Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿
53.8K subscribers
31.8K photos
3.12K videos
96 files
10.3K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
⚡️Mustahkam ijro intizomi va shaxsiy masʼuliyat — bosh mezon

☑️Bugun Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi binosida boshqarma boshlig'i Xusniddin Mamadiyev tomonidan navbatdagi yig'ilish o'tkazildi. Unda boshqarmaning barcha xodimlari qatnashdilar. Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, Prezident Qaror, Farmon va Farmoyishlarining o‘z vaqtida va sifatli qilib ijrosini taʼminlash, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ijobiy hal etilishi holati hamda boshqalar atroflicha muhokama qilindi.

🔘Shuningdek, xodimlarga tartib-intizom yuzasidan tushuntirishlar berildi. Samarali ijro intizomi – islohotlar natijadorligining muhim omili ekanligi taʼkidlandi.

🔹Kun tartibidagi barcha masalalar ko‘rib chiqilib, tegishli tartibda mas'ullarga yo‘naltirildi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
👍18🎉21🔥1
Surxondaryo viloyatidagi umumta'lim muassasalari kutubxonalarida ochiq eshiklar kuni bo'lib o'tadi.

2-aprel Xalqaro bolalar kitoblari kuni munosabati bilan 2024 yilning 2-6 aprel kunlari barcha yurtdoshlarimizni Surxondaryo viloyat bolalar kutubxonasiga hamda viloyatdagi umumta'lim muassasalari kutubxonalariga taklif etamiz

📚U yerda siz, kitoblar xarid qilishingiz, yangi kitoblar bilan tanishishingiz, izlayotgan kitoblaringizni topishingiz mumkin.

🎉
Kutubxonalarda, kitobxonlar ishtirokida zakovat intellektual turneri mashg'ulotlari, qiziqarli tadbirlar, kitobxonlikka oid ko'rik-tanlovlar sizni kutmoqda. G'olib bo'lish imkoniyatini qo'ldan boy bermang.


#Surxondaryo viloyat  bolalar kutubxonasi Axborot xizmati

📱Telegram🎞You tube📱Facebook📹Instagram 🌐Web site
👍9🔥2
🗣Shoshiling!

🇺🇿 O’zbekiston yoshlar ittifoqining faol a’zolariga oliy ta’lim muassasalariga muddatidan oldin grant asosida o’qishga kirish mumkinligini bilarmidingiz?

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-noyabrdagi 914-sonli qaroriga asosan O'zbekiston yoshlar ittifoqining faol a'zolari oliy ta'lim muassasalariga imtiyozli qabul qilinadi.

Mazkur qarorga muvofiq nomzodlar quyidagi toifalar bo‘yicha tavsiyanomaga ega bo‘lishlari mumkin:

1) O'zbekiston Yoshlar ittifoqi sardorlari;
2) O'zbekiston Yoshlar ittifoqining boshlang‘ich tashkilotlaridagi yo‘nalish yetakchilari;
3) O'zbekiston Yoshlar ittifoqi tizimida ikki yillik mehnat stajiga ega bo‘lgan fidoyi yoshlar.


📍
Ushbu imtiyozga ega bo‘lish istagini bildirgan yoshlar joriy yilning 5-aprelidan 12-apreliga qadar O‘zbekiston yoshlar ittifoqining hududiy Kengashlariga hujjat topshirishlari mumkin.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
👍7👏2🔥1🥰1👌1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Huquqiy_savodxonlik

☑️Pedagog o‘z kasbiy faoliyatini amalga oshirishda quyidagi huquqlarga ega:

zamonaviy pedagogik texnologiyalarni, o‘qitish va tarbiya vositalarini hamda usullarini erkin tanlash va ulardan foydalanish;

belgilangan tartibda mualliflik dasturlarini va o‘qitish uslubiyotini ishlab chiqish va joriy etish, ijodiy faollik ko‘rsatish, shuningdek tegishli o‘quv fanlari, kurslari va modullaridan foydalanish;

kasbiy faoliyatni amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishini talab qilish;

o‘quv, ilmiy va uslubiy yo‘nalishlardagi davlat axborot-resurs hamda axborot-kutubxona markazlarining xizmatlaridan bepul foydalanish...


📖Batafsil👉O‘zbekiston Respublikasining "Pedagog maqomi to‘g‘risida"gi qonuni, 6-modda

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter
👍4🔥1👏1
“KITOB BIZNI BIRLASHTIRADI!”
Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tasarrufidagi Viloyat bolalar kutubxonasi tomonidan 2-aprel “Xalqaro bolalar kitoblari kuni” munosabati bilan “Kitob bizni birlashtiradi” shiori ostida kitobxonlik haftaligi o‘tkazilmoqda

📖
Haftalik doirasida Surxondaryo viloyatida ham tadbirlar shukuhi o‘zgacha aynan Viloyat bolalar kutubxonasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o'tmoqda, tadbir doirasida kitob ko‘rgazmalari, “Farzandimga kitob sovg‘a qilaman” kitob aksiyalari, viktorinalar, shoir va yozuvchilar bilan ijodiy uchrashuvlar, davra suhbatlari bo‘lib o‘tmoqdi.

Ushbu "Kitobxonlik haftaligini" o‘tkazishdan maqsad, o‘quvchi yoshlarda kitobxonlik madaniyatini shakllantirish va bolalar kitobxonligini ommalashtirishda bolalar uchun mo‘ljallangan badiiy, adabiyotlar ko‘rgazmalarini tashkil etish hamda milliy va jahon adabiyoti namoyandalarining yetuk asarlarini bolalarga mutolaa uchun tavsiya etishdan iborat

📱Telegram🎞You tube📱Facebook📹Instagram 🌐Web site
👍11🔥2🥰1
Surxondaryoda "Turon" maktab teatri tanloviga start berildi

☑️ Umumiy o‘rta ta’lim maktablaridagi teatr studiyalari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash orqali hududlarda teatr madaniyati va san’atini rivojlantirish maqsadida 7-10-sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilishi belgilangan “Turon” maktab teatri respublika tanlovining shahar va tuman bosqichlari boshlandi. Bugun, Surxondaryo viloyatida ham mazkur tanlovning tuman(shahar) bosqichlariga start berildi.

🔘1-6-aprel kunlari bo‘lib o‘tadigan ushbu tanlovda hududlardagi umumta'lim maktablarining iqtidorli o‘quvchilaridan tarkib topgan teatr jamoalari ishtirok etib, belgilangan Nizomga asosan, o‘zaro bellashishmoqda.

🔔Eslatib o‘tamiz, tanlovning respublika bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan maktab jamoasi xorijiy mamlakatga ta’lim sayohatini qo‘lga kiritadi.

🏞Fotosuratlarda Jarqo‘rg‘on tumanidagi jarayonlar aks etgan.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter
👍11🔥3🎉1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️"Turon" maktab teatri tanlovining Sherobod tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi

☑️Tanlovda tumandagi maktablarning iqtidorli o‘quvchilaridan tarkib topgan jamoalar ishtirok etib, o‘zaro bellashishdi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
👍4🔥3👏1👌1