Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿
53.9K subscribers
31.8K photos
3.12K videos
96 files
10.3K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
📍Hududlarga tashrif: Bandixondagi maktablarning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi

📈Bugun Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Xusniddin Mamadiyev Bandixon tumaniga tashrif buyurib, 9-, 10-, 11-umumta'lim maktablarining yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holatini o‘rgandi.

🖥 O‘rganishlar davomida bino, moddiy-texnik bazaning holati, obodonlashtirish ishlarini ko‘zdan kechirdi. Qolaversa, maktab darsliklari va 1-sinf o‘quvchilari uchun "Prezident sovg‘alari"ning yetkazib berilganlik holati bilan tanishilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mas'ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

✔️Ma'lumot uchun, bugungi kunda tumanda 43 ta umumta'lim maktabi mavjud bo‘lib, ushbu maktablarning 39 tasi 228 million so‘m mablag‘ evaziga joriy ta'mirdan chiqarildi.

#Bandixon #yangioquvyili
#organish #prezidentsovgasi

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8🔥21🥰1👏1🎉1🕊1
📈Sherobodda ham yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari o‘rganildi

➡️Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Xusniddin Mamadiyev hududlardagi o‘rganishlari davomida Sherobod tumanidagi ta'lim muassasalarining ham yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi bilan tanishdi.

🖥Xususan, boshqarma boshlig‘i 14-, 17-, 27-, 31-, 56-, 67-, 72-, 77-umumta'lim maktablarida binoning jihozlanishi, sinfxonalarning, maktab darsliklari va 1-sinf o‘quvchilari uchun "Prezident sovg‘alari"ning yetkazib berilganlik holatini ko‘zdan kechirdi.

✔️O‘rganish davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va o‘quv yiliga puxta hozirlik ko‘rish bo‘yicha mas'ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

#Sherobod #yangioquvyili
#organish #prezidentsovgasi

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍53🔥1👏1👌1🕊1
RADDIYA

Ijtimoiy tarmoqlarda bugun "Muzrabot bog‘chasida bola o‘ldi" sarlavhasi ostida xabar tarqaldi.

Ushbu xabar mutlaqo haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Nafaqat Muzrabot tumani, balki, Surxondaryo viloyatida "Yo‘ldoshobod" nomli mahalla mavjud emas. Surxondaryo viloyatidagi hech bir maktabgacha ta'lim tashkilotida o‘tgan va joriy yilda bolalarning o'limi bilan bog‘liq holatlar kuzatilmagan.

Bu kabi asossiz ma'lumotlarni ommaga tarqatishdan ilgari Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi mas'ullari bilan aniqlik kiritilishi maqsadga muvofiq, deb o‘ylaymiz.

Ijtimoiy tarmoq faollari yolg‘on va asossiz ma'lumotlarni tarqatib, davlat xizmatchilarini chalg'itmasliklari va ijtimoiy tarmoq kuzatuvchilarida turli noo‘rin fikrlar uyg‘otmasliklari, qolaversa, ommaga taqdim etilayotgan har bir ma'lumotga jiddiy yondashib, uning aniq va xolis ekanligiga ishonch hosil qilinganidan so‘ng jamoatchilik e‘tiboriga havola etishlari mantiqan to‘g‘ri bo‘ladi.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
👍20🔥1