Forwarded from Surxondaryo viloyati hokimligi
Bugun Termiz shahridagi Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida “Ustoz ta’lim bunyodkori” mavzusidagi o‘qituvchilar qurultoyi o‘tkazildi. Unda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari Usmon Sharifxo‘jayev, ta’lim tizimi mutasaddilari hamda vohaning eng faol o‘qituvchilari ishtirok etishdi.
#Qosimov #qurultoy #ustoz #talim
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter

👍5👏2
MAKTAB RIVOJIGA HISSA QO'SHGAN TADBIRKOR ONAXONGA "TA'LIM HOMIYSI" KO'KRAK NISHONI TOPSHIRILDI
Sariosiyo tumanining "Sebzor" mahallasida yashovchi tadbirkor Mamlakat aya Fattoyevaning homiyligi asosida tumandagi
82-maktabga 400 millionga yaqin mablag‘ evaziga 2022-yilda zamonaviy kutubxona va 2023-yilda o'quvchilarni kasb-hunarga o'rgatish markazi qurib berildi. Joriy yil 16-noyabr kuni Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova mazkur maktabga qilgan tashrifi chog'ida Mamlakat aya Fattoyevaning maktab rivoji uchun qo'shgan hissasini e'tirof etib, onaxonga o'z minnatdorchiligini bildirgan edilar.
Sohada ko'rsatgan xizmatlari uchun Mamlakat aya Fattoyeva "Ta'lim homiysi" ko'krak nishoniga munosib ko'rildi. Bugun Termiz shahrida tashkil etilgan O'qituvchilar qurultoyida ushbu ko'krak nishoni onaxonga tantanali ravishda topshirildi.
Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter

👍13👏1
Forwarded from Kun.uz | Расмий канал
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
«Ҳар бирингиз — давлатимиз бойлигисиз» — Саида Мирзиёева
Танлов ва фан олимпиадалари ғолиблари учун президент администрациясига экскурсия уюштирилди.
👉 https://kun.uz/53137783
Kun.uz расмий канали

❤1👍1
Forwarded from Daryo | Rasmiy kanal
Surxondaryoda maktab uchun kutubxona va kasb-hunar markazi qurib bergan tadbirkor “Ta’lim homiysi” deya e’tirof etildi
Sariosiyo tumanining “Sebzor” mahallasida yashovchi tadbirkor Mamlakat aya Fattoyeva 2022-yil hududdagi 82-maktabga 400 mln so‘mga zamonaviy kutubxona qurib bergan.
Batafsil — https://dy.uz/BsU4n
📱Yangilangan mobil ilova 👉 iOS | Android

👍9👏2🔥1
RASMIY MUNOSABAT
Ijtimoiy tarmoqlarda Termiz shahridagi 4-maktabda o'qituvchilardan majburiy ravishda pul yig'ilayotganligi bo'yicha tarqalgan xabar yuzasidan quyidagilarni ma'lum qilamiz:
Ushbu holat viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi mas'ullari tomonidan o'rganildi. O'qituvchilarning ma'lum qilishicha, maktabda majburiy ravishda pul yig'ish holatlari kuzatilmagan. Maktabga qo'shimcha ko'rgazmali materiallar xarid qilish maqsadida direktor va o'rinbosarlar o'zaro kelishgan holda, o'z xohishlariga binoan pul yig'ganliklari aniqlandi.
Holat bo'yicha maktab direktori va o'rinbosarlaridan tegishli tartibda tushuntirish xatlari olinib, intizomiy choralar ko'rildi hamda kelgusida maktabda bu kabi voqealar takrorlanmasligi tushuntirildi.
✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

🥰2👍1
Apparat yig'ilishi: yil davomida erishilgan natijalar tahlil qilindi
Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'i Xusniddin Mamadiyev rahbarligida boshqarma xodimlari uchun navbatdagi apparat yig'ilishi o'tkazildi. Dastlab tizimda ijro intizomi, murojaatlar bilan ishlash holati tahlil qilinib, yil yakuniga qadar bu boradagi kamchiliklarni to'liq bartaraf etish vazifasi belgilandi.
Shuningdek, boshqarma boshlig'i joriy yilda Surxondaryo ta'limida yaxshi natijalarga erishilganini e'tirof etib, kelgusi yilda bundanda yaxshi ko'rsatkichlarni qayd etish uchun har bir xodim o'z ishiga ikki hissa mas'uliyat bilan yondashishi lozimligini ta'kidladi.
Yig'ilish davomida Yangi yil bayramini ta'lim muassasalarida belgilangan tartibda nishonlash, qishki ta'tilni maroqli o'tkazish va kun tartibidagi boshqa qator masalalar tegishli tartibda muhokama qilinib, mas'ullarga topshiriqlar yuklatildi va ijrosi nazoratga olindi.

👍1