Forwarded from Surxondaryo viloyat Bolalar kutubxonasi📚📚📚
SURXONDARYO BO‘YLAB O‘QUV-SEMINAR YAKUNLANDI
Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda viloyat bolalar kutubxonasi tomonidan umumta’lim maktablari kutubxonachilarining malakasini, kasbiy bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida tizimdagi maktab kutubxonachilari uchun 7-avgustdan 19-avgust kuniga qadar 2 bosqichdagi o‘quv-seminarlari kaskad usulida tashkil etildi.
O‘tkazilgan ushbu o‘quv-seminarlarda kataloglar turlari, kitoblarga ishlov berish tartibi, bibtexnikalar to‘plami, kitob fondidan chiqarilayotgan kitoblar, jamlama hisobga olish kitobi, kitobxon formulyari namunasi, kitobning indeksi, jurnal va gazetalarni hisobga olish tartibi haqida tushuntirildi.
📚📖Ushbu o‘quv-seminarning 1-bosqichi Viloyat bolalar kutubxonasida o‘tkazildi.
✏️ O‘quv-seminarning 2-bosqichi Viloyat bolalar kutubxonasi tomonidan tuman (shahar)larda tashkil qilinib, bunda 1200 nafardan ortiq umumta’lim maktablari kutubxonachilari qatnashdi.
📱Telegram🎞You tube📱Facebook📹Instagram 🌐Web site

Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i X.Mamadiyev bugun Sherobod tumanidagi 6-sonli umumta'lim maktabida bo‘lib, ta'lim muassasasining yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati bilan yaqindan tanishdi.
O‘rganish davomida boshqarma boshlig‘i maktab rahbariyatiga yangi o‘quv yilini munosib qarshi olish yuzasidan o‘zining taklif va tavsiyalarini berib o‘tdi.
Ma'lumot o‘rnida, bugungi kunda Sherobod tumanida 77 ta ta'lim muassasasi, xususan, 75 ta maktab, 1 ta "Barkamol avlod" bolalar maktabi, shuningdek Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab faoliyat yuritmoqda.
✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.
Telegram | Facebook | Instagram | You tube

Forwarded from Surxondaryo viloyati hokimligi
Шеробод туманида мактабнинг янги ўқув йилига тайёргарлиги кўздан кечирилди
Вилоят ҳокими Улуғбек Қосимов Шеробод тумани “Баҳор” маҳалласида бўлиб, ҳудуддаги 2-сонли умумтаьлим мактабида янги ўқув йилига тайёргарлик кўриш бўйича амалга оширилаётган ишлар билан танишди.
Мактаб 315 ўринли бўлиб, ҳозирда лойиҳа қиймати 4,8 млрд сўм бўлган қўшимча ўқув биноси қуриш орқали реконструкция ишлари амалга оширилмоқда. Қурилиш ишлари якуний босқичда бўлиб, бино янги ўқув йилига топширилиши режалаштирилган.
Вилоят раҳбари қурилиш-таъмирлаш ишлари, ишлатилаётган материаллар, эшик ва дераза ромлари сифати билан танишди. Мактаб ҳудудида ташкил этилган лимончилик иссиқхонасини кўздан кечирди. Мактаб реконструкциясини янги ўқув йили бошлангунига қадар сифатли якунлаш, жиҳозлаш ва дарс жараёнларига шай ҳолатга келтириш бўйича масъулларга вазифалар белгилаб берилди.
Сурхондарё вилояти ҳокимлиги Матбуот хизмати
Каналга уланиш: t.iss.one/axborot_xizmati
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter

Forwarded from Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
#Munosabat
Dars taqsimoti bilan bog‘liq tarqalayotgan videolar yuzasidan RASMIY MUNOSABAT
✅ Ijtimoiy tarmoqlarda pedagoglar o‘rtasida dars taqsimoti bilan bog‘liq kelishmovchiliklar aks etgan videolar yuzasidan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi quyidagilarni ma’lum qiladi.
❗️ Dastavval aytish joizki, mazkur videolar avvalgi yillarga oid bo‘lib, joriy yilda ushbu mavzuda bunday noxush holatlar qayd etilmagan. Ushbu mavzu yuzasidan vazirlik tomonidan o‘qituvchilarga doimiy ravishda tushuntirish ishlari olib boriladi.
⚡️Joriy yilda ham Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan umumta’lim muassasalarida dars soatlar taqsimoti bo‘yicha soha xodimlariga to‘liq ma’lumot berish va tushuntirish ishlarini olib borish maqsadida maktablarning direktor o’rinbosarlari uchun o’quv vebinarlari tashkil etish ko‘zda tutilgan.
📆Vebinar-treninglar joriy yilning 22-avgust kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Unda:
✔️ umumiy o‘rta ta’lim muassasasi pedagog xodimining yillik ish yuklamasi,
✔️ umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 2023-2024-o‘quv yiliga mo‘ljallangan tayanch o‘quv rejasi,
✔️ dars soatlarini taqsimlash mezonlari,
✔️ boshlang‘ich va yuqori sinflardagi mavjud sinflar misolida dars soatlari taqsimoti bo‘yicha tushuntirishlar beriladi.
❕Shu o’rinda, yurtimizda o‘qituvchining maqomini mustahkamlash, uning nufuzi va obro‘sini oshirishga qaratilgan tizimli islohotlar amalga oshirilib turgan bir paytda, o‘qituvchilar o‘rtasidagi kelishmovchiliklarni ijtimoiy tarmoqlarda tarqatish pedagoglarning zarariga xizmat qilishini unutmasligimiz lozim.

O‘QUVCHILARNI KASBGA YO‘NALTIRISH ISHLARINI TASHKIL ETISH BO‘YICHA KALENDAR REJA ISHLAB CHIQILDI
🇺🇿 Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan o‘quvchilarning kelgusidagi kasbiy faoliyatida muvaffaqiyatga erishishi uchun yangi “Kasbga yo‘naltirish tizimi” joriy etildi.
Xususan, bunda:
✔️ boshlang‘ich sinflarga mehnat bozorida mavjud bo‘lgan kasblar to‘grisida tushunchalar berib boriladi;
✔️ yuqori sinflarda o‘quvchilarning kasbiy moyilligi bo‘yicha o‘tkazilgan psixologik-pedagogik diagnostika natijalari asosida kasbga yo‘naltirish ishlari olib boriladi;
✔️ o‘quvchilarni bitta kasb-hunarga o‘rgatish amaliyoti bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yiladi.
Shuningdek,
💠 umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish ishlarini tizimli tashkil etish bo‘yicha namunaviy kalendar reja ishlab chiqildi.
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish ishlarini tizimli tashkil etish bo‘yicha kalendar reja bilan tanishish👈
Xususan, bunda:
Shuningdek,
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish ishlarini tizimli tashkil etish bo‘yicha kalendar reja bilan tanishish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kun_hikmati
Buyuk odamlar g‘oyalar haqida gapiradi, oddiy odamlar voqealar haqida gapiradi, bekorchi insonlar odamlar haqida gapiradi.