Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi|🇺🇿 Rasmiy
65.9K subscribers
27.6K photos
2.6K videos
91 files
8.9K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
#Termiz_shahri
#Prezident_maktabi

Termiz shahridagi Prezident maktabida “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbiri bo‘lib o‘tdi.

📸 Tadbirdan foto lavhalar.

Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Kun_hikmati

Fikrlash qobiliyati skripka yoki royal chalishga o‘xshaydi. U bilan har kuni shug‘ullanib turish kerak.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
Korrupsiya- taraqqiyot kushandasi

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi xodimlari uchun boshqarmaning Korrupsiyaga qarshi kurashish kompleans nazoratini amalga oshirish bo‘yicha bosh mutaxassisi Sh.Karimov tomonidan o'tkazilgan navbatdagi yig'ilishda dastlab sohada uchrayotgan korrupsion holatlarning kelib chiqish sabablari, ularni bartaraf etish yuzasidan so'z yuritildi.

Shuningdek, tizimdagi hujjatlarning yuritilish holati, davlat xizmatchilarining odob-axloq qoidalariga rioya qilishlari, ijro intizomi va boshqa tegishli masalalarga ham alohida to'xtalib o'tildi.

Majlis davomida yig'ilganlar ham o'zlarining taklif va mulohazalarini bildirib o'tishdi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
KORRUPSIYA – UMR ZAVOLI

Korrupsiya dunyo miqyosidagi global muammolardan biridir. Ushbu illat har qanday davlat va jamiyatning siyosiy-iqtisodiy rivojlanishiga jiddiy putur yetkazadi, inson huquq va erkinliklarining poymol bo‘lishiga olib keladi. Shu bois unga qarshi kurash xalqaro ahamiyat kasb etib, dolzarb masalalar qatoridan o‘rin egallagan.

Aslo nafsingiz quliga aylanib, korrupsiyaga qo'l urmang!

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
#Hikoya

O‘quvchini o‘zgartira olgan o‘qituvchi

Nafaqaga chiqqan o‘qituvchining o‘rniga boshqa muallima sinfga kirdi. Dars o‘tishni boshladi. O‘quvchilarning biriga savol bergandi, sinfdagi boshqa barcha o‘quvchilar kulib yuborishdi. O‘qituvchi hayron bo‘ldi. O‘quvchilardan so‘rab, o‘rinsiz kulguning siriga yetdi. Sabab: sinfda hamma aqlan zaif, savodsiz deb hisoblaydigan o‘quvchiga savol bergani ekan.

Dars tugagandan so‘ng o‘qituvchi o‘sha o‘quvchini yonida olib qoldi va unga ikki qator baytni berib:

- Buni ismingni yodlagandek yodlab kel va hech kimga aytma, - dedi.

Keyingi darsda muallima o‘sha ikki qator she'rni yozuv taxtasiga yozib, uning ma'nosini tushuntirdi va o‘chirdi. Shundan so‘ng o‘quvchilarga yuzlanib:

- Kim hozirgi she'rni yodlab qoldi, - deb so‘radi. Hech kim churq etmadi.

Faqat o‘sha "ikkichi" o‘quvchi ming hayajon, ikkilanish bilan qo‘l ko‘tardi va she‘rni yoddan aytib berdi.

Ustoz uni ko‘p maqtadi, boshqalar o‘rnak olishini aytdi. O‘quvchilar bu holatdan hayratga tushar, kimdir kecha kulgani uchun xijolat bo‘lar edi. Bu hol hafta mobaynida davom etdi. O‘quvchilarning bu o‘quvchi borasidagi fikrlari o‘zgarib bordi. Bolaning ruhiy holati ham ijobiy tomonga burilish yasadi. O‘quvchida o‘ziga bo‘lgan ishonch uyg‘ondi. Avvalgi o‘qituvchi hisoblagandek axmoq emasligini angladi. O‘quvchilar bilan ilmda musobaqa qila olishini, o‘z ustida ishlasa a'lochi bo‘la olishini tushundi. Shundan so‘ng nafaqat ushbu fandan, boshqalaridan ham yaxshi baholar ola boshladi. Maktabni yaxshi natijalar bilan bitirib, oliygohga kirdi, so‘ng magistraturani bitirdi.

Har kuni o‘zining sevimli ishiga otlanarkan unga ishonch bergan o‘sha o‘qituvchini eslab, uni ich-ichidan duo qilardi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
Давлат олийгоҳларининг барча босқич талабалари учун тўлов-контракт миқдорлари оширилмайдивазирлик

Давлатимиз раҳбари Шавкат Мирзиёевнинг мамлакатимиз таълим тизимига қаратаётган алоҳида эътибори натижасида 2023/2024 ўқув йили учун барча йўналишлар бўйича тўлов-контракт миқдорлари оширилмайдиган бўлди.

Талабалар ва уларнинг ота-оналарига енгиллик яратиш ва уларни қўллаб-қувватлаш ҳамда аҳолининг тўлов қобилиятини инобатга олган ҳолда, истисно тариқасида, 2023/2024-ўқув йили учун барча босқичдаги талабаларнинг тўлов-контракт асосида ўқитиш қиймати миқдори давлат олий таълим муассасалари, жумладан, молиявий мустақиллик берилган олийгоҳларда ҳам базавий тўлов-контракт қиймати 2022/2023-ўқув йили учун белгиланган миқдорларда сақлаб қолинади.

Шу билан бир қаторда, 2023/2024 ўқув йили табақалаштирилган тўлов-контракт миқдорлари ўтган ўқув йили учун белгиланган миқдорларда ўзгаришсиз қолади.

2023/2024 ўқув йили қабулида тўплаган баллари тасдиқланган қабул параметрлари чегарасига етмаган, лекин табақалаштирилган тўлов-контракт асосида таҳсил олиш истагини билдирган абитуриентларга, истисно тарақасида янги ўқув йили бошланишидан шартномалар расмийлаштиришга, шунингдек бир йиллик ўқитиш қийматининг 50 фоизини тўлаганларни талабалар сафига қабул қилишга рухсат берилди.

Шунингдек, яна бир енгиллик – тасдиқланган табақалаштирилган тўлов-контракт қийматини 2023 йил 15 октябрига қадар тўлиқ тўлаган абитуриентлар учун 10 фоиз миқдорида чегирма берилмоқда.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi va tizim tashkilotlari raqamli transformatsiya holatini reyting baholashda yuqori o‘rinlarni egalladi

Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi tomonidan davlat tashkilotlarining raqamli transformatsiya holatini reyting baholashga doir 2023-yil I yarim yillik natijalari e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi 77,51 ball hamda vazirlik huzuridagi Maktabgacha ta’lim agentligi 72,31 ball egallab, yuqori natijalarni qayd etdi.

Ma’lumot uchun: Mazkur baholash jarayonlariga mamlakatimizdagi 95 ta davlat tashkilotlari qamrab olingan.

Baholash ishlari 5 ta yo‘nalishda amalga oshirilgan:

- Ochiqlik va elektron ishtirok;
- Elektron davlat xizmatlari;
- Axborot xavfsizligi;
- Faoliyatning raqamlashtirilganligi;
- Tashkiliy masalalar.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram