Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi|🇺🇿 Rasmiy
62K subscribers
27.9K photos
2.62K videos
91 files
8.99K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️"Men davlat xizmatchisi boʼlaman" mavzusida insholar tanlovi bo‘lib o‘tdi

🔘Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining viloyat filiali hamkorligida umumtaʼlim maktablarining 9-,10- va 11-sinf oʼquvchilari oʼrtasida o‘tkazilgan "Men davlat xizmatchisi boʼlaman" mavzusidagi insholar tanlovining viloyat bosqichida tuman, shahar bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar o‘zaro bellashishdi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
⚡️Nodavlat ta'lim tashkilotlari faoliyatida tekshiruvlar o‘tkazish tartiblari yuzasidan seminar bo‘lib o‘tdi

🔹Bugun viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi xodimlari uchun Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining nodavlat ta'lim tashkilotlari faoliyatini litsenziyalash, nazorat qilish va jahon savdo tashkiloti masalalari bilan ishlash boshqarmasi boshlig'i Sardor Maxsudov hamda mazkur boshqarmaning bosh mutaxassisi Shaxbozjon Jo‘rayevlar ishtirokida seminar o‘tkazildi.

🔘Unda mutaxassislar tomonidan nodavlat ta'lim tashkilotlari faoliyatida tekshiruvlar o‘tkazish tartiblari yuzasidan zarur ma'lumotlar va tavsiyalar berildi.

☑️Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
⚡️Sariosiyo tumanidagi 18-maktab - 2023-2024-o‘quv yili davomida "Otalar yig‘ilishi" va "Otalar qabul kunlari"ni o‘tkazish bo‘yicha eng yaxshi namuna ko‘rsatgan maktab

🔹Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnoma yakuniga ko‘ra, Sariosiyo tumanidagi 18-maktab - 2023-2024-o‘quv yili davomida "Otalar yig‘ilishi" va "Otalar qabul kunlari"ni o‘tkazish bo‘yicha eng yaxshi namuna ko‘rsatgan maktab deb topildi.

🔸Mazkur maktab jamoasini Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Xusniddin Mamadiyev va boshqarma jamoasi nomidan qutlab, kelgusida ulkan muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!

🗣So‘rovnomada ishtirok etgan barchaga rahmat!

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Xusniddin Mamadiyevning bitiruvchilarga bayram tabrigi va tilaklari

☑️Ma'lumot uchun, 2023-2024-o‘quv yilida viloyatdagi 983 ta maktab, jumladan, 961 ta umumta'lim maktabi, 17 ta ixtisoslashtirilgan maktab, 1 ta Prezident maktabi va 4 ta nodavlat maktabni 47 ming 982 nafar
9-sinf, 33 ming 89 nafar 11-sinf o‘quvchilari yakunlamoqda.


✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
Forwarded from Hilola Umarova
Qadrli o‘quvchi-yoshlar,
Aziz maktab bitiruvchilari!

 
Bugun katta hayot ostonasida yuraklaringiz to‘la hayajon, 11 yillik qadrdon maskan – maktab bilan, samimiy sinfdoshlarning har kungi diydori bilan xayrlashish iztirobi va ayni paytda ulkan orzular, aniq maqsadlar quchog‘iga talpinish zavqi ko‘nglingizni nurlantirib turibdi.
Ushbu kun birgina sizlar uchun emas, balki, ota-onalaringiz, ustoz-murabbiylaringiz uchun ham umrbod unutilmas bo‘lib qoladi. Yuragida buyuk orzulari va rejalari mujassam, bolalik xayollarini endi chinakam maqsadlarga aylantirishga chog‘lanayotgan siz o‘g‘il-qizlar nafaqat o‘z oilalaringizning, balki jonajon vatanimizning chinakam faxru iftixoridirsiz.
Har biringizda katta iste’dod, qat’iy ishonch mujassam. Tomirlaringizda dunyo taraqqiyotiga bemisl hissa qo‘shgan buyuk ajdodlar qoni jo‘sh urmoqda. Endi navbat sizniki, ularga munosib bo‘lib, jahonni lol qoldiradigan avlod sifatida kamol topshinigizni tilayman.
Eng muhimi, ezgu orzular qilishdan va ularga yetishdagi mehnat va harakatdan hech qachon to‘xtamang. Yangi O‘zbekistonning ertangi rivoji va taraqqiyoti sizlarning qo‘lingizda. Shuni unutmang.
Bugun maktabdagi saboqlar yakuniga yetganini anglatish uchun chalinayotgan so‘nggi qo‘ng‘iroq sizning yorug‘ istiqbolingiz, baxtli hayotingiz boshlanganidan dalolat beruvchi ilk quvonch sadosi bo‘lib yangrasin!
Siz, aziz bitiruvchi yoshlarga hamisha mustahkam sihat-salomatlik, davomli muvaffaqiyatlar tilab qolaman.
 
Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri

 
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔔Xayr, maktabim!

⚡️Aziz bitiruvchilar, qadrli o‘g‘il-qizlar!

🔘Mana, hayotingizdagi eng hayajonli va unutilmas kun ham yetib keldi — siz jonajon maktabingiz bilan xayrlashmoqdasiz…

☑️Sizga mustaqil hayotda omad, muvaffaqiyat yor bo‘lsin!


Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi jamoasi

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
🔔Maktablarda so‘nggi qo‘ng‘iroqlar jarangladi

⚡️Bugun respublikamizning barcha hududlarida bo‘lgani kabi Surxondaryo viloyatida ham "Ilm - saodat kaliti" shiori ostida maktablarda "So‘nggi qo‘ng‘iroq" tadbirlari o‘tkazildi.

🔘Termiz shahridagi 16-umumta'lim maktabida bo‘lib o‘tgan tadbirda viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov hamda Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Xusniddin Mamadiyev ishtirok etib, bitiruvchilarga kelgusi hayotda omad va muvaffaqiyat tilashdi.

☑️Tadbirda o‘quv yili davomida yutuqlarga erishgan o‘quvchilar rag‘batlantirildi. Maktab kutubxonasi uchun 500 dan ortiq kitoblar sovg‘a qilindi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt