojaat qilishingiz mumkin.

Manzil: (Avvalgi) O’zbek filologiyasi fakulteti binosi, 1-qavat.
Tel.: 71 246 54 64

Biz shu yerdamiz:
🌐 Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube 🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📺📺

🇺🇿Oʻzbekiston Milliy universiteti, O'zbek filologiyasi va Jurnalistika fakultetining 2-bosqich talabasi, yosh shoira Rayhona Davronova "Fayzli kun" koʻrsatuvi mehmoni boʻldi.

Biz shu yerdamiz:
🌐 Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube 🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Quyidagi normativ-huquqiy hujjatlardan xabardormisiz?


✍️Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni

🔺Banklarni sanatsiya qilish va tugatish toʻgʻrisida
Havola: lex.uz/uz/pdfs/7592967  23.06.2025-yil, OʻRQ-1070-son
___

📝Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari

🔺Oʻzbekiston Respublikasida mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini 2030-yilga qadar rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida
Havola: https://lex.uz/uz/pdfs/7594283
23.06.2025-yil, PF-98-son

🔺Mamlaatimizga toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb etishni ragʻbatlantirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Havola: https://lex.uz/uz/pdfs/7594188
23.06.2025-yil, PF-97-son

🔺Davlat fuqarolik xizmatini yangi yondashuvlar asosida tashkil etish hamda professional va natijadorlikka yoʻnaltirilgan davlat xizmatchilari korpusini shakllantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Havola: https://lex.uz/uz/docs/-7587464
19.06.2025-yil, PF-95-son

🔺Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga aliment toʻlovlarini undirish tizimi samaradorligini yanada oshirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Havola: https://lex.uz/uz/pdfs/7595102
23.06.2025-yil, PQ-202-son
____

🔺Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori

Turizm obyektlari hamda joylashtirish vositalarida atrof-muhitga salbiy taʼsiri kamaytirilgan mahsulotlardan foydalanish va ekologik talablarga muvofiq koʻrsatiladigan xizmatlarni ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Havola: https://lex.uz/uz/pdfs/7592507
24.06.2025-yil, 385-son

🔺Respublikada aholiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini koʻrsatish tizimini takomillashtirish boʻyicha tajriba-sinov loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Havola: https://lex.uz/uz/pdfs/7595721
20.06.2025-yil, 384-son

🔺Togʻli va choʻl hududlarda turizm xizmatlarini koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Havola: https://lex.uz/uz/docs/-7584573
19.06.2025-yil, 383-son

🔺Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan qoplanadigan tibbiy yordamning kafolatlangan hajmlarini tasdiqlash toʻgʻrisida
Havola: https://lex.uz/uz/docs/-7583058
19.06.2025-yil, 382-son

🔺Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun ruxsatnomalar berish tartibini yanada takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
Havola: https://lex.uz/uz/pdfs/7593792
19.06.2025-yil, 381-son
 
Biz shu yerdamiz:
🌐 Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube 🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
Forwarded from O'zMU | Rasmiy kanal
#qabul_2025
#ijodiy_imtihon

🇺🇿 Ertaga, 9-iyul kuni O‘zbekiston Milliy universitetida 2025/2026-o‘quv yili uchun quyidagi ta'lim yo'nalishlari bo'yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar bo'lib o'tadi:

🗂 Jurnalistika (faoliyat turlari bo‘yicha)
🗂 Sport faoliyati (taekvondo)

Imtihon bo'ladigan manzil:
📍O'zbekiston Milliy universiteti Fizika fakulteti binosi (Jurnalistika)
📍O'zbekiston Milliy universiteti sport majmuasi, B-korpus (Sport. Taekvondo)

⚡️
2025/2026-o‘quv yili uchun O‘zbekiston Milliy universitetida 8-iyuldan 14-iyulga qadar o‘tkaziladigan ijodiy imtihonlarning o‘tkazilish sanasi, soati va joyi haqida ma’lumotlarni yuklab oling👇

🗣 Ijodiy imtihon kuni, vaqti va joyi

Abituriyentlarning ota-onalari diqqatiga!
Ijodiy imtihonlar 👉 live.nuu.uz 👈 oqarli to'g'ridan-to'g'ri translyatsiya qilinadi. Jarayonlarni onlayn kuzatib boring!


Eslatma: Abituriyentlardan imtihon bo‘ladigan binoga belgilangan vaqtdan bir soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID karta) asl nusxasi hamda abituriyent ruxsatnomasi bilan kelishi so‘raladi. Kechikkan abituriyentlar binoga kiritilmaydi.

Biz shu yerdamiz:
🌐 Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube 🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Milliy_universitet
#Since_1918

Abituriyentlar diqqatiga!
 
🇺🇿 Dunyoning top-1000 oliygohlari ro‘yxatiga kirgan O‘zbekiston Milliy universiteti bilimli va salohiyatli yoshlarni tahsil olishga, ilm-fan sohasida progress qilishga chorlaydi.
 
🔝1918-yilda tashkil etilgan, bir asrdan oshiq tarixga ega, Markaziy Osiyodagi yetakchi, dunyo tan olgan va e’tirof etgan Milliy universitet ➡️

matematika-fizika
kimyo-biologiya
ekologiya
tarix
sotsiologiya
psixologiya
yurisprudensiya
ijtimoiy ish
milliy g‘oya va ma’naviyat asoslari
sun’iy intellekt
va boshqa zamonaviy fan sohalari bo‘yicha professional mutaxassislarni yetishtirib kelmoqda.

TOP-1000 universitetlar qatoridan joy olgan O‘zbekiston Milliy universiteti 2026-yil uchun e’lon qilingan QS dunyoning eng yaxshi universitetlari reytingida 721-730 o‘rinlarni qayd etdi.
 


🗣Yuqori sifatli ta’lim
🗣tajribali akademik va professorlardan saboq olish
🗣O‘zbekiston va xorijdagi yirik ishlab chiqarish korxonalarida amaliyot o‘tash
🗣xorijiy stajirovkalar
🗣nazariy bilimlarni zamonaviy laboratoriyalarda qo‘llash imkoniyati
🗣yuqori martabali oliygoh talabasi bo‘lish
🗣dunyo tan olgan diplom egasiga aylanish – barchasi Sizni kutmoqda!
 
Kelajagingiz uchun Milliy universitetni tanlang!
 
🗣Qo‘shimcha ma’lumot: qabul.nuu.uz

📞 Ishonch telefonlari:
71 246 79 89
71 227 17 39
71 712 13 90

Biz shu yerdamiz:
🌐 Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1💅1
#Qabul2025 #Abituriyent2025

Test sinovi o‘tkaziladigan binolar

📌 Bilimni baholash agentligining rasmiy saytiga 2025-2026-o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovi o‘tkaziladigan binolar bo‘yicha ma’lumotlar joylashtirildi.

Unda quyidagi ma’lumotlar aks etgan:

🔹 Test sinovi o‘tkaziladigan hududning rasmi;
🔹 Hududga kirish joylari;
🔹 Test sinovi o‘tkaziladigan joy nomi;
🔹 Test sinovi o‘tkaziladigan joy manzili;
🔹 Bino raqami;
🔹 Test sinovi o‘tkaziladigan guruhlar;
🔹 Joylarning google xaritadagi joylashuvi (geolokatsiyasi).

Test sinovlarini o‘tkaziladigan binolar:

👉 https://uzbmb.uz/page/test_2025

👨🏻‍💻 Mazkur sahifadan tegishli hududni tanlab, ushbu hududdagi test sinovi o‘tkaziladigan binolar bo‘yicha ma’lumotlar bilan tanishishingiz mumkin. Shuningdek, "Abituriyent ruxsatnomasi"da berilgan QR-kod orqali bino joylashgan manzilni aniqlash imkoni mavjud.

⚡️ Hurmatli abituriyentlar! Test sinovlariga kech qolmang! O‘zingiz bilan pasport (ID-karta) ASLINI va abituriyent ruxsatnomasini olishni unutmang (aks holda test sinoviga kira olmaysiz).

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Edu.uz
Hurmatli abituriyentlar, aziz farzandlarim!

Ertaga, 14-iyuldan boshlab yurtimiz bo‘ylab test sinovlari boshlanadi.

Respublika bo‘yicha 65 ta yirik binoda, ikki smenada o‘tkaziladigan imtihonlarda har kuni 70 mingdan ortiq abituriyent ishtirok etishi rejalashtirilgan.

Mazkur jarayonlarning shaffof, adolatli va xolis o‘tishi uchun barcha zarur tashkiliy va texnik choralar ko‘rilgan. Sizlardan esa faqat bilim, xotirjamlik va tartib-intizom talab etiladi.

Bilimingizga ishoning! Sizni o‘qishga kiritishni va’da qilayotgan shaxslarga aslo ishonmang. Faqat o‘z mehnatingiz, aql-zakovatingiz bilan talaba bo‘lishga intiling.

Imtihon kuni shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat asl nusxasi va ruxsatnomani albatta o‘zingiz bilan oling. Imtihon boshlanishidan kamida bir soat oldin belgilangan binoga yetib kelishingiz muhim. Bu sizga o‘zingizni xotirjam tutib, barcha ko‘rsatmalarga e’tibor qaratish imkonini beradi.

Sizga test sinovlarida katta omad, o‘zingiz istagan ta’lim muassasasiga talaba bo‘lish baxtini tilayman! Yuzingiz yorug‘, yo‘lingiz ochiq, katta hayotdagi ilk qadamingiz qutlug‘ bo‘lsin!

Qo‘ng‘irotboy Sharipov,
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
2
#Talabalar_diqqatiga

Videoroliklar tanlovini e’lon qilamiz!

Talaba-yoshlarni ijtimoiy tarmoqlardan to‘g‘ri foydalanish, internet orqali kirib kelayotgan ma’naviy tahdidlar, mafkuraviy xurujlarni to‘g‘ri baholashga o‘rgatish, shuningdek, mediakontent yaratishga uquvi bor yoshlarning iqtidorini yuzaga chiqarish va ularni moddiy rag‘batlantirish maqsadida O‘zbekiston Milliy universiteti Axborot xizmati videoroliklar tanlovini e’lon qiladi.

Ijtimoiy tarmoqlarda yoshlar orasida tez-tez ko‘tariladigan va keng muhokama qilinadigan quyidagi 10 ta mavzu va yo‘nalishlar bo‘yicha videorolik (shuningdek, audio, grafika va boshqa turdagi mediakontentlar ham bo‘ladi) yaratish lozim bo‘ladi:

“Vatanparvarlik, milliy g‘urur va harbiy xizmatga shaylik”;
“Yoshlarning axloqiy tarbiyasi va muomala madaniyati”;
“Tarixiy va milliy o‘zlikni anglash”;
“Ta’lim sifati va ilm olishga motivatsiya berish, ma’rifatparvarlik”;
“Kitobxonlik madaniyatini shakllantirish va targ‘ib qilish”;
“Milliy qadriyatlar va madaniy merosni ulug‘lash”;
“Mentalitetimizga yot illatlar, g‘oyalar, “ommaviy madaniyat” ga qarshi kurash hamda “fakt cheking”;
“To‘g‘rilik, halollikni targ‘ib qilish va korrupsiyaga qarshi kurash”;
“Ekologik madaniyat, “yashil makon” va “yashil iqtisodiyof” ni targ‘ib qilish”;
“Sog‘lom turmush tarzi va sport”.

Oliy ta’lim tashkilotining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan har bir kontent muallifiga 300 ming so‘mdan bir oyda jami 3 mln so‘mgacha miqdorida mablag‘ to‘lab beriladi.


✈️ Videoroliklarni shu telegram manziliga yuboring 👉 @nuuz_adminn

Batafsil (Tanlov talablari)

👉 На русском
👉 In English

Biz shu yerdamiz:
🌐 Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube 🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Yoshlar Akademiyasi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Yangi O‘zbekiston uchun Ginnes rekordini o‘rnatamiz!

🛠 Biz robot yasash va o‘z nomini tarixga muhrlashga tayyor 2 000 nafar ixtirochini izlayapmiz!

📌 Reja: 25 daqiqada 2 000 ta konstruktor robot yig‘iladi.
🎯 Maqsad: Ginnes rekordini o‘rnatish!

📣 Yoshlar, sizni yirik muhandislik missiyasi kutmoqda!

Agar siz:
✔️Texnologiyaga qiziqsangiz
✔️ Yoshingiz 15–20 oralig‘ida bo‘lsa
✔️ Vatan nomidan tarixga kirishni xohlasangiz — bu imkoniyat aynan Siz uchun!

➡️Ro‘yxatdan o‘ting: missiya.edu.uz
🗓 Muddat: 25-iyulgacha!

#YangiOʻzbekiston #MuhandislikMissiyasi #GinnesRekordi

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
🔥1
📢 ABITURIYENTLAR DIQQATIGA!

Kelajagingizni zamonaviy kasblar bilan bog‘lamoqchimisiz? Unda Texnikumimiz siz uchun ajoyib imkoniyatlarni taqdim etadi!

🎓 9-sinf bitiruvchilari uchun yo‘nalishlar:
1️⃣ Kompyuter tizimlarida dasturlash
2️⃣ Kompyuter grafikasi va dizayn operatori

🛠 11-sinf bitiruvchilari uchun yo‘nalishlar:
1️⃣ Geodeziya va kartografiya (Texnik geodezist)
2️⃣ Yer kadastri va yerdan foydalanish

🗓 Hujjat topshirish muddati:
20-iyulga qadar faqat my.edu.uz portali orqali onlayn tarzda!

📍 Manzil: Toshkent shahri, M.Ulug‘bek tumani, M.Ulug‘bek ko‘chasi, 82-uy
📞 Aloqa uchun:
+998 90 005-70-77
+998 93 005-50-09

🚀 Zamonaviy kasb – ishonchli kelajak!
O‘rgan, rivojlan va orzularing sari dadil qadam qo‘y!

Biz shu yerdamiz:
🌐 Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube 🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from O'zMU | Rasmiy kanal
#OʻqishniKoʻchirish

⚡️E’lon! Davlat OTMlariga o‘qishni ko‘chirish uchun onlayn ariza yuborish boshlandi

2025/2026-o‘quv yili uchun respublika davlat oliy ta’lim muassasalariga talabalar o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha arizalar quyidagi elektron tizimlar orqali ro‘yxatdan o‘tkaziladi:

2 ta uzrli sababga ko‘ra respublikaning bir davlat oliy ta’lim muassasasidan boshqa oliy ta’lim muassasasiga yoki bir oliy ta’lim muassasasi doirasida – transfer.edu.uz;

xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan davlat oliy ta’lim muassasalarining mos va turdosh ta’lim yo‘nalishlarigamy.uzbmb.uz.

Arizalar 2025-yil 5-avgustga (shu kuni ham) qadar qabul qilinadi.

Biz shu yerdamiz:
🌐 Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube 🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Butunjahon yozgi Universiada: taekvondochilarimiz bahslarga kirishmoqda

Germaniyada talabalar o‘rtasidagi navbatdagi yozgi Butunjahon Universiada o‘yinlariga rasmiy tarzda start berildi. Bugundan boshlab taekvondo (WT) sport turi bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolari kyorugi yo‘nalishida medallar uchun bahs olib borishni boshlaydi.

Musobaqa taqvimi quyidagicha:

📅 19-iyul:
• Umidjon Turobov (68 kg)
• Zuhra Tojimatova (46 kg)
• Madina Mirabzalova (57 kg)

📅 20-iyul:
• Shamsiddin Qurbonov (58 kg)
• Dilnoza Tangirova (49 kg)

📅 21-iyul:
• Najmiddin Qosimxojiyev (74 kg)
• Marat Mavlonov (+87 kg)
• Diyora Azizova (62 kg)
• Iroda Mirtojiyeva (+73 kg)

📅 22-iyul:
• Shohjahon Ahmedov (63 kg)
• Shohjahon Karimboyev (87 kg)
• Laylo Zayniddinova (53 kg)

📅 23-iyul:
Jamoaviy dasturlar:
Erkaklar: Shamsiddin Qurbonov, Najmiddin Qosimxojiyev, Shohjahon Karimboyev – 240 kg
Ayollar: Laylo Zayniddinova, Madina Mirabzalova, Diyora Azizova – 200 kg
Aralash (2+2):
• Erkaklar: Najmiddin Qosimxojiyev, Umidjon Turobov – 160 kg
• Ayollar: Diyora Azizova, Madina Mirabzalova – 135 kg

Alohida ta’kidlash joizki, jahon arenalarida yurtimiz sha’nini munosib himoya qilayotgan 6 nafar sportchi-talaba — O‘zbekiston Milliy universiteti vakillari hisoblanadi. Ular:
Umidjon Turobov
Madina Mirabzalova
Dilnoza Tangirova
Diyora Azizova
Shohjahon Ahmedov
Laylo Zayniddinova

Universiada singari nufuzli musobaqada ishtirok etayotgan talaba-yoshlarimizga chin dildan omad, kuch-g‘ayrat va yorqin g‘alabalar tilaymiz! Yurtimiz bayrog‘ini baland ko‘tarish yo‘lida ularning har bir jangiga katta ishonch va muxlislik bilan qaraymiz!

Biz shu yerdamiz:
🌐 Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube 🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
Forwarded from O'zMU | Rasmiy kanal
#Talaba_muvaffaqiyati

O‘zMU talabasi “Asakabank” stipendiyasini qo‘lga kiritdi
 
🇺🇿 Matematika fakulteti 3-kurs talabasi, Ulug’bek nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori Gulayim Aytjanova a’lo o‘qishi va ilmiy (ijodiy) ishlarda faolligi va tirishqoqligi uchun “Asakabank” AJ tomonidan tashkil etilgan “Yosh matematik” stipendiyasi tanlovida g’olib bo‘ldi.
 
🎓 “Yosh matematik” stipendiyasini “Asakabank” AJ Boshqaruvchi direktori Ja’far Saidov topshirdi.

📰 Shuningdek, tadbirda “Asakabank” AJ Yoshlar yetakchisi Mohinur Ibragimova hamda fakultet dekani O.S.Zikirov, G.Aytjanovaning ilmiy rahbari N.X.Narzullayev, dekan muovini M.Mamatqulov, kafedra mudiri R.Q.G’aybullayev va boshqalar ishtirok etdi.

 
Biz shu yerdamiz:
🌐 Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube 🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏1
⚡️Ta’lim granti tanlovi uchun kitobxonlik madaniyati bo‘yicha test sinovi muddati e’lon qilinadi

🎓 Ta’lim grantiga talabgorlar (1-kurs bakalavr va 1-kurs magistrantlar) “Ijtimoiy faollik indeksi”ning birinchi mezoni — “Kitobxonlik madaniyati” bo‘yicha (avval e’lon qilingan kitoblardan tuzilgan) 20 ta testni bajarishi kerak bo‘ladi.

Talabgorlar 👉 test.nuu.uz sayti orqali joriy yilning 22-iyul kuni soat 8.00 dan 23-iyul kuni soat 18.00 ga qadar ushbu test sinovida onlayn ishtirok etadi.

🔒 Talabgorlar saytga Hemis platformasidagi o‘z loginlari hamda parol (pasport seriya va raqami) yordamida kirib, test sinovida qatnashadilar.
_____

⚡️Объявляется срок проведения тестирования по культуре чтения для конкурса на образовательный грант

🎓 Претенденты на образовательный грант (студенты 1-го курса бакалавриата и 1-го курса магистратуры) должны будут выполнить 20 тестовых заданий по первому критерию "Индекса социальной активности" - "Культуре чтения" (составленных на основе ранее объявленных книг).

Претенденты смогут участвовать в данном онлайн-тестировании через сайт 👉 test.nuu.uz с 8:00 22 июля до 18:00 23 июля текущего года.

🔒 Претенденты могут войти на сайт, используя свой логин с платформы Hemis и пароль (серию и номер паспорта), чтобы принять участие в тестировании.

Biz shu yerdamiz:
🌐 Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube 🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Muhim

⚡️Ta’lim granti tanlovi uchun kitobxonlik madaniyati bo‘yicha test sinovi muddati uzaytirildi

🎓 Oldin xabar berganimizdek, ta’lim grantiga talabgorlar (1-kurs bakalavr va 1-kurs magistrantlar) “Ijtimoiy faollik indeksi”ning birinchi mezoni — “Kitobxonlik madaniyati” bo‘yicha (avval e’lon qilingan kitoblardan tuzilgan) 20 ta testni bajarishi kerak bo‘ladi.

Ayrim texnik sabablar hamda bildirilgan takliflarni inobatga olib, test sinovining bajarilish muddati uzaytirildi. Talabgorlar 👉 test.nuu.uz sayti orqali bugun, 23-iyul kuni soat 23:59 ga qadar (oldingi muddat soat 18.00 ga qadar edi) ushbu test sinovida onlayn ishtirok etishlari mumkin.

🔒Talabgorlar saytga Hemis platformasidagi o‘z loginlari hamda parol (pasport seriya va raqami) yordamida kirib, test sinovida qatnashadilar.
____

⚡️ Продлён срок прохождения тестового испытания по культуре чтения в рамках отбора на образовательный грант

🎓 Как сообщалось ранее, претенденты на получение образовательного гранта (студенты 1 курса бакалавриата и 1 курса магистратуры) должны пройти тестовое испытание, состоящее из 20 вопросов, составленных на основе ранее опубликованного списка книг, в рамках первого критерия «Индекса социальной активности» — культура чтения.

В связи с техническими причинами, а также с учётом поступивших предложений, срок выполнения теста был продлён. Претенденты могут пройти онлайн-тестирование на сайте 👉 test.nuu.uz сегодня, 23 июля, до 23:59 (ранее срок был установлен до 18:00).

🔒 Претенденты могут войти на сайт, используя свой логин с платформы Hemis и пароль (серию и номер паспорта), чтобы принять участие в тестировании.

Biz shu yerdamiz:
🌐 Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube 🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
#E’LON

“Yozgi ijod markazi” faoliyat yuritadi

✍️ Iqtidorli, ijodkor talabalar uchun turli mavzularda ijtimoiy tarmoqlarda foydali kontentlar yaratish boʻyicha “Yozgi ijod markazi” faoliyati yoʻlga qoʻyilmoqda.

🎬 Foydali kontent yaratish bo‘yicha mahoratingiz bo‘lsa, unda quyidagi yo‘nalishlarda qiziqarli, kreativ video tayyorlab 👉 bizga yuboring:

adabiyot,
teatr,
jurnalistika,
tarix
ijtimoiy fanlar

✈️ Eng sara kontentlar rasmiy kanalda e’lon qilinadi va taqdirlanadi.

Biz shu yerdamiz:
🌐 Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube 🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from O'zMU | Rasmiy kanal
Bakalavr_kvota_kunduzgi_2025.pdf
15.2 MB
#Kvota #Bakalavr #Kunduzgi #Qabul2025

Kunduzgi ta’lim shakli uchun qabul parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari kesimidagi taqsimoti

2025/2026-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining KUNDUZGI ta’lim shakliga umumiy qabul parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimlanishi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Bakalavr_kvota_kechki_2025.pdf
12.3 MB
#Kvota #Bakalavr #Kechki #Qabul2025

Kechki ta’lim shakli uchun qabul parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari kesimidagi taqsimoti

2025/2026-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining KECHKI ta’lim shakliga umumiy qabul parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimlanishi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Bakalavr_kvota_masofaviy_2025.pdf
11 MB
#Kvota #Bakalavr #Masofaviy #Qabul2025

Masofaviy ta’lim shakli uchun qabul parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari kesimidagi taqsimoti

2025/2026-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining MASOFAVIY ta’lim shakliga umumiy qabul parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimoti tasdiqlandi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram