Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿
53.9K subscribers
31.8K photos
3.12K videos
96 files
10.3K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
⚡️Denovda uch avlod vakillari uchrashishdi

🇺🇿"9-may - Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan Denov tumanidagi 78-umumta'lim maktabida "Uch avlod uchrashuvi" o‘tkazildi. Unda nuroniylar, faxriy ustozlar, maktab jamoasi, o‘quvchi yoshlar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

🔘Tadbirda yurtimizning bugungi tinch-osoyishta hayoti uchun jasorat ko‘rsatib fido bo‘lgan vatandoshlarimiz xotirasi yod etildi. Bugungi dorilomon kunlar, yoshlarga berilgan imkoniyatlar xususida so‘z yuritilib, keksalarning pand-nasihatlariga quloq tutildi. O‘quvchilar ijrosidagi badiiy chiqishlar tadbirga yanada fayz berdi.

☑️Shuningdek, mehmonlar maktabda yaratilgan zamonaviy sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi. Nuroniylarga o‘quvchilar o‘z qo‘llari bilan chizgan suratlarini sovg‘a qilishdi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
👍8👏2🔥1
Uzun tumani .pdf
86 KB
⚡️TISU olimpiadasining navbatdagi natijalari e'lon qilindi!

Xabaringiz bor, joriy yilning 1-6 may kunlari Termiz iqtisodiyot va servis universiteti tashabbusi bilan umum ta'lim maktabi bitiruvchi sinf o‘quvchilari o‘rtasida fan olimpiadasi o‘tkazilgan edi.

⬆️ Yuqorida olimpiadaning Jarqo'rg'on, Muzrabot, Oltinsoy, Qiziriq, Qumqo'rg'on, Sariosiyo, Sherobod, Sho'rchi, Uzun va Termiz tuman bosqichi natijalari bilan tanishishingiz mumkin.

❗️Eslatib o‘tamiz, olimpiadaning viloyat bosqichi 15-may kuni bo‘lib o‘tadi. Unda shahar va tuman bosqichida 1-o‘rinni egallagan o‘quvchilar ishtirok etishadi.

⚡️ Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizni kuzatib boring!

Instagram l Telegram l Website l You Tube | Facebook
👍8🔥21👌1🕊1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
9-may - Xotira va qadrlash kuni

Vatan tinchligi va kelajak avlodning nurli istiqboli yo'lida jon fido qilgan qahramonlar jasorati va porloq xotirasi hamisha qalblarimizda yashaydi.

Qadrli vohadoshlar!

Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan siz azizlarga, qadrli urush va mehnat faxriylariga mustahkam sog’liq, oilaviy xotirjamlik, dasturxonlaringizga to’kinlik hamda barcha ezgu niyatlaringizning ijobatini tilaymiz.

Mamlakat taraqqiyoti yo’lidagi xizmatlaringizda zafar hamisha yor bo’lsin!

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi jamoasi


📽Videorolik Termiz shahridagi 9-umumta'lim maktabi o‘quvchilari hamda o‘qituvchilari ishtirokida tayyorlandi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
👍9🎉1
Forwarded from Xusniddin Mamadiyev
#9_may_Xotira_va_qadrlash_kuni

Xotira – aziz, qadr – muqaddas. Yurtimizda xotira va qadrlash kunini keng miqyosda nishonlashimiz zamirida ham aynan ana shu ezgu maqsad yotibdi.

O‘tganlarni, ularning xayrli ishlarini, jasoratini yodga olmoq, e’zozlamoq xalqimizga xos ezgu fazilatlardandir.

Shunday ekan, bugungi sana munosabati bilan barcha hamyurtlarimiz, hurmatli urush qatnashchilari, qadrli ustozlar, ta'lim tizimi vakillari va mehnat faxriylarimizga tinchlik-omonlik, sog’lik-salomatlik, xonadonlariga baraka tilayman.

Shu o‘rinda aytishim lozim, ta'lim-tarbiya tizimida jonkuyarlik ko‘rsatayotgan barcha aziz pedagoglarimizni qadrlaymiz!

Yurtimiz hamisha tinch, osmonimiz musaffo bo‘lsin!


Xusniddin Mamadiyev,
Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i
👍6👏21👌1🕊1🏆1