Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿
53.9K subscribers
31.8K photos
3.12K videos
96 files
10.3K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
📉Termizda "Ta’lim sifatini oshirishda xalqaro va milliy baholashning o‘rni" mavzusida seminarlar bo‘lib o‘tmoqda

🔼Bugun Termiz shahridagi Prezident maktabida Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi hamda viloyat Direktorlar kengashi tomonidan vohadagi taʼlim muassasalari direktorlari hamda ularning o‘rinbosarlari uchun 2 kunlik "Ta’lim sifatini oshirishda xalqaro va milliy baholashning o‘rni" mavzusida seminar-treninglar boshlandi.

🔔Seminarning ochilish marosimida viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Xusniddin Mamadiyev ishtirok etdi.

✔️Ushbu treningdan ko‘zlangan maqsad ta’lim tizimini rivojlantirishda xalqaro tatqiqotlarning ahamiyati hamda PISA, TIMSS, PIRLS va TALIS tadqiqotlari natijalari bilan tanishtirish, amaliy mashg‘ulotlarda topshiriqlar bilan ishlash, ta’lim sifatini oshirishda xalqaro tadqiqotga oid ma’lumotlar bilan tanishtirishdan iborat.

#seminar #direktorlarkengashi

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍131🔥1🎉1🕊1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔔Surxondaryoda maktab yarmarkalari ish boshladi

🖥Ota-onalarga qulaylik yaratish maqsadida o‘quvchilar uchun zarur o'quv qurollarini arzonlashtirilgan narxlarda xarid qilish imkoniyati yaratilgan.


#yangioquvyili #maktabyarmarkasi

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🎉1
RASMIY MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlarda "Denov tumanidagi maktabgacha ta'lim tashkilotida tarbiyalanuvchi kaltaklanganligi" bo‘yicha xabarlar tarqaldi. Ushbu holatni Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi tomonidan tuzilgan ishchi guruhi joyiga chiqib o‘rgandi.

Ma'lum bo‘lishicha, holat Denov tumanidagi 16-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida sodir bo‘lgan. Videolavhada aks etgan voqea bo‘yicha, xodim o‘z mehnat majburiyatlarini qo‘pol ravishda buzganligi uchun O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 161-moddasi ikkinchi qismi 5-bandiga asosan tarbiyachi A.G. bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi.

Shuningdek, ta'lim muassasasida ma'naviy nosog‘lom muhit yuzaga kelganligi, o‘z ishida mas'uliyatsizlikka yo‘l qo‘yganligi sababli Denov tumanidagi 16-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti direktori bilan tuzilgan mehnat shartnomasi xodimning o‘z arizasiga muvofiq bekor qilindi.

Voqea yuzasidan huquq-tartibot idoralari tomonidan ham o‘rganish ishlari olib borilayotgan bo‘lib, holatga huquqiy baho beriladi.

#rasmiymunosabat #Denov

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
👍121🔥1🕊1
📈Angorda yangi o‘quv yiliga puxta hozirlik ko‘rish yuzasidan seminar o‘tkazildi

🔼Angor tumanidagi 9-umumta'lim maktabida "Umumta'lim maktablarida tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish, tizimli muammolar va ularni bartaraf etish, istiqboldagi rejalar" mavzusida seminar o‘tkazildi.

✔️Unda tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi rahbariyati, maktab direktorlari va ularning o‘rinbosarlari hamda boshqa mas'ullar ishtirok etishdi.

🖥Seminar davomida yangi o‘quv yiliga puxta hozirlik ko‘rish maqsadida ishtirokchilarga ta'lim muassasalarini tegishli tartibda jihozlash va bezatish, qolaversa, ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha ma'lumotlar berildi.

#Angor #seminar #yangioquvyili

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10🔥1👌1🕊1