Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿
53.8K subscribers
31.8K photos
3.12K videos
96 files
10.3K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
#Live
#Turon_teatri

🎭"Turon" maktab teatri respublika tanlovining Surxondaryo viloyat bosqichi davom etmoqda. Qizg‘in kechgan 2-shart ham o‘z nihoyasiga yetdi.

🔹"Madaniyat va san'at bilimdoni" deb nomlangan ushbu shartda jamoalar san'at va madaniyat borasidagi bilimlarini savol-javoblarda sinovdan o‘tkazishdi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
👍9🎉1
🔹Bugun Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Xusniddin Mamadiyev Termiz shahridagi 7-umumta'lim maktabida bo‘lib, ta'lim muassasasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

🔘Maktabning obodligi, ta'lim-tarbiya jarayonlari, o‘quvchilar uchun faoliyat yuritayotgan to‘garaklar ko‘zdan kechirildi.

☑️Tanaffus davomida boshqarma boshlig‘i o‘quvchilar bilan suhbatlashib, yigit-qizlarning kelgusidagi orzu va maqsadlari bilan qiziqdi.

🔸Mas'ullarga mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil qilish orqali ularni turli yot g‘oyalardan asrash bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berib o‘tildi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
👍5👏2🔥1
#Live
#Turon_teatri

🔘"Turon" maktab teatri respublika tanlovining Surxondaryo viloyat bosqichi qizg‘in va iliq taassurotlarga boy tarzda o‘tmoqda.

☑️Tanlovning 3-sharti ham o‘z yakuniga yetdi. Mazkur shartda o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan turli sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.

🔹Bunda o‘g‘il-qizlarning teatr, san'at va madaniyat borasida iqtidorlari kashf etildi desak adashmaymiz.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
👍4👏1