Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi|🇺🇿 Rasmiy
62.5K subscribers
27.6K photos
2.59K videos
91 files
8.9K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
"PREZIDENT SOVG'ALARI" O'Z EGALARIGA TOPSHIRILDI

Bugun viloyatimizdagi San'at saroyida "Prezident archasi" bayram tadbiri uyushtirildi. Unda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug'bek Qosimov, viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'i Xusniddin Mamadiyev, oilaviy mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlari, ota-onalar, o'qituvchilar va boshqa mas'ullar ishtirok etishdi.

Joriy yil viloyatimizdagi 3-18 yoshdagi 624 nafar oilaviy bolalar uylaridagi bolalar, chin yetimlar, xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar hamda huquq-tartibot idoralari xodimlarining farzandlari uchun "Prezident sovg'alari" ajratilgan bo'lib, tadbirda Termiz shahrida istiqomat qiluvchi 67 nafar bolalarga "Prezident sovg'alari" topshirildi.

Shuningdek, tadbir davomida bayramona chiqishlar, teatrlashtirilgan tomoshalar namoyish etildi. Bolalar yangi yil zavqini tuyib, madaniy hordiq chiqarishdi.


Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter
Termiz shahridagi “San’at saroyi” majmuasida “Prezident archasi” bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov bolajonlarni yurtboshimiz nomidan Yangi yil bayrami bilan tabriklab, ularga “Prezident sovg‘asi”ni tantanali topshirdi.

Viloyatimiz hududlari bo‘ylab davom etayotgan bayram tadbirlarida 624 nafar 3 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan Oilaviy bolalar uyi tarbiyalanuvchilari, Vatan sarhadlarini himoya qilishda jonini fido qilgan yurtdoshlarimiz hamda boquvchisini yo‘qotgan oilalarning farzandlariga “Prezident sovg‘asi”ni topshirish bayram tadbirlari davom etmoqda.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1763

#Surxondaryo #Prezidentarchasi #Prezidentsovgasi #Yangiyil

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter