Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi|🇺🇿 Rasmiy
53.1K subscribers
27.5K photos
2.59K videos
91 files
8.88K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
#Angor_tumani

Yozgi ta'til maroqli o‘tmoqda

Angor tumanidagi 7 ta umumta'lim maktabida kunduzgi sog‘lomlashtirish oromgohlari faoliyat yuritmoqda.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
#Angor_tumani

“Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik” shiori ostida tadbirlar bo‘lib o‘tdi

Bugun Angor tumanida “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida tadbirlar bo‘lib o‘tdi. Dastlab, 30-iyun – “Yoshlar kuni” munosabati bilan tumanning Madaniyat mahallasida joylashgan "Ishga marhamat" monomarkazida “Ma’rifat soati” loyihasi tashkil etildi. Tadbirda "Ma'rifat" targ‘ibotchilari jamiyati a'zolari falsafa fanlari doktori, professor Jamila Shermuhammedova, O‘zbekiston filarmoniyasi xonandasi Xurshid Sobirov ishtirok etdi.

Tadbir ishtirokchilari “Ishga marhamat” monomarkazi faoliyati bilan tanishdilar. Shuningdek, kasb-hunar o‘rganayotgan yoshlar bilan suhbatlashib, ularning kelgusi faoliyatlari bilan qiziqdilar. San’atkorlar tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar ishtirokchilarga bayramona kayfiyat ulashdi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati MMTB matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
#Angor_tumani

Angorda 34 nafar 11-sinf bitiruvchilariga oltin medallar topshirildi

Tadbir avvalida, yurtimizda yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar va undan foydalanib, muvaffaqiyatga erishayotgan yoshlar haqida soʻz yuritildi. Shuningdek, yoshlarning takliflari va murojaatlari hokim tomonidan qabul qilindi.

2022-2023-oʻquv yili yakunida tumandagi 47 ta umumtaʼlim maktabida tahsil olgan 1434 nafar oʻquvchi 11-sinfni tamomladi.

Uchrashuv davomida umumtaʼlim maktablarini aʼlo baholar va namunali xulq bilan tamomlab, yuqori natijalarga erishgan oʻquvchilarga 34 ta oltin, 10 ta kumush medal topshirildi.

Maʼlumot oʻrnida  aytish kerakki, 13 nafar bitiruvchi angorlik yoshlar respublika fan olimpiadalarida muvaffaqiyatli ishtirok etganligi uchun universitetga kirish imtihonlarisiz qabul qilinadi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
#Angor_tumani

Tuman hokimi ijtimoiy soha obyektlarini
o'rgandi

Angor tumani hokimi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktabda bo‘lib, olib borilayotgan ta’mirlash ishlarini nazorat qildi.

Muassasadagi ta’mirlash jarayonlari bilan tanishib, quruvchilar va mas’ullar bilan suhbatlashdi.

Tuman hokimi yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni mas’ullarga ko‘rsatib, topshiriqlarning ijrosi bo‘yicha muhlat belgiladi. Hokim suhbat jarayonida muammolarni tez kunda bartaraf etish, ta’mirlash ishlarini yangi 2023-2024-o‘quv yili boshlanishiga qadar to‘liq yakunlash va jihozlash bo‘yicha mutasaddilarga tegishli topshiriqlar va ko‘rsatmalarni berib o‘tdi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
#Angor_tumani

Xayr bog'cha - salom maktab!

Angor tumanidagi 4-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotida "Xayr bog'cha - salom maktab" tadbiri o'tkazildi. Bu yil mazkur bog'chaning 25 nafar tarbiyalanuvchilari maktabga qadam qo'yishadi.

Tadbir davomida ushbu tarbiyalanuvchilar o'tgan fursat davomida olgan bilimlarini namoyish etishdi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
#Angor_tumani

Kuni kecha viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov videoselektor tarzida o‘tkazilgan yig‘ilishida ta’lim muassasalarining yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi bo‘yicha berilgan vazifa va topshiriqlarning ijrosini ta’minlash maqsadida tumandagi 3-sonli umumta’lim maktabida yangi o‘quv yili hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda tuman Maktabgacha va maktab ta‘limi bo‘limi rahbariyati, faxriy o‘qituvchilar hamda nuroniylar, maktab o‘qituvchilari ishtirok etishdi.

Yig‘ilish davomida maktabning tevarak-atroflari ozodaligiga alohida e’tibor qaratilib, kelgusidagi reja va maqsadlar belgilandi, yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha tavsiyalar berib o‘tildi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
#Angor_tumani

Fotoreportaj:
Maktablarning yangi o'quv yiliga tayyorgarligi tuman hokimi hamda sektor rahbarlari nazoratida.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
#Angor_tumani
#Oltin_kuz

Bugun Аngor tuman 27-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti tayyorlov guruh bolajonlari ishtirokida "Kuz saxovati" tadbiri tashkil etildi.

Unda tadbir ishtirokchilari tomonidan tayyorlangan badiiy qism namoyish etildi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
#Angor_Sherobod_Uzun

Fotoreportaj:
Hududlarda "Xalqaro Qizlar kuni" munosib nishonlanmoqda.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
#Diqqat_yoʻlovchi
#Angor_tumani

"Diqqat, bolalar!" targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.

🏫 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining 2023-yil 27-oktabrdagi "O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-iyuldagi PQ-316-sonli qarori ijrosi yuzasidan "Diqqat, yo‘lovchi!, Diqqat, bolalar!" nomli profilaktik tadbirlarni o‘tkazish to‘g‘risida"gi rejasiga asosan Angor tumanidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablari va davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.

🚦Targ‘ibot tadbirlarida o‘quvchi-yoshlarga yo‘l belgilar va boshqa yo‘l jihozlari haqida, aynan piyodalarga oid qoidalar hamda yo‘l harakati qoidalari bo‘yicha zaruriy tushunchalar berildi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
#Kuzgi_taʻtil
#Angor_tumani

Kuzgi ta'tilni maroqli va mazmunli o'tkazish maqsadida bugun Angor tumanidagi alohida ta’lim ehtiyojlari boʻlgan koʻzi ojiz bolalar uchun ixtisoslashtirilgan “Nurli maskan” maktab-internati oʻquvchilari uchun sportning #GOLBOL turi boʻyicha musobaqa tashkil etildi.

Unda o‘quvchilar faol ishtirok etib, sportdagi mahoratlarini namoyish etishdi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
#Angor_tumani

Navbatdagi "Otalar yig‘ilishi" o‘tkazildi

Bugun Angor tumanidagi 1-maktabda viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari M.Normurodov ishtirokida navbatdagi "Otalar yig‘ilishi" o‘tkazildi.

Unda farzand tarbiyasida otaning rolini oshirish, yoshlarni kasb-hunar va chet tillarini puxta o‘zlashtirishga jalb etish borasida fikr yuritildi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube