Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi|🇺🇿 Rasmiy
55.2K subscribers
28.2K photos
2.68K videos
91 files
9.12K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
ASOSIY FAN OLIMPIADASINING SURXONDARYO VILOYAT BOSQICHI BOSHLANDI

Joriy yilning 28-30-noyabr kunlari ona tili va adabiyot, o‘zbek tili, rus tili va adabiyoti, qozoq tili, tojik tili hamda qoraqalpoq tili va adabiyoti, tarix, geografiya fanlaridan respublikamizning barcha hududlarida asosiy fan olimpiadasining III (viloyat) bosqichi o‘tkazilmoqda.

Bugun Termiz shahridagi 16-maktabda olimpiadaning Surxondaryo viloyat bosqichiga start berildi. Unda viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'ining birinchi o'rinbosari B.Tashpulatov ishtirok etib, olimpiadani ochib berdi va o'quvchilarga omad tiladi.

Bugun olimpiadaning birinchi kunida jami 455 nafar 9-sinf o'quvchilari ishtirok etib, belgilangan vazifalarni bajarishmoqda. 3 kun davom etadigan mazkur olimpiadaga vohalik jami 1 ming 377 nafar o'quvchilar ishtirok etishi ko'zda tutilgan.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
Malaka toifa berishning yangi tartibi tajriba-sinovdan o‘tkaziladi

Tajriba-sinov jarayonlari 2022-yilgi attestatsiyada nisbatan past ko‘rsatkichlarni qayd etgan tuman va shaharlarda o‘tkazilishi belgilagan.

Umumtaʼlim muassasalarida faoliyat ko‘rsatayotgan pedagoglar uchun toifa berishning yangi tartibi asosida o‘tkaziladigan tajriba-sinov jarayonlari 5-7-dekabr kunlari quyidagi tuman va shaharlarda o‘tkaziladi:

1. Xorazm viloyati - Hazorasp tumani;
2. Buxoro viloyati - Olot tumani;
3. Navoiy viloyati - Konimex tumani;
4. Farg‘ona viloyati - Oltiariq tumani;
5. Namangan viloyati - Yangi Namangan tumani;
6. Toshkent shahri - Yangihayot tumani;
7. Samarqand viloyati - Urgut tumani;
8. Qoraqalpog‘iston Respublikasi -Qorauzak tumani;
9. Andijon viloyati - Andijon shahri va Paxtaobod tumani;
10. Surxondaryo viloyati - Boysun va Sherobod tumanlari;
11. Sirdaryo viloyati - Sayxunobod va Sirdaryo tumanlari;
12. Jizzax viloyati - Baxmal va G‘allaorol tumanlari;
13. Toshkent viloyati - Bo‘ka va Ohangaron tumanlari;
14. Qashqadaryo viloyati - Qamashi va Chiroqchi tumanlari;

Qayd etish joizki, malaka, sinov aprobatsiyasi natijalaridan test topshiriqlari va tajriba jarayonlari tahlili uchun foydalaniladi.

⚠️Pedagoglarni tajriba-sinovda qatnashganlik natijalari ularga malaka toifalarini belgilashda yoki lavozimiga loyiqlik masalalarini ko‘rib chiqishga taʼsir qilmaydi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda uning tizimidagi tashkilotlar faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni pedagog kadrlarga malaka toifasini berishning yangi tartibi joriy qilinishi 2024-yildan boshlab o‘tkazilishi belgilangan. Malaka toifasi berishning yangi tartibi joriy qilinguniga qadar malaka toifasini olish bo‘yicha sinovlarni o‘tkazishga moratoriy joriy etilgan bo‘lib, moratoriy davomida pedagog kadrlar navbatdagi malaka toifasini olish sinovlariga jalb etilmasligi hamda ularning malaka toifasini tasdiqlovchi sertifikatning amal qilish muddati navbatdagi sinovlarga jalb qilinguniga qadar avtomatik ravishda uzaytirilishi belgilab qo‘yilgan.


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
ASOSIY FAN OLIMPIADASINING SURXONDARYO VILOYAT BOSQICHI BOSHLANDI

Bugun olimpiadaning birinchi kunida jami 455 nafar 9-sinf o'quvchilari ishtirok etib, belgilangan vazifalarni bajarishmoqda. 3 kun davom etadigan mazkur olimpiadaga vohalik jami 1 ming 377 nafar o'quvchilar ishtirok etishi ko'zda tutilgan.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
Respublikamizning barcha hududida asosiy olimpiadaning III bosqichiga start berildi

Joriy yilning 28-noyabr kuni Respublikamizning barcha hududida ona tili va adabiyoti, o‘zbek tili, rus tili va adabiyoti, tarix, geografiya, tojik tili, qozoq tili, qoraqalpoq tili va adabiyoti, ingliz tili, fransuz tili, nemis tili fanlaridan (II guruh fanlari) asosiy olimpiadaning III (viloyat) bosqichiga start berildi.

29-30-noyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan olimpiadada 10-11-sinf o‘quvchilari ishtirok etadi. Mazkur bosqichda 1-2-3-o‘rinni qo‘lga kiritgan 11-sinf o‘quvchilari olimpiadaning Respublika bosqichida ishtirok etish imkonini qo‘lga kiritadi.

Amaldagi tartib bo‘yicha asosiy olimpiadaning III bosqichida g‘olib bo‘lgan o‘quvchilar

1-o‘rin uchun 1 980 000 so‘m;

2-o‘rin uchun 1 320 000 so‘m;

3-o‘rin uchun 990 000 so‘m;

pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Joriy yilda asosiy olimpiadaning III(viloyat) bosqichi g‘oliblarini rag‘batlantirish uchun Respublika byudjetidan qariyb 5,12 mlrd. so‘m mablag‘ ajratilgan.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda
#Oʻzbekiston_24_telekanali

Ta'lim tizimidagi islohotlar samarasi Surxondaryo viloyati misolida.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda
#Zamon_sevimli

Termiz shahridagi ta'mirtalab 16-umumta'lim maktabi zamonaviy ko‘rinishga keltirildi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
NAMUNALI MAKTAB

Sariosiyo tumanining "Sebzor" mahallasida joylashgan
82-umumta'lim maktabi 242 o'ringa mo'ljallangan. Ta'lim tojik tilida olib boriladigan mazkur maktabda hozirda 386 nafar o'quvchilar bilim olib kelishmoqda.

Maktabda faollar zali, sport zal, kutubxona, 50 oʻrinli oshxona, 14 ta oʻquv xonasi, 1 ta kompyuter xonasi, mini futbol va “Work out” maydonchasi mavjud. Kasb oʻrgatish maqsadida IT dasturlash (robototexnika), tikuvchilik, santexnik, elektrik, maishiy texnika ustasi kabi xonalar tashkil etilgan, 20 ta fan, 11 ta ijodkorlik to'garaklari mavjud.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
#Vakant
#Prezident_maktabi

📣Termiz shahridagi Prezident maktab biologiya va kimyo fani mutaxassisligi bo‘yicha vakant e’lon qiladi.

➡️Imkoniyatlar:
🟢 “Cambridge University Press” nashriyoti (Buyuk Britaniya) tomonidan ishlab chiqilgan o'quv materiallari;
🟢 Kembrij xalqaro o'qitish tizimi;
🟢 Xalqaro tajribaga ega xorijlik o'qituvchilar (co-teaching);
🟢 Xorijlik mutaxassislar tomonidan haftalik malaka oshirish treninglari;
🟢 Ahil va professional jamoa;
🟢Malakaviy va shaxsiy rivojlanish;
🟢 Iqtidorli o’quvchilar;
🟢 Xalqaro konferensiya va treninglarda ishtirok etish va boshqa ko’plab imkoniyatlar.

➡️Talablar:
🟠IELTS, TOEFL yoki unga teng bo’lgan boshqa sertifikatlar (mavjud bo‘lsa ustunlik beradi);
🟠Pedagogik yo’nalishdagi diplom;
🟠Pedagogika sohasidagi ish tajribasi;
🟠Ijodkorlik (Creativity);

Murojaat uchun:
@Aziza1114

Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Uzmir.uz || Rasmiy kanal
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Aziz yurtdoshlar!

Uzmir.uz web-sayti orqali zamon bilan hamnafas bo'ling!

Xalqning muammolariga quloq tutish, tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash bizning bosh maqsadimiz.

OAVni davlat va xalq o'rtasidagi ko'prik deydigan bo'lsak, ushbu sayt endilikda ana shu ko'prikni halol bo'lishiga, qolaversa, yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. Xalq o'z hayotidan rozi bo'lsagina, mamlakat yuqori natijalarga erisha oladi.

Biz esa ana shu maqsad yo'lida olg'a qadam tashlaymiz!

Mazkur sayt orqali yurtimiz va dunyo hayotiga oid eng so'nggi xabarlar, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va boshqa sohalardagi yangiliklardan tezkorlik bilan xabardor bo'lish imkoniyatiga egasiz.

Uzmir.uz rasmiy sahifalari👇

Telegram I Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda
#Ishonch_TRK

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi tomonidan navbatdagi matbuot anjumani va press-tur o'tkazildi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
“Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida ijodiy ishlar tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazildi

Bugun umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida insholar va rasmlar tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazildi.

Natijalarga ko'ra insholar bo'yicha:


1-o'rin - Boysun tumani 1-maktabning 11-sinf o‘quvchisi Sofiyeva Mahliyo;
2-o'rin - Oltinsoy tumani 6-maktabning 11-sinf o‘quvchisi Qo‘chqorova Zilola;
3-o'rin - Qiziriq tumani 36-maktabning 11-sinf o‘quvchisi Yarashova Dilchexra;


Rasmlar tanlovi bo'yicha:


1-o‘rin - Qumqo‘rg‘on tumani 24-maktabning 11-sinf o‘quvchisi Nuriddinova Munisa;
2-o'rin - Angor tumani 1-maktabning 11-sinf o‘quvchisi Suyunova Jasmina;
3-o'rin - Bandixon tumani 29-maktabning 10-sinf o‘quvchisi Xaitamova Maftunaga nasib etdi.


G'oliblar Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube