Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi|🇺🇿 Rasmiy
62K subscribers
27.9K photos
2.62K videos
91 files
8.99K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
#Live
#Besh_tashabbus_olimpiadasi

Ayni vaqtda Termiz shahridagi Yoshlar markazida maktab o‘quvchilari o‘rtasida "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasidagi "Quvnoqlar va zukkolar" musobaqasining viloyat bosqichi bo'lib o'tmoqda.

Unda shahar va tuman bosqichlarida g'oliblikni qo'lga kiritgan jamoalar ishtirok etmoqda.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
⭐️ “Kamalak” yulduzlari” bolalar ijodiyoti festivaliga arizalar qabuli boshlandi!

👦 Аziz bolalar, madaniyat, adabiyot va sanʼat sohasidagi iqtidoringizni namoyish etish vaqti keldi. Bolalar ijodiyoti festivaliga arizalar 24-oktabrdan 15-noyabr kunlariga qadar Yoshlar ishlari agentligining tuman va shahar bo‘limlari orqali qabul qilinadi.

🗒 Tanlovga 6 yoshdan 15 yoshgacha boʼlgan ijodkor bolalar yakka, jamoaviy tarzda, quyidagi 6 ta yo‘nalishdan birini tanlagan holda ishtirok etishlari mumkin:

“A” guruhi: Klassika — fortepiano, torli, puflab, urib chalinadigan musiqa asboblari;
“B” guruhi: Vokal — anʼanaviy va akademik ijro, estrada, folklor hamda xor guruhlari;
“S” guruhi: Milliy cholgʻu — torli, chertib, puflab, urib chalinadigan musiqa asboblari;
“D” guruhi: Raqs va badiiy gimnastika — milliy, ball hamda zamonaviy raqslar, buyum (tasma, koptok, halqa, argʻamchi) bilan va usiz turli nafis gimnastika va raqs mashqlarini musiqa ostida bajarish;
“E” guruhi: Tasviriy va amaliy sanʼat. Tasviriy sanʼat yoʻnalishiga — grafika, rangtasvir, natyurmort, liboslar dizayni. Amaliy sanʼat yoʻnalishiga — haykaltaroshlik, kulolchilik, zardoʻzlik, quroqchilik, gilamdoʻzlik, biser toʻqish, yumshoq oʻyinchoqsozlik, naqqoshlik, kashtachilik, yogʻoch oʻymakorligi kiradi;
“F” guruhi: nasr va nazm. Nazm yoʻnalishiga — sheʼr, gʻazal, doston hamda nasr yoʻnalishiga — hikoya, ertak kiradi.

💳 Tanlovning o‘tkazilish tartibi haqida nizom bilan batafsil ushbu havola orqali tanishib chiqing.

Tanlovga ariza topshirish muddati 24-oktabr 15-noyabr qadar davom etadi.

⬇️ Anketalar va festival nizomini yuklab olish uchun havola:

YakkaJamoaviyNizom

#KamalakYulduzlari
#yoshlarittifoqi

🤝Bizning sahifalarimiz:
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
XORIJIY OLIYGOH PROFESSORLARI SURXONDARYODA

Rossiya Federatsiyasining Nijniy Novgorod shahridagi N.Dobrolyubov nomidagi lingvistika universitetining professor o‘qituvchilari viloyatimizga tashrif buyurishdi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
#Besh_tashabbus_olimpiadasi
#Viloyat_bosqichi

Bugun Termiz shahridagi Yoshlar markazida maktab o'quvchilari o'rtasida "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasidagi "Quvnoqlar va zukkolar" musobaqasining viloyat bosqichi bo'lib o'tdi. Unda musobaqaning shahar va tuman bosqichlarida g'oliblikni qo'lga kiritgan jamoalar ishtirok etib, o'zaro bellashishdi.

Hazil-mutoyiba, qiziqarli chiqishlar, sahna ko'rinishlari, raqs va qo'shiqlarga boy tarzda o'tgan musobaqa o'quvchi yoshlarning iste'dodlarini kashf etishda xizmat qildi desak yanglishmaymiz.

Tanlovning yakuniy natijalariga ko'ra:

1-o'rin - Muzrabot tumanining "Kreativ" jamoasiga,
2-o'rin - Angor tumanining "Noiloj" jamoasiga,
3-o'rin - Qiziriq tumanining "Quvnoq yoshlar"
jamoasiga nasib etdi.

Yakunda g'olib va sovrindorlar munosib taqdirlandi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube