Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿
33.4K subscribers
30.9K photos
2.96K videos
96 files
9.97K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
RASMIY MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlarda Sherobod tumanidagi 16-maktabda majburiy ravishda obuna uchun pul yig‘ilayotganligi bo'yicha tarqalgan xabar yuzasidan quyidagilarni ma'lum qilamiz:

Yuqoridagi holat bo'yicha tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi boshlig'i A.Pirmatov manzilda bo'lib, maktab jamoasi bilan uchrashuv o'tkazdi. Uchrashuvda o'qituvchilar maktabda obuna uchun pul yig'ish holatlari kuzatilmaganligini ma'lum qilishdi.

Xabarda keltirilgan fotosuratda aks etgan 16-maktab o`qituvchilari tomonidan imzolangan qaydnoma maktab jamoasi tomonidan o`z ixtiyorlariga ko`ra ish haqlarini naqd pul shaklida olish uchun maktab direktoriga tayyorlanganligi aniqlandi.

ESLATMA! O'z tasdig'ini topmagan, asossiz va yolg'on xabarlarni tarqatish O'zR MJTK 202-moddasi 2-bandi va jinoyat kodeksining 244-moddasi 6-bandiga asosan tegishli tartibda javobgarlikka sabab bo'ladi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
#Sherobod_tumani

“Konstitutsiya - erkinligimiz kafolati” mavzusida ijodiy ishlar tanlovi oʻtkazildi


Sherobod tuman hokimligi, tuman maktabgacha va maktab ta'limi boʻlimi tomonidan 56-umumta'lim maktabida “8-dekabr - Oʻzbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilingan kun” munosabati bilan umumiy oʻrta ta'lim maktablari oʻquvchilari oʻrtasida “Konstitusiya - erkinligimiz kafolati” mavzusida ijodiy ishlar tanlovi oʻtkazildi.

Unda o'quvchi yoshlar faol ishtirok etib, bosh qomusimizni o'zlari yaratgan ijodiy ishlarida gavdalantirishdi. Ijodiy ishlar tanlovining yakunida tashkilotchilar tomonidan tanlovda faxrli oʻrinlarni egallagan oʻquvchilarga faxriy yorliq va esdalik sovgʻalari topshirildi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
OCHIQ DARSDA O'QUVCHILARNING IQTIDORI NAMOYON BO'LDI

Bugun Termiz shahridagi 26-maktabning 2-"H" sinfida sinf rahbari S.Olimjonova boshchiligida navbatdagi ochiq dars o'tkazildi. Rus tilida ta'lim oladigan o'quvchilar uchun ushbu ochiq dars "Oltin kuz" deb nomlandi. O'qituvchi darsni zamonaviy metodlardan foydalangan holda olib bordi.

Berilgan topshiriqlarni tez va zukkolik bilan bajarayotgan o'quvchilarning porloq ko'zlaridan rus tiliga, bilim olishga bo'lgan ishtiyoqlarini anglash mumkin. Mazkur dars davomida o'quvchilar olayotgan bilimlarini sahna ko'rinishlari, she'r va qo'shiqlar orqali ifodalab berishdi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
"ALABUGA" ERKIN IQTISODIY ZONASI VAKILI BILAN UCHRASHUVLAR DAVOM ETMOQDA

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Denov tuman 1- va 2-, Sho'rchi tuman 1-son ixtisoslashtirilgan maktablari hamda Denov tumanidagi 74-umumta'lim maktabining 9-11-sinf o'quvchilari bilan Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi mas'ullari hamda "Alabuga" erkin iqtisodiy zonasi vakili ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda mas'ullar tomonidan "Alabuga" erkin iqtisodiy zonasi xususida to'liq ma'lumot berildi. Shuningdek, o‘quvchilar o'zlarini qiziqtirgan savollariga mas'ullardan javob olishdi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube