Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi|🇺🇿 Rasmiy
57.6K subscribers
27.6K photos
2.59K videos
91 files
8.89K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
SАRIOSIYOLIK O‘QUVCHILАR HАRBIY QISMDА

✉️ O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 3-oktabrdagi “Umumiy o‘rta taʼlim muassasalarida maʼnaviy-maʼrifiy hamda tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish kontseptsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida Sariosiyo tumanidagi umumtaʼlim maktablarida maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish kontseptsiyasini amalga oshirish maqsadida “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqilgan.

Mazkur yo‘l xaritadagi chora-tadbirlar rejasi asosida o‘quvchi yoshlarni buyuk ajdodlarimizning harbiy vatanparvarlik jasorati ruhida tarbiyalash bo‘yicha bir qator tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

🗣O‘quvchilarni vatanparvarlikga chorlovchi ana shunday tadbirlardan biri “Sohibqiron Аmir Temur - markazlashgan milliy davlatchilik asoschisi” mavzusida tumanning 10-sonli umumtaʼlim maktabi o‘quvchilari ishtirokida harbiy qismda tashkil etildi.
O‘quvchilar harbiylar faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Mashg‘ulotlarda ishtirok etib, o‘zlarining harbiy salohiyatlarini sinovdan o‘tkazishdi.

Kanalga ulanish: ➡️ https://t.iss.one/surxonvxtb

🖊 Surxondaryo viloyati Xalq taʼlimi boshqarmasi Matbuot xizmati
Vazir jamg‘armasidan ustama olishga nomzodlarni saralash jarayonlarining 2-bosqichi boshlanmoqda: manzil va sanalar bilan tanishing

Vazir jamg‘armasi hisobidan har oylik ustama to‘lanadigan nomzodlarning kasbiy mahoratini baholash mezonlari maʼlum bo‘ldi.

Vazir jamg‘armasidan ustama olish uchun o‘tkaziladigan sinov jarayonlari bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan holda ko‘p bosqichli tanlov asosida bevosita Vazirlar Mahkamasining qarori bilan belgilangan tartibda tashkil etilishi haqida avvalroq xabar bergan edik.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi “Xalq taʼlimi vaziri jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaroriga ko‘ra, 2022-yil dekabr oyida ushbu Jamg‘armadan har oylik ustama to‘lanadigan malakali pedagog kadrlarni saralash sinovlarining dastlabki bosqichi bo‘lib o‘tgan edi.

Birinchi bosqichda qatnashgan hamda dars beradigan umumtaʼlim fani bo‘yicha bilim darajasini baholash uchun bo‘lib o‘tgan test sinovlarida maksimal ballning 80 va undan yuqori foiz natijani qayd etgan nomzodlar ikkinchi bosqichga tavsiya etiladi.

Ikkinchi bosqichda umumtaʼlim fanini bilish darajasini baholash bo‘yicha o‘tkazilgan test sinovlarida maksimal ballning 80 foizi yoki undan yuqori natija ko‘rsatgan nomzodlarning kasbiy mahoratini baholash uchun suhbat o‘tkaziladi. Ushbu havola orqali kasbiy mahoratni baholash uchun suhbatni baholash Nizomi va mezonlari bilan tanishishingiz mumkin.

Kasbiy mahoratini baholash bo‘yicha o‘tkazilgan suhbat natijalariga ko‘ra eng yuqori ball to‘plagan malakali pedagog kadrlarga joriy yilning aprel oyidan boshlab, 9 oy davomida mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 5,5 baravari miqdorida (bugungi kunda 5 mln so‘m) har oylik ustama to‘lanadi.

Vazir jamg‘armasi uchun o‘tkazilgan saralash sinovlarining birinchi bosqichidan viloyatimizdan 66-nafar o`qituvchilar muvafaqiyatli o`tgan.

Birinchi bosqichdan muvafaqiyatli o`tgan o`qituvchilar uchun suhbat jarayonlari joriy yilning 16-17-mart kunlari Termiz shahar 26-maktabda bo‘lib o‘tadi. Suhbat jarayoniga nomzod o`qituvchilar soat 09:00 da shaxsini tasdiqlovchi hujjat asl nusxasi bilan kelishi shart.
Vazir jamg`armasi 2-bosqich suhbatga o`tganlar.pdf
216.1 KB
📢 Hurmatli ustoz-murabbiylar!

📌 Vazir jamg`armasining II-bosqichda ishtirok etadigan Surxondaryo viloyati o‘qituvchilarining ro‘yxati. Nomzodlar shaxsni tasdiqlovchi hujjatning asl nusxasi bilan kelishlari shart.

Kanalga ulanish: ➡️ https://t.iss.one/surxonvxtb

🖊 Surxondaryo viloyati Xalq taʼlimi boshqarmasi Matbuot xizmati
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Туркия Республикаси Президенти Режеп Таййип Эрдоғаннинг таклифига биноан Туркий давлатлар ташкилоти саммитида иштирок этиш учун амалий ташриф билан Анқара шаҳрига жўнаб кетди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев по приглашению Президента Турецкой Республики Реджепа Тайипа Эрдогана отбыл с рабочим визитом в город Анкару для участия в саммите Организации тюркских государств.

#Mirziyoyev #sammit #TDT #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
O‘Z KАSBIDАN ILHOM OLGАN USTOZ SHOIRА

Oltinsoy tumanidagi 46-sonli umumta'lim maktabining onatili va adabiyoti fani o'qituvchisi, shoira Oynoxol Mamaziyayevaning yangi “Mening umr yo‘llarim” sheʼriy to‘plami nashrdan chiqldi. Bungacha ijodkor ustozimizning “Ko‘zlarimning qarog‘isan, Vatanim”, “Ko‘ngil navosi”, “Yaxshilar bor dunyoda”, “Mening otam”, “O‘n sakkiz yoshingda” hamda “Yuzlari oftobdir, so‘zlari sehr” kitoblari o‘quvchilar qo‘liga yetib borgan.

Аyni damda Oynoxol Mamaziyayeva o‘quvchilarga taʼlim berish bilan birga yangi sheʼrlar ustida ijod qilmoqda.

Kanalga ulanish: ➡️ https://t.iss.one/surxonvxtb

🖊 Surxondaryo viloyati Xalq taʼlimi boshqarmasi Matbuot xizmati
🔰 Prezident sovrini uchun “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovida qatnashish uchun 7 mingga yaqin maktab ro‘yxatdan o‘tdi

Tanlovning tuman (shahar) bosqichi joriy yilning aprel oyida, ikkinchi (viloyat) bosqichi may oyida, uchinchi (respublika) bosqichi avgust oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Batafsil:
➡️ https://uzedu.uz/uz/news/971

————
🔰 Порядка 7000 школ зарегистрировались для участия в конкурсе на приз Президента «Лучшая школа по обучению иностранным языкам»

Районный(городской) этап конкурса планируется провести в апреле, второй (региональный) этап конкурса в мае, а третий (республиканский) – в августе текущего года.

Подробно:
➡️ https://uzedu.uz/ru/news/971

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев амалий ташриф билан Анқара шаҳрига келди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев прибыл с рабочим визитом в город Анкару.

#Mirziyoyev #sammit #TDT

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter