Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿
39.7K subscribers
31K photos
2.98K videos
96 files
10K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
#Sherobod_tumani

Bugun Sherobod tumanidagi 37-davlat maktabgacha ta‘lim tashkilotida maktablar hamda maktabgacha ta'lim tashkilotlarining yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi yuzasidan seminar tashkil etildi.

Seminarda yuqori ko‘rsatkichlarga erishgan ta'lim muassasalari tajribasi namuna qilib ko‘rsatildi.

Kelgusida amalga oshiriladigan istiqbolli g‘oyalar belgilandi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
#Denov_tumani

Faxriy o‘qituvchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi

Denov tumanida bugun hokim va faxriy o‘qituvchilar uchrashuvi tashkil etildi.

Uchrashuvda ustozlarning uzoq yillik tajribasi bilan o‘rtoqlashildi.

Bugungi kunda ta'lim-tarbiya tizimida olib borilayotgan islohotlar yuzasidan fikr-mulohazalar yuritildi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
#Seminar_trening

Bugun Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligida Toshkent shahar va barcha viloyatlar Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmalari matbuot kotiblarining media olamidagi bilimlarini yanada oshirish maqsadida seminar-treninglar boshlandi.

Unda sohaga oid malakali mutaxassislar tomonidan matbuot kotiblariga qiziqarli treninglar o‘tkazildi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
#Seminar_trening

SEMINAR-TRENING: “OCHIQLIK VA SHAFFOFLIKNI TA’MINLASHDA ZAMONAVIY AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH”

🔴 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tashkil etilgan vazirlikning hududiy boshqarmalari va tizim tashkilotlar matbuot kotiblari uchun Respublika o‘quv-treningi bo’lib o’tmoqda.

✔️ Treninglar davomida Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bo’lim boshlig’i Sadoqat Aslanova tomonidan qonunchilikdagi yangiliklar va faoliyatda ochiqlikni ta’minlashda axborot xizmatining o’rni haqida so’z yuritildi.

Shundan so’ng, ishtirokchilar amaliy interaktiv mashg’ulotlarda qatnashib, sohani yanada rivojlantirishga oid takliflarini berib o’tishdi.

❗️ Shuningdek, o’quv seminari doirasida mobilografiya, sifatli foto va videokontentlar yaratish haqida amaliy treninglar tashkil etildi.


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram