Denov tuman 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati tadbirlari
526 subscribers
5.72K photos
317 videos
3 files
1.11K links
Download Telegram
#Jarayon
#Respublik_Maʼnaviyat_va_maʼrifat_markazi
#Surxondaryo_viloyat_boʻlimi
#Denov_tuman_boʻlinmasi

Bugun Denov tumanidagi Alisher Navoiy haykali o‘rnatilgan "Afrosiyob" bogʻida O‘zbek tili bayramining 35-yilligi munosabati bilan tantanali tadbir o‘tkazildi. Bayram tadbiri Navoiy haykali poyiga gulchambarlar qo‘yish bilan boshlandi. Tadbirda Denov tuman hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi, oliy ta'lim, Maktab va Maktabgacha ta'lim tashkiloti, umumta’lim maktablari o‘qituvchilari hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

Bayram tadbirida Denov tuman hokimi Ilhom Abrorov so‘zga chiqib, o‘zbek tilining dunyodagi eng jozibador, eng boy muloqot vositasi ekanini  ta’kidlab o'tdi. Shuningdek, olimlar, tilshunoslar o‘z so‘zlarida mamlakatimizda mustaqillikkacha qabul qilingan “Davlat tili to‘g‘risida”gi qonunning tilimizni asrab-avaylash va nufuzini oshirishdagi ahamiyati hamda keyingi yillarda qaratilayotgan yuksak e’tibor haqida so‘z yuritishdi.

Bizni kuzatishda davom eting!
https://t.iss.one/Denovgavhar
#Denov_2-IMI
#Zakovat_Quiz

🟢 Denov tuman 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatidagi oʻquvchi-yoshlar uyida oʻquvchi-yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularning bilim va intellektual salohiyatini yuksaltirish maqsadida tarbiyachi-pedagoglar tomonidan yotoqxonada turuvchi oʻquvchilar oʻrtasida "Zakovat Quiz" intellektual musobaqasi tashkil etildi.

Musobaqa jarayoni koʻtarinki ruhda va yuqori kayfiyatda tashkil etildi.  Qizgʻin va murosasiz kechgan baxslarning yakuniy natijalarga koʻra "Intellekt" jamoasi gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.

🌐 Denov tuman 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati matbuot xizmati

| Telegram | Facebook | Instagram