Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi|🇺🇿 Rasmiy
63.7K subscribers
27.7K photos
2.61K videos
91 files
8.93K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
#islohotlar_amalda

"Besh tashbbus-besh imkon"


⚡️Sariosiyo tumanidagi 34-sonli umumta'lim maktabida yurtboshimiz tomonidan ilgari surilgan Besh tashabbusning besh yo`nalishida va tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo`limi rahbari tashabbusi bilan barcha umumta'lim maktablarida tashkil etilganidek, ushbu maktabda ham o`zgacha uslubda, ya'ni o`qituvchi va o`quvchilardan tarkib topgan Folklor ansambli ishtirokida ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo`lib o`tdi.

🔗Mazkur tadbirda tuman MMTB mutasaddilari mahalla nuroniylari OAV xodimlari tashrif buyurishib, o`qituvchi va o`quvchilar tomonidan ijro etilgan sahna ko`rinishlaru raqslar, harbiy chiqishlar hamda milliy kuy-qo`shiqlar taqdim etildi.

So`ngra o`quvchilarning qo`l mehnati yordamida yasalgan maketlar va maktab muzeyi asori atiqalari, milliy liboslar hamda o`quvchilarning erishgan yutuqlari, kelgan mehmonlar ishtirokida tanishildi.

🔰Tadbir so`ngida mutasaddilar tomonidan barchaga ezgu tilaklar tilandi.

♻️Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/sariosiyommtb
Bugun Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Bekzod Tashpulatov Angor hamda Muzrabot tumanidagi umumta'lim maktablarida bo‘lib, o‘rganish ishlarini olib bordi.

Xususan, maktabning qiyofasi, ta'lim-tarbiya jarayonlari bilan tanishildi. B.Tashpulatov tanaffus davomida o‘quvchilar bilan suhbatlashib, ularning kelgusidagi maqsadlari bilan qiziqdi.

Mas'ullarga mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, o‘quvchilarning davomati va o‘zlashtirishiga jiddiy e'tibor qaratish bo‘yicha ko‘rsatmalar berib o‘tildi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ulug‘bek Qosimov: "Farzandlar ta’lim-tarbiyasiga bugun e’tibor qaratmasak ertaga kech bo‘ladi. Bugungi e’tiborsizligimiz 20 yildan keyin yomonlik bo‘lib oldimizdan chiqishi mumkin!"

Surxondaryo viloyati hokimi Denov tumaniga tashrifi davomida ta’lim sohasi mutasaddilari, maktab direktorlari hamda ota-onalar bilan o‘tkazgan uchrashuvida farzandlar ta’lim-tarbiyasiga investitsiya kiritish, ularning o‘qishi, ilm o‘rganishi uchun sharoitlar yaratish haqida to‘xtaldi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
"9-may — Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan o‘quvchilar ishtirokida qator tadbirlar tashkil etiladi

Kuni kecha Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi ta’lim muassasalarida "9-may — Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan o‘tkaziladigan tadbirlarni tashkil etish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

🔹 Unda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Farhod Boqiyev, vazirlikning hududiy boshqarma boshliqlari o‘rinbosarlari, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari va Maktabgacha ta’lim agentliklarining mas’ul xodimlari ishtirok etdi.

Vidoyekonferensiya shaklida o‘tkazilgan yig‘ilishda:

“Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi, “Shon sharaf”, Qurolli Kuchlar davlat muzeylari, Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyi hamda joylardagi muzey va Xotira maydonlariga barcha xavfsizlik choralarini ko‘rgan holda o‘quvchilarning ekskursiyalarini tashkil etish;

mamlakatimiz xavfsizligi va barqarorligini, aholini tinch va osoyishta hayotini ta’minlashda qahramonlik ko‘rsatib, xizmat burchini bajarish vaqtida halok bo‘lgan xizmatchilar tahsil olgan maktablarda xotira tadbirlarini o‘tkazish;

o‘quvchi-yoshlarni vatanparvarlik, yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash maqsadida oliy harbiy ta’lim muassasalarida “Ochiq eshiklar kuni” tadbirlarini uyushtirish;

umumta’lim maktablarida faxriylar ishtirokida Ikkinchi jahon urushi g‘alabasiga O‘zbekiston xalqining qo‘shgan munosib hissasini aks ettirishga qaratilgan “Nomingiz dillarda mangu yashaydi” mavzusida jasorat tarixi darslarini o‘tkazish bo‘yicha muhim vazifalar belgilab olindi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM