Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi|🇺🇿 Rasmiy
52.4K subscribers
27.6K photos
2.59K videos
91 files
8.89K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
▪️Maktablarda mahalla "yettiligi" bilan keng hamkorlik yo'lga qo'yilmoqda

Bugun Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'i Xusniddin Mamadiyev rahbarligida Sherobod tumanidagi 38-sonli umumta'lim maktabida yig'ilish o'tkazildi. Unda Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi mas'ullari, mahalla vakillari, maktab jamoasi hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

Yig'ilishda o'qituvchilar bilan muloqot qilinib, ta'lim muassasasida ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini yanada oshirish, maktab-mahalla-oila hamkorligini keng yo'lga qo'yish, o'quvchilar o'rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi amaliy ishlar yuzasidan so'z yuritildi va bu bo'yicha aniq chora-tadbirlar belgilandi.

Shuningdek, maktabda yangi o'quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari tahlil qilinib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo'yicha mas'ullarga tegishli ko'rsatmalar berildi.

Yig'ilish davomida Qarshiyev O'ktam Payg'amovich Sherobod tumanidagi 38-maktab direktori etib tayinlandi. Tayinlovga qadar O'ktam Qarshiyev Sherobod tumanidagi 6-sonli ayrim fanlar chuqur o'rganiladigan maktab-internati direktori lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.

#Sherobod #38maktab
#manaviymarifiyishlar #tayinlov

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
▪️Oltinsoy tumanidagi maktablarning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi

Bugun Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Xusniddin Mamadiyev Oltinsoy tumaniga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida hududdagi 27-umumta'lim maktabida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlari, 420 o‘rinli yangi qo‘shimcha o‘quv binosining qurilish jarayonlari bilan tanishildi.

Maktab jamoasi bilan bo‘lgan uchrashuv davomida ta'lim sifatini, ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish borasida so‘z yuritildi.

Mas'ullarga yangi o‘quv yiliga puxta hozirlik ko‘rish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.

#Oltinsoy #yangioquvyili
#yangibino #manaviymarifiyishlar

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt