Denov tuman 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati tadbirlari
522 subscribers
5.8K photos
326 videos
3 files
1.12K links
Download Telegram
#Denov_2-IMI
#ochiq_dars mashg'uloti

Denov tuman 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida amaliy fanlar metod birlashmasi tarbiya fani o'qituvchisi Bo'ronov Sherali G'anijonovich tomonidan 8-A sinf o'quvchilari ishtirokida "Qiyin vaziyatlarda hissiyotlarni boshqarish" mavzusida namunali ochiq dars o'tkazildi.

❇️ Ochiq dars davomida jamoaviy ishlash metodlardan foydalanildi, o'quvchilar uchun ochiq dars juda qiziqarli va muhim ma'lumotlar berildi.

Ochiq darsda Denov 2-son IMI direktori N.Sapiyeva, MMIBDO' S.Xodjakulov, maktab maslahatchisi F.Minkabilova Psixolog, R.Axmedova musiqa fan o'qituvchisi M.Abdurashidovalar ishtirok etishdi.

🌐Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:👇
|Telegram |Facebook |Instagram
#Denov_2-IMI
#ochiq_dars mashg'uloti

Denov tuman 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi Isoqova Adiba Sirojiddinovna tomonidan 9-"T" sinf o'quvchilari ishtirokida "Deb so‘zi yordamida ergashgan qo‘shma gaplar" mavzusida namunali ochiq dars o'tkazildi.

❇️ Ochiq dars noan‘anaviy usulda tashkil qilinib, turli interfaol metodlardan foydalanildi, o'quvchilar uchun juda qiziqarli va muhim ma'lumotlar berildi. Yangi mavzuni mustahkamlashda "Savol ichida savol", "Harflarda yordamchilar" kabi metodlar qo‘llanildi.

O‘tkazilgan ochiq darsni maktab psixologi R.Axmedova, ona tili va adabiyot fan o‘qituvchilari Sh.Berdiyeva, M.Sariyeva, ingliz tili o‘qituvchisi N.Shomurodovalar tahlil qilishdi.

🌐Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:👇
|Telegram |Facebook |Instagram
#Denov_2-IMI
#ochiq_dars mashg'uloti

Denov tuman 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi Isoqova Adiba Sirojiddinovna tomonidan 8-"A" sinf o'quvchilari ishtirokida "Maqsud Shayxzodaning "Jaloliddin Manguberdi" dramasida obrazlar tahlili" mavzusida namunali ochiq dars o'tkazildi.

❇️ Ochiq dars davomida o'quvchilar kichik guruhlarga bo‘linib turli interfaol metodlar asosida o‘z bilimlarini mustahkamlashdi.
"Jaloliddin Manguberdi" dramasi asosida kichik sahnaviy ko‘rinish ham namoyish qilindi. Noan‘aniy usulda tashkil etilgan ochiq darsda muhim ma'lumotlar berildi.

Ochiq darsni Denov 2-son IMI O‘IBDO‘ B.Mamatqulov, MMIBDO' S.Xodjakulov, tarbiya fani o‘qituvchisi Sh.Bo‘ronov, musiqa fan o'qituvchisi M.Abdurashidovalar tahlil qilishdi.

🌐Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:👇
|Telegram |Facebook |Instagram
#Ochiq_muloqot
#Сўх

Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova Farg‘ona viloyati, So‘x tumani pedagoglari bilan uchrashdi.

Unda 200 nafardan ortiq maktab o‘qituvchilari, faxriy ustozlar, maktabgacha ta’lim tashkilotlari xodimlari ishtirok etdi.

❗️ Samimiy va ko‘tarinki ruhda o‘tgan muloqot davomida o‘qituvchilarning soha faoliyatiga doir takliflari, fikr va mulohazalari tinglandi.


Ishtirokchi pedagoglar Davlatimiz rahbari tomonidan ta’lim tizimiga berilayotgan e’tibor va bu islohotlarning eng olis hudud bo‘lgan So‘xdagi natijalari haqida o‘z fikrlarini bildirishdi.

Vazir Hilola Umarova so‘zi avvalida ustozlarni boshlangan yangi o‘quv yili bilan qutlar ekan, so‘nggi yillarda sohada olib borilayotgan izchil islohotlar davomiy bo‘lishini, hududdagi o‘quvchilarning sifatli ta’lim-tarbiya olishi uchun barcha imkoniyatlar ishga solinishini alohida ta’kidlab o‘tdi.

Tadbirda sohada uzoq yillar faoliyat yuritgan hamda alohida o‘rnak ko‘rsatgan 10 nafar pedagog “Xalq ta’limi a’lochisi” va “Xalq ta’limi fidoyisi” ko‘krak nishonlari bilan taqdirlandi. Shuningdek, tumandagi 9 ta maktabga kompyuter jamlanmalari topshirildi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Denov_2-IMI
#Ochiq-dars

"KONSTITUTSIYAM 32 YOSHDA"  
MAVZUSIDA
OCHIQ DARS

🏢 Denov tuman 2-son  ixtisoslashtirilgan maktab-internatida Tarix  fani oʻqituvchisi Tursoatov Xumoiddin  9-"A" sinfda "Konstitutsiyam 32 yoshda" mavzusida ochiq dars oʻtdi.

Ochiq darsda Konstitutsiyaning davlat va fuqarolik jamiyatidagi ahamiyati, unda belgilangan burchlar, majburiyatlar va huquqlar haqida maʼlumotlar berdi.  Konstitutsiyadagi  har bir islohotlar va buning natijasida inson qadri yuksalishi to‘g‘risida ko‘pgina nazariy jihatlar ta‘kidlandi.

🌐 Denov tuman 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati matbuot xizmati

| Telegram | Facebook | Instagram
#Denov_2-IMI
#ochiq dars

Denov tuman 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida rus tili fani  o'qituvchisi Avazova Sohibjamol Axmedovna tomonidan 12-dekabr kuni  6-sinf o'quvchilari bilan "Письмо Деду Морозу " mavzusida ochiq dars tashkil qilindi. Yosh pedagog "An'anaviy bilish", "Savol-javob", "Kitob bilan ishlash" metodlari bilan birga hamohang ravishda interaktiv metodlardan - "Aqliy hujum", "Wordwall" , "Qiziqarli informatsion" texnologiyalaridan mohirona foydalandi.Dars bosqichlari uzviy bog'liqlikda tuzilgan bo'lib, bir-birini to'ldirdi.

🌐 Denov tuman 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati matbuot xizmati

| Telegram | Facebook | Instagram