Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿
37.2K subscribers
30.7K photos
2.94K videos
96 files
9.91K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
Forwarded from Boysun Tumani Hokimligi (ЮНУС ХОЛИЁРОВ ШАВКАТОВИЧ)
360 o‘ringa moslashtirilgan qo‘shimcha maktab binosi foydalanishga topshirildi.

Har qanday davlatning tarixiy taraqqiyot yo‘li yurtning jadal rivojlanishi, muayyan yutuqlarga erishishi, xalqning farovon bo‘lishi, o‘sha davlatda yoshlar ta’lim-tarbiyasi va kelajagiga beriladigan e’tibor darajasiga chambarchas bog‘liq.

Ta’kidlash joizki, mamlakatimizda yosh avlodga ta’lim tarbiya berish, ularni bilimli va zukko qilib tarbiyalash hamda turli yo‘nalishlarda ijod qilayotgan yosh ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni rag‘batlantirish borasida qator ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, bugun tuman hokimi, sektor rahbarlari, nuroniylar, faxriylar, keng jamoatchilik vakillari, shuningdek, yoshlar ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 465-sonli qaroriga asosan, Investitsiya dasturi doirasida Boysun tumani “Shirinobod” mahalasida joylashgan 33-son umumta’lim maktabi zamon talablariga mos, 360 o‘ringa moslashtirilgan qo‘shimcha binosi yangidan qurilib, foydalanishga topshirildi.

Ma’lumot o‘rnida 33-son umumta’lim maktabi 1992-yilda qurilgan bo‘lib, o‘quvchilar sonining ko‘pligi sababli qo‘shimcha binoga ehtiyojlari mavjud edi.

Bugungi kunda maktabda jami 875 nafar o‘quvchilarning sifatli ta’lim-tarbiya olishlari uchun 81 nafar o‘qituvchi va ishchi xodimlar faoliyat olib bormoqdalar.

Ushbu qo‘shimcha qurilgan maktab binosida o‘quvchilarning ta’lim olishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.

Shuningdek, tadbir davomida nuroniy otaxonlar, faollar hamda maktab jamoasi ushbu xayrli ishga o‘z hissalarini qo‘shgan quruvchilar va ishchilarga rahmatlar bildirishib, duoga qo‘l ochdilar.

👉 Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/boysunaxborotxizmati

Telegram 💬 Facebook 📹 YouTube 🌍 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Sherobod tumani hokimligi Axborot xizmati️ (Quvonchbek Ismatullayev)
Шерободда 90 ўринли давлат ва 75 ўринли нодавлат мактабгача таълим ташкилотлари иш бошлади

Туманнинг “Баҳор” маҳалласида Инвестиция дастури асосида лойиҳа қиймати – 3 млрд 527 млн сўм бўлган 90 ўринли давлат мактабгача таълим ташкилоти ҳамда “Дўстлик” маҳалласида Инвестиция дастури асосида лойиҳа қиймати - 1 млрд 537 млн сўм бўлган 75 ўринли нодавлат мактабгача таълим ташкилоти янгидан қурилиб фойдаланишга топширилди.

“Баҳор” маҳалласида 394 нафар 3 ёшдан 6 ёшгача бўлган болалар мавжуд бўлса, “Дўстлик” маҳалласида 428 нафар 3 ёшдан 6 ёшгача бўлган болалар мавжуд, шуларнинг умумий 165 нафари ушбу мактабгача таълим ташкилотларига қамраб олиниши кўзда тутилган.

Тадбирга ташриф буюрган меҳмонлар болажонлар учун яратилган барча замонавий шарт-шароитлар билан яқиндан таништирилди. Замонавий махсус мебеллар, янги тўшаклар билан жиҳозланган ётоқхоналар, махсус кутубхона болажонларнинг доимий хизматида бўлади.

Ташриф буюрган меҳмонларга жажжи болажонлар томонидан байрам дастури намойиш этилди.

Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Zakovat
#Viloyat_bosqichi

O‘quvchi yoshlarning bilimlarini sinovdan o'tkazish, ularni intellektual salohiyatli, intiluvchan qilib tarbiyalash maqsadida tashkil etilgan "Zakovat" intellektual o'yinining Angor tumanidagi alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan ko‘zi ojiz bolalar uchun ixtisoslashtirilgan "Nurli maskan" maktab-internati o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan viloyat bosqichi qizg‘in va ko‘tarinki ruhda kechdi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube