Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi|🇺🇿 Rasmiy
55.4K subscribers
28.2K photos
2.67K videos
91 files
9.11K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
Forwarded from Saida Mirziyoyeva
Илмли, ўзига ишонган, муносиб авлодни тарбиялашни мақсад қилган эканмиз, бизга иккита нарса: она тилимизга муҳаббат ва хорижий тилларни пухта ўрганиш керак.

Чет тилини билиш – дунё сарҳадлари, глобал ахборот эшикларини очиш, янги билимларни эгаллаш калитидир.

Бугун хорижий мамлакатлардан таклиф этилган педагоглар билан учрашиб, ҳамкорлик бўйича йўл харитасини ишлаб чиқдик. Бу инглиз, немис, француз ва бошқа тилларни ўргатувчи беш юздан зиёд малакали ўқитувчилар демакдир.

Болаларимиз энг яхши устозлардан сабоқ олиш, ўқитувчиларимиз зарур маҳорат дарсларида ўз билимини ошириш имконига эга бўладилар, мамлакатимизда эса ҳеч қандай чегара билмайдиган билимли авлод етишиб чиқади.

Ёшлар таълимига сармоя – янада яхшироқ келажак учун сармоядир!
Forwarded from UNICEF Uzbekistan
🇪🇺 Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan “Surxondaryo viloyatida inklyuziv taʼlim, ijtimoiy xizmatlar va huquqiy yordamdan keng foydalanishni taʼminlash” loyihasi doirasida Surxondaryo viloyatining minglab aholisi kengaytirilgan ijtimoiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatiga ega boʻldi.

Mahalliy ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar va bolalarga, jumladan Afg‘onistondan kelgan bolalar va kattalarga inklyuziv ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatuvchi mutaxassislar o‘z tajribalari bilan radioda o‘rtoqlashdi.

🎙 https://youtu.be/3WJst1tdINM


****


🇪🇺 Тысячи жителей Сурхандарьинской области получили расширеный доступ к социальным услугам в рамках проекта "Обеспечение расширенного доступа к инклюзивному образованию, социальным услугам и правовой помощи в Сурхандарьинской области", финансируемым ЕС.

Специалисты, предоставляющие
инклюзивные социальные услуги местным уязвимым семьям и детям, включая детей и взрослых, прибывших из Афганистана прассказали о своем опыте во вреия радиопрограммы на канале.

🎙 https://youtu.be/3WJst1tdINM

@eu4uz
Forwarded from Movluda Asqarxo‘jayeva
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#trening

❇️ Maktabgacha ta'lim agentligi hamda UNICEF xalqaro tashkiloti hamkorligida Termiz shahrida maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglari uchun seminar-treninglar bo'lib o'tmoqda.

🔖 Seminar-trening mavzusi:
"O‘zbekistondagi muqobil ko‘p tilli guruhlarda pedagogik yondashuvlar"

📌 Yevropa Ittifoqining moliyaviy ko'magi asosida o'tkazilishi rejalashtirilgan mazkur o'quv seminarlari 4 kun davom etadi.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
ZAMONAVIY MAKTABDA SIFATLI TA'LIM

Qiziriq tumanining "Navro'z" mahallasida joylashgan
47-umumta'lim maktabining yangi oʼquv binosi zamonaviy tipda qurilib, barcha zarur jihozlar bilan taʼminlangan holda bugun foydalanishga topshirildi.

Mazkur maktab oʼquv binosining ochilish marosimida nuroniy otaxonlar va onaxonlar ishtirok etib, oʼqituvchi va murabbiylarni yangi bino bilan tabriklashdi va yosh avlod taʼlim-tarbiyasidagi mashaqqatli faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tilashdi.

Ma'lumot uchun, 47-maktabning yangi o'quv binosi 180 o'ringa mo'ljallangan bo'lib, davlat budjetidan ajratilgan 2 mlrd 438 mln so'm mablag' evaziga qurildi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
BILIM ORTIDAN ENG YAXSHI NATIJALARGA ERISHISH MUMKIN

Prezident sovrini uchun o'tkazilgan "Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab" tanloviga o'tgan o'quv yilida Termiz shahridagi 9-umumta'lim maktabining 5 nafar yuqori sinf o'quvchilaridan tarkib topgan jamoa ishtirok etgan. Ushbu o'quvchilarning har biri ingliz tili bo'yicha yuqori natijalarga eishgan, yuksak marralarni ko'zlagan yoshlardan.

Ilm ortidan eng yaxshi natijalarga erishish mumkin albatta. 9-maktabning o'quvchilar jamoasi ham o'zlarining bilimlari asosida tanlovning shahar va viloyat bosqichlarida g'oliblikni qo'lga kiritib, jami 350 million so'm pul mukofotiga ega bo'lishdi va bu mablag'larning 25 foizi o'quvchilarga, 25 foizi o'qituvchilarga, qolgan 50 foizi maktab fondi uchun yo'naltirildi. Respublika bosqichida faol ishtiroki uchun esa jamoa Buyuk Britaniyaga sayohat qilish imkoniyatiga ega bo'ldi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
Termiz shahridagi 30-davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining yangi binosi foydalanishga topshirildi

Bugun Surxondaryo viloyati Termiz shahrida joylashgan 30-davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining yangi binosining ochilish marosimi o‘tkazildi. Unda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova ishtirok etdi.

❗️Tadbirda bolajonlar ijrosidagi badiiy chiqishlar namoyish etildi. Ramziy ochilish marosimidan so‘ng vazir tashkilotda kichkintoylar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

Ma’lumot uchun: mazkur maktabgacha ta’lim tashkiloti 150 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, joriy yilda Investitsiya dasturi asosida (3 mlrd 879 million so‘m mablag‘ sarflangan) kapital ta’mirlandi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram