Denov tuman 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati tadbirlari
523 subscribers
5.79K photos
326 videos
3 files
1.12K links
Download Telegram
#Jarayon
#Respublik_Maʼnaviyat_va_maʼrifat_markazi
#Surxondaryo_viloyat_boʻlimi
#Denov_tuman_boʻlinmasi

Bugun Denov tumanidagi Alisher Navoiy haykali o‘rnatilgan "Afrosiyob" bogʻida O‘zbek tili bayramining 35-yilligi munosabati bilan tantanali tadbir o‘tkazildi. Bayram tadbiri Navoiy haykali poyiga gulchambarlar qo‘yish bilan boshlandi. Tadbirda Denov tuman hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi, oliy ta'lim, Maktab va Maktabgacha ta'lim tashkiloti, umumta’lim maktablari o‘qituvchilari hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

Bayram tadbirida Denov tuman hokimi Ilhom Abrorov so‘zga chiqib, o‘zbek tilining dunyodagi eng jozibador, eng boy muloqot vositasi ekanini  ta’kidlab o'tdi. Shuningdek, olimlar, tilshunoslar o‘z so‘zlarida mamlakatimizda mustaqillikkacha qabul qilingan “Davlat tili to‘g‘risida”gi qonunning tilimizni asrab-avaylash va nufuzini oshirishdagi ahamiyati hamda keyingi yillarda qaratilayotgan yuksak e’tibor haqida so‘z yuritishdi.

Bizni kuzatishda davom eting!
https://t.iss.one/Denovgavhar
#Denov_2-IMI
#Zakovat_Quiz

🟢 Denov tuman 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatidagi oʻquvchi-yoshlar uyida oʻquvchi-yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularning bilim va intellektual salohiyatini yuksaltirish maqsadida tarbiyachi-pedagoglar tomonidan yotoqxonada turuvchi oʻquvchilar oʻrtasida "Zakovat Quiz" intellektual musobaqasi tashkil etildi.

Musobaqa jarayoni koʻtarinki ruhda va yuqori kayfiyatda tashkil etildi.  Qizgʻin va murosasiz kechgan baxslarning yakuniy natijalarga koʻra "Intellekt" jamoasi gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.

🌐 Denov tuman 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati matbuot xizmati

| Telegram | Facebook | Instagram
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев амалий ташриф билан Қозон шаҳрига келди. Аэропортда давлатимиз раҳбарини Татаристон Республикаси Раиси Рустам Минниханов ва бошқа расмий шахслар кутиб олди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев прибыл с рабочим визитом в город Казань. В аэропорту главу нашего государства встретили Раис Республики Татарстан Рустам Минниханов и другие официальные лица.

#Mirziyoyev #tashrif #Rossiya #sammit

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Forwarded from Xushnudbek.uz
🇺🇿🇰🇿 O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida qiymati 352 mln dollarlik 76 ta hujjat imzolandi

Kecha, 22-oktyabr kuni Samarqand shahrida O‘zbekiston-Qozog‘iston IV Hududlararo hamkorlik forumi bo‘lib o‘tdi. Unda ikki mamlakat bosh vazirlari Abdulla Aripov hamda Oljas Bektenov ishtirok etdi.

Forumda sanoat kooperatsiyasi, suv-energetika, tranzit va transport sohalari, gaz sanoatidagi o‘zaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, hududlar o‘rtasida savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlik to‘g‘risida bitimlar imzolandi.


👉 @xushnudbek 👈