Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi|🇺🇿 Rasmiy
62.9K subscribers
27.8K photos
2.62K videos
91 files
8.98K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
OROMGOH-2024

🔰Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2024-yil 26-apreldagi 04-14-786-sonli xatining ijrosini ta’minlash maqsadida, bugun Surxondaryo viloyat "Barkamol avlod" bolalar maktabida 2024-yil yoz mavsumida o'quvchilarni yozgi oromgohlar va sog‘lomlashtirish maydonchalarida dam olishlari uchun faoliyat olib boruvchi pedagog kadrlar va yetakchilarni tayyorlash bo‘yicha maxsus o'quv kursi taskil etildi.

O’quv kursida viloyat "Barkamol avlod" bolalar maktabining mas’ul xodimi Dilfiza Niyozova oromgohlar yo’riqnomasi va ish rejalari bilan yig‘ilganlarni tanishtirib, berilgan savollarga batafsil javoblar berdi.

❇️Kurs yakunida o’quvga qatnashganlarga guvohnomalar topshirildi.

Surxondaryo viloyat "Barkamol avlodʼʼ bolalar maktabi Axborot xizmati

Telegram| Facebook| Instagram|Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Attestatsiya
#Bayonot_15

VIDEOBAYONOT:
Maktabgacha, umumiy oʻrta, maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini malaka toifa sinovlaridan oʻtkazish jarayonlari davom etmoqda.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Seminar_trening

⚡️Bugun Аngor tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Ijro intizomi - samaradorlik omili" mavzusida seminar-trening oʼtkazildi.

🔘Seminarda viloyatdagi jami 17 ta ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining ijro intizomiga maʼsul xodimlari ishtirok etishdi.

☑️Seminardan koʼzlangan asosiy maqsad maktabda hujjatlar bilan ishlashni toʼgʼri tashkil etish, ijro intizomini mustahkamlash, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʼrib chiqish hamda bu borada shaxsiy mas'uliyatni yanada oshirishdan iborat.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
Forwarded from Movluda Asqarxo‘jayeva
#Tashrif

📍Kuni kecha Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining birinchi o'rinbosari - Maktabgacha ta'lim agentligi direktori A.Shin Surxondaryo viloyati Termiz shahridagi 24-umumta'lim maktabiga tashrif buyurdi.

🏢Termiz shahrining "Alisher Navoiy" mahallasida joylashgan
24-umumta'lim maktabi 585 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, hozirda manzilda 1003 nafar o‘quvchi 2 navbatda ta'lim-tarbiya olib kelmoqda.
_____________

Shuningdek, A.Shin tashrif davomida Denov tumani Paxtakurash mahallasida joylashgan "Denov pedagogika kolleji" da ham bo'ldi.

📚 A.Shin kollejdagi talabalarga yaratilgan shart-sharoitlar  bilan tanishdi. Talabalarning bo'sh vaqtlarini unumli o'tkazishlarida qiziqarli mashg'ulotlardan foydalanishga oid takliflarini ilgari surdi.

🌐 Rasmiy sahifalarimiz

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Forwarded from Movluda Asqarxo‘jayeva
#Surxondaryo_viloyatiga_tashrif

💥Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining birinchi o'rinbosari - Maktabgacha ta'lim agentligi direktori A.Shin Surxondaryo viloyati Jarqo'rg'on tumanidagi 5-sonli DMTTga tashrif buyurdi.

Bugungi kunda Jarqo‘rg‘on tumanining "Istiqlol" mahallasi hududida joylashgan 5-sonli davlat MTTda 140 nafar bolalar tarbiyalanadi.

📌Tashrif davomida A.Shin Termiz shahrining "Bog'ishamol" mahallasi hududida joylashgan 31-sonli davlat MTTda ham bo'ldi. Ma'lumot uchun: bugungi kunda MTTda 610 nafar bolalar ta'lim- tarbiya olishadi.

🔰Shu mahallada joylashgan "Nurli avlod" nodavlat MTTda A.Shin bolajonlarning qanday mashg'ulotlar bilan shug'ullanayotganligi bilan tanishdi, ushbu nodavlat MTT 360 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, manzilda bugungi kunda 260 nafar bola tarbiyalanadi.

🟡"Bog'zor" mahallasidagi 230 nafar tarbiyalanuvchiga ega 9-sonli DMTT hamda 240 o'ringa mo'ljallangan, hozirda 202 nafar bolajonlar tarbiya olayotgan 10-sonli DMTTga ham tashrif buyurildi.

📌Bunlardan tashqari kun davomida 7-sonli hamda 3-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotlariga ham tashriflar amalga oshirildi.