Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi|πŸ‡ΊπŸ‡Ώ Rasmiy
58.9K subscribers
28.1K photos
2.66K videos
91 files
9.09K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
Bugun Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'i Xusniddin Mamadiyev viloyatning Sherobod tumanida bo'ldi. 1-, 21-, 29-, 31-, 37-, 68-umumta'lim maktablari hamda 1- va 30-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarida olib borilgan o'rganish ishlari davomida boshqarma boshlig'i dastlab isitish tizimining holati, ta'lim muassasalarida olib borilgan obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi.

Shuningdek, maktablarda bosqichma-bosqich faoliyati yo'lga qo'yilayotgan "Ma'naviyat sektorlari" ham ko'zdan kechirildi. Ularni yanada boyitish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, qolaversa qishki ta'til davomida o'quvchilarning bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish uchun turli to'garaklar faoliyatini yo'lga qo'yish bo'yicha zarur ko'rsatmalar berib o'tildi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter
Apparat yig'ilishi: 2024-yil davomida amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar belgilandi

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi xodimlari uchun bugun boshqarma boshlig'i Xusniddin Mamadiyev rahbarligida navbatdagi apparat yig'ilishi o'tkazildi. Yig'ilishda dastlab 2024-yil viloyat ta'limida ulkan muvaffaqiyatlarga boy bo'lishi uchun amalga oshirilishi lozim bo'lgan ustuvor vazifalar xususida so'z yuritildi.

Ijro intizomi, murojaatlar bilan ishlash holati, topshiriqlarning o'z vaqtida sifatli qilib bajarilishi masalasiga alohida e'tibor qaratildi. Shuningdek, qishki ta'tilda o'quvchilarning bo'sh vaqtlarini maroqli o'tkazish uchun turli to'garaklar va ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar tashkil etish bo'yicha mas'ullarga ko'rsatmalar berildi. Qolaversa, "Surxondaryo tajribasi" sifatida ta'lim muassasalarida faoliyati yo'lga qo'yilayotgan "Ma'naviyat sektorlari" faoliyatini nazorat qilish bo'yicha aniq chora-tadbirlar belgilandi.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter
SURXONDARYO MAKTABLARIDA QISHKI TA'TIL MAZMUNLI TASHKIL ETILMOQDA

Fotosuratlarda Uzun, Sariosiyo, Bandixon va Boysun tumanidagi maktablarning o'quvchilari aks etgan.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter