Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi|🇺🇿 Rasmiy
62.6K subscribers
27.9K photos
2.62K videos
91 files
8.99K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
Surxondaryoda Xalqaro nogironlar kuni keng nishonlandi

Bugun 3-dekabr - Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan Termiz shahridagi “Afruz” tantanalar saroyida tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda ishtirok etgan viloyat hokimining o‘rinbosarlari, davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari nogironligi bo‘lgan shaxslar doimo davlat va jamiyat g‘amxo‘rligida ekanligini ta’kidlashdi va ularga viloyat hokimligining esdalik sovg‘alari, protez-ortopediya mahsulotlari, nogironlik aravachalari, eshitish moslamalari, hassa va qo‘ltiq tayoqlar topshirildi.

To‘kin dasturxon atrofida tashkil etilgan bayram tadbirida san’atkorlar tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar ishtirokchilar qalbiga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

Surxondaryo viloyati hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
t.iss.one/axborot_xizmati
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
"Xalqaro nogironlar kuni" munosib nishonlandi

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi hamda Mudofaa ishlari boshqarmasi bilan hamkorlikda bugun "3-dekabr - Xalqaro nogironlar kuni" munosabati bilan Sho‘rchi tumanidagi alohida ta'lim ehtiyojlari bo‘lgan "Ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi" bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 125-sonli "Nurli maskan" maktab-internatida bayram tadbiri tashkil etildi.

Unda Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i X.Mamadiyev ishtirok etdi. Tadbirda bolajonlarga turli sovg‘alar ulashilib, ularning ko‘ngillari ko'tarildi. Shundan so‘ng bayram kamtarona dasturxon atrofida davom etdi.

Ma'lumot uchun, bugungi kunda mazkur maktabda 261 nafar o‘quvchilarga 81 nafar o‘qituvchilar ta'lim-tarbiya berib kelishmoqda.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
RASMIY MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlarda Sho'rchi tumanidagi 125-sonli maktab-internatining direktori mehnat qonunchiligiga zid ravishda ish tutayotganligi bo'yicha tarqalgan xabar yuzasidan quyidagilarni ma'lum qilamiz:

Sho'rchi tumanidagi 125-sonli maxsus maktab-internati ma'muriyatining bergan ma'lumotlariga ko'ra, fuqaro J.O. 2022-yil aprel oyidan dekabr oyiga qadar ishga sababsiz kelmaganligi sababli 2022-yil 27-dekabr kuni O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 100-moddasi 4-bandiga asosan, u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan. Fuqaro 2023-yil 18-avgust kuni Denov tumanlararo sudiga ishga tiklanish bo'yicha da'vo arizasi kiritgan va ushbu ariza sud tomonidan rad qilingan. Fuqaro ushbu masalada viloyat sudiga murojaat qilganida ham sud ushbu murojaatni rad etgan.

📖Batafsil👉bu yerda

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Avloniy_diagnostika

“Uzluksiz kasbiy ta’lim” elektron platformasida diagnostika testida ishtirok etish bo'yicha video YO'RIQNOMA

➡️Joriy yilning 4-15-dekabr kunlari oʻtkaziladigan diagnostika jarayonlari “Uzluksiz kasbiy ta’lim” elektron platformasi orqali onlayn  ravishda tashkil etiladi.

⬆️Yuqoridagi video-diagnostika testida ishtirok etish bo'yicha video yo'riqnoma.

🗣Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring

😀 Telegram | 🔵Facebook | 🎬YouTube |  📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM