Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿
53.1K subscribers
31.9K photos
3.14K videos
97 files
10.4K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
📖Hududlararo tajriba almashinuvi: Qashqadaryolik bogʻcha rahbarlari Surxondaryoda

🫥Bugun Qashqadaryo viloyatining bir guruh maktabgacha taʼlim tashkilotlari rahbarlari tajriba almashish va amaliyot bilan tanishish maqsadida Surxondaryo viloyatiga tashrif buyurishdi. Tashrif doirasida mehmonlar Termiz shahridagi 16- va 24-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bo‘lishib, bu yerda yaratilgan sharoitlar, bolalar bilan olib borilayotgan tarbiyaviy-mashg‘ulot ishlari, zamonaviy yondashuvlar hamda innovatsion loyihalar bilan yaqindan tanishdilar.

Ushbu uchrashuv davomida maktabgacha taʼlim tizimidagi ilgʻor tajribalarni oʻrganish, hududlar oʻrtasida samarali muloqotni kuchaytirish, tashkiliy-uslubiy ishlarni takomillashtirishga qaratilgan konstruktiv fikr almashuvlar va amaliy kuzatuvlar oʻtkazildi.

Bunday tashriflar maktabgacha taʼlim tizimida sifatni oshirish, professional taraqqiyotga ko‘maklashish va hududlararo o‘zaro hamkorlikni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

👍Telegram   👍Facebook
👍Instagram 👍You tube
👍Twitter       👍Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2🥰2🔥1🎉1💯1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bir o‘g‘il bolani o‘qitsang — bir kishini o‘qitgan bo‘lasan, bir qiz bolani o‘qitsang — butun avlodni tarbiyalagan bo‘lasan!

Ayol oilaning tayanchi, jamiyatning tarbiyachisi, farzandlarning birinchi ustozidir. U mehr bilan tarbiya beradi, sabr bilan yo’l ko’rsatadi, quvvat bilan ruhlantiradi. Bugun har bir ayolga e’tibor, hurmat va ishonch beraylik. Ularning ovozini eshitaylik, salohiyatini qo’llab-quvvatlaylik!

👍Telegram   👍Facebook
👍Instagram 👍You tube
👍Twitter       👍Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21
Taʼlim tizimining barcha boʻgʻinlarini oʻzaro integratsiya qilishga doir muhim vazifalar muhokama qilindi

Bugun Prezident Administratsiyasi rahbari oʻrinbosari Hilola Umarova boshchiligida taʼlim tizimini integratsiya qilish va bu borada amalga oshirilishi lozim boʻlgan masalalar ijrosiga bagʻishlangan kengaytirilgan yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Unda Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Eʼzoza Karimova, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Kongratbay Sharipov, mazkur vazirliklar masʼullari, hududiy boshqarmalar, tizim tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdi.

Tadbir avvalida Davlatimiz rahbarining kuni kecha eʼlon qilingan tegishli Farmoniga muvofiq, Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri lavozimiga tayinlangan Eʼzoza Karimova jamoaga tanishtirildi.


Yigʻilishda taʼlim tizimini barcha boʻgʻinini oʻzaro integratsiya qilgan holda yangi sifat bosqichiga olib chiqish va uni samarali tashkil qilishga doir aniq vazifalar muhokama qilindi.

Taʼkidlanganidek, maktabgacha taʼlim standartlari xalqaro meʼyor talablariga muvofiqlashtirilib, maktabgacha va boshlangʻich taʼlim oʻquv dasturlarining oʻzaro uzviyligi taʼminlanadi.

👉 Batafsil: https://uzedu.uz/uz/news/2009

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

Telegram                   🌐 Facebook
🌐 Youtube                     🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt                     😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3🎉1👌1💯1
#Hududlarga_tashrif

Bugun Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Muhriddin Normurodov Shoʻrchi tumaniga tashrifi davomida tumandagi bir qator umumta’lim maktablarining 2025–2026-o‘quv yiliga tayyorgarlik holatini o‘rganib, mavjud sharoitlar bilan bevosita tanishdi.


O‘rganish quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshirildi:

Maktablarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash holati;
Darsliklar va o‘quv-metodik vositalar bilan ta’minlanganlik darajasi;
Yozgi ta’mirlash va obodonlashtirish jarayonlari;
Sinfxonalar, kutubxonalar, sport zallari hamda tabiiy fanlar laboratoriyalarining amaldagi holati
.

Tashrif yakunida har bir muassasada aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, ta’lim sifatini oshirish va yangi o‘quv yilini yuqori saviyada boshlash bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

👍Telegram   👍Facebook
👍Instagram 👍You tube
👍Twitter       👍Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4🎉1💯1
Shoʻrchi tumanidagi maktablarda yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik oʻrganildi

Bugun Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi boshligʻi Xusniddin Mamadiyev hududlarga tashrifi davomida Shoʻrchi tumanidagi 2-, 7-, 13-, 25-, 44-, 47- va 68-sonli umumtaʼlim maktablarida bo‘lib, 2025–2026-o‘quv yiliga tayyorgarlik doirasida amalga oshirilayotgan joriy taʼmirlash va jihozlash ishlari bilan tanishdi.


Tashrif chogʻida quyidagi jihatlar atroflicha o‘rganildi:

Joriy taʼmirlash ishlari holati va bajarilish sifati;
Taʼlim infratuzilmasining yangilanishi va xavfsizlik choralari;
Yangi o‘quv yiliga tizimli va sifatli tayyorgarlik bosqichlari
;

Tashrif yakunida mavjud kamchiliklarni bartaraf etish va yangi o‘quv yilini muvaffaqiyatli kutib olish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.


👍Telegram   👍Facebook
👍Instagram 👍You tube
👍Twitter       👍Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5