Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿
33.4K subscribers
30.9K photos
2.96K videos
96 files
9.97K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
⚡️Siyosiy-ma'rifat soati

🔔Bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari haqida maʼlumot berib boruvchi "Siyosiy-maʼrifat soati" taqdim qilindi.

🔹Shuningdek, mazkur oʼquvni Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining ilm.argos.uz platformasi hamda you tubedagi https://youtu.be/D2MlMaI_F5M?si=WxKdMPvcN1eHwrC3 sahifasida tomosha qilishingiz mumkin.

🔸Boshlangan yangi ish kuningiz muvaffaqiyatli va xayrli oʼtsin!

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter
Shavkat Mirziyoyev: "Bugun ma’naviyat boshqa sohalardan o‘n qadam oldinda yurishi, ma’naviyat yangi kuchga, yangi harakatga aylanishi kerak!"

🔹Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 22-dekabr kuni o‘tkazilgan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini ta'minlash maqsadida Sariosiyo tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo`limi tashabbusi bilan 25-sonli umumta'lim maktabida “Ilm va axloq, kecha uchun saboq, bugun uchun zarurat, erta uchun merosdir” shiori ostida tumandagi 91 ta maktabning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo`yicha direktor o`rinbosarlari uchun zamonaviy metodlardan foydalanishni yo`lga qo`yish maqsadida o`quv-amaliy seminar o`tkazildi.

🔸Seminarda mavzuga doir muhim masalalar muhokama qilindi. Namoyish etilgan badiiy chiqishlar barchaga yaxshi kayfiyat ulashdi.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️BSB va CHSB tahlillari hamda yangi baholash tizimi yuzasidan seminar o'tkazildi

🔹Termiz shahridagi 26-umumta'lim maktabida Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy amaliy markazi direktori D.Davidova, markaz direktori o‘rinbosari I.Saidova, viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'ining birinchi o'rinbosari B.Tashpulatov hamda boshqa mas'ullar ishtirokida seminar o'tkazildi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter
#attestatsiya
#malaka_toifasi

Pedagoglar uchun attestatsiyaga doir ayrim tartiblarni eslatib o‘tmoqchimiz:

Majburiy attestatsiyada ishtirok etish uchun yuborilgan murojaatlar yuborilgan kundan boshlab bir oy muddat ichida;

Navbatdan tashqari attestatsiyada ishtirok etish uchun yuborilgan murojaatlar esa to‘lov qilingan kundan boshlab bir oy muddat ichida o‘rganib chiqiladi.

Navbatdan tashqari attestatsiya uchun to‘lov qilinmasa, murojaatlar elektron bazada ko‘rinmaydi va o‘rganib chiqilmaydi.


👉Murojaatning o‘rganish natijalari bilan pedagoglar o‘zlarining pedkadr.uzedu.uz platformasidagi shaxsiy kabinetlari orqali tanishib chiqishlari mumkin.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter
#Tabriklaymiz

🏅O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-maydagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4307-son qaroriga muvofiq, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni amalga oshirish, yuksak ijtimoiy-ma’naviy muhitni shakllantirish borasida fidokorona mehnat qilgan va samarali natijalarga erishgan Termiz shahar 9-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti direktori Xushshiyeva Nasiba Turdinazarovna “Ma’naviyat fidoyisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

⚡️Ushbu yutuq bilan Nasiba Xushshiyevani Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi jamoasi nomidan samimiy muborakbod etamiz va kelgusida bundanda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter
Bilimingizni sinab ko‘ring: Amir Temur onasining ismi ko‘rsatilgan javobni toping!
Anonymous Quiz
26%
Bibixonim
56%
Takina xotun
18%
Qutlug'nigorxonim