Swift Academy
203 subscribers
170 photos
31 videos
8 files
162 links
Swift Academy - IT o’quv markazi

YouTube Channel : https://shorturl.at/UV4vp

Read me: https://shorturl.at/ArSML

Admin: @MulloyevAzamjon
Download Telegram
0 dan Mustaqil iOS development o'rganuvchilar uchun mavzulashtirilgan RoadMap.

Mustaqil o'rganishda bir qator qiyinchiliklarni yengillatish maqsadida iOS development o'rganvchilar uchun rejali qo'llanma ishlab chiqidm.
Dasturlashni boshlovchilar ko‘pincha qayerdan boshlashni bilmay qoladi, bu reja esa aniq bosqichma-bosqich yo‘lni ko‘rsatadi.
Professional bo‘lish uchun nafaqat kod yozish, balki algoritmlar, arxitektura, dizayn patternlar va AppStore jarayonini ham o‘rganish zarur.
Reja sizni oddiy amaliy mashqlardan tortib to haqiqiy AppStore’da chop etiladigan ilova darajasiga olib chiqadi.
🔹 Kimlar uchun?
Boshlovchi dasturchilar — Swift tilini o‘rganib, real loyihalar yaratishni istaydiganlar.
O‘rta darajadagi developerlar — UIKit va SwiftUI’da chuqurroq bilim olib, professional arxitekturalarga o‘tishni xohlovchilar.
Talabalar va IT kurs qatnashchilari — nazariy bilimni amaliy loyihalar orqali mustahkamlashni istaydiganlar.
Ishga kirishni istovchilar — Junior/Middle iOS developer sifatida intervyuga tayyorlanayotganlar.

Roadmap - 7 asosiy bo'lim va har bir bo'lim ketma ketlikda mavzulashtirilgan darslardan iborat:
1. Core: Swift Asoslari
2. Algorithms va Data Structures
3. Xcode va UIKit Asoslari
4. Games va View Groups (UIKit)
5. Networking
6. Design Patterns, SOLID va Arxitektura
7. SwiftUI va App Store Jarayoni

Qanday va qayerdan o'rganish bo'yicha tavsiya va qo'shimcha havolalar keltirilgan.
Logika va bilimni kuchaytirish uchun topshiriq va o'yinlar keltirilgan.
Portfolio uchun 10dan ortiq proyektlar va ularni yaratishda kerakli manbaalar ko'rsatib o'tilgan. To'liq kontent bu yerda.

Foydali bo'lsa, do'stlaringiz bilan ham ulashib qo'ying.
#ios #selfstudy #roadmap

Mukhriddinbek Samidov

🔗 YouTube | Instagram | LinkedIn | Telegram | Medium
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥3🎉1