Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿
53.8K subscribers
31.8K photos
3.12K videos
96 files
10.3K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
SURXONDARYO BO‘YLAB O‘QUV-SEMINAR YAKUNLANDI

Surxondaryo viloyat
i Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda viloyat bolalar kutubxonasi tomonidan umumta’lim maktablari kutubxonachilarining malakasini, kasbiy bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida tizimdagi maktab kutubxonachilari uchun 7-avgustdan 19-avgust kuniga qadar 2 bosqichdagi o‘quv-seminarlari kaskad usulida tashkil etildi.

O‘tkazilgan ushbu o‘quv-seminarlarda kataloglar turlari, kitoblarga ishlov berish tartibi, bibtexnikalar to‘plami, kitob fondidan chiqarilayotgan kitoblar, jamlama hisobga olish kitobi, kitobxon formulyari namunasi, kitobning indeksi, jurnal va gazetalarni hisobga olish tartibi haqida tushuntirildi.

📚📖Ushbu o‘quv-seminarning 1-bosqichi Viloyat  bolalar kutubxonasida o‘tkazildi.

✏️ O‘quv-seminarning 2-bosqichi  Viloyat bolalar kutubxonasi tomonidan tuman (shahar)larda tashkil qilinib, bunda 1200 nafardan ortiq umumta’lim maktablari kutubxonachilari qatnashdi.


📱Telegram🎞You tube📱Facebook📹Instagram 🌐Web site
👍5
Forwarded from Hilola Umarova
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#infografika

"Biz Oʼzbekiston bolalarimiz!

Biz baxtiyor bolalikda taʼlim va tarbiya olmoqdamiz".
👍2
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i X.Mamadiyev bugun Sherobod tumanidagi 6-sonli umumta'lim maktabida bo‘lib, ta'lim muassasasining yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati bilan yaqindan tanishdi.

O‘rganish davomida boshqarma boshlig‘i maktab rahbariyatiga yangi o‘quv yilini munosib qarshi olish yuzasidan o‘zining taklif va tavsiyalarini berib o‘tdi.

Ma'lumot o‘rnida, bugungi kunda Sherobod tumanida 77 ta ta'lim muassasasi, xususan, 75 ta maktab, 1 ta "Barkamol avlod" bolalar maktabi, shuningdek Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab faoliyat yuritmoqda.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
👍11
Шеробод туманида мактабнинг янги ўқув йилига тайёргарлиги кўздан кечирилди

Вилоят ҳокими Улуғбек Қосимов Шеробод тумани “Баҳор” маҳалласида бўлиб, ҳудуддаги 2-сонли умумтаьлим мактабида янги ўқув йилига тайёргарлик кўриш бўйича амалга оширилаётган ишлар билан танишди.

Мактаб 315 ўринли бўлиб, ҳозирда лойиҳа қиймати 4,8 млрд сўм бўлган қўшимча ўқув биноси қуриш орқали реконструкция ишлари амалга оширилмоқда. Қурилиш ишлари якуний босқичда бўлиб, бино янги ўқув йилига топширилиши режалаштирилган.

Вилоят раҳбари қурилиш-таъмирлаш ишлари, ишлатилаётган материаллар, эшик ва дераза ромлари сифати билан танишди. Мактаб ҳудудида ташкил этилган лимончилик иссиқхонасини кўздан кечирди. Мактаб реконструкциясини янги ўқув йили бошлангунига қадар сифатли якунлаш, жиҳозлаш ва дарс жараёнларига шай ҳолатга келтириш бўйича масъулларга вазифалар белгилаб берилди.

Сурхондарё вилояти ҳокимлиги Матбуот хизмати

Каналга уланиш:
t.iss.one/axborot_xizmati
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
👍9