Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿
53.8K subscribers
31.8K photos
3.12K videos
96 files
10.3K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
Мактаб таъмири, маҳалла инфратузилмасини ривожлантириш, спорт мажмуаси қурилиши – Термиз шаҳрида топшириқлар ижроси ўрганилди

Вилоят ҳокими Улуғбек Қосимов бугунги Термиз шаҳридаги ўрганиш ишларини мактаб таъмири билан танишишдан бошлади. 16-сонли ихтисослаштирилган умумтаълим мактабида олиб борилаётган ишлар масъуллар иштирокида кўриб чиқилди. Янги ўқув йили бошлангунга қадар қурилиш-таъмирлаш ишларини якунлаш, мактаб фаолиятини бошлаш бўйича вазифалар белгилаб берилди.

“Юлдуз” маҳалласида олиб борилаётган ободонлаштириш, бунёдкорлик ишларининг бориши, аввалги ташрифларда берилган топшириқлар ижроси ўрганилди ҳамда масъулларга янги вазифалар белгилаб берилди.

Ўрганиш якунида “Алпомиш” кураш мажмуасида олиб борилаётган қурилиш-таъмирлаш ишлари кўздан кечирилди. Масъулларга мажмуа қурилишини белгиланган талаблар асосида, сифатли амалга ошириш ва белгиланган муддатда фойдаланишга топшриш вазифаси юкланди.

Сурхондарё вилояти ҳокимлиги Матбуот хизмати

Каналга уланиш:
t.iss.one/axborot_xizmati
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site
👍6🔥1🥰1👏1
RASMIY MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlarda "Surxondaryolik ayol Toshkentdagi maxsus internat maktabiga farzandini joylashda amaliy yordam berilishini soʼragan" sarlavhasi ostida tarqalgan xabar yuzasidan quyidagilarni ma'lum qilamiz:

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi masʼul xodimi tomonidan oʼrganish jarayonida Uzun tumani Mustaqillik mahallasi 3-uy 5-xonadonda yashovchi А.N. ning farzandi 2011-yil 16-martda tugʼilgan voyaga yetmagan I.Sh. ni Toshkent shahridagi alohida taʼlim ehtiyojlari boʼlgan aqli zaif bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga joylashtirish boʼyicha fuqaroga farzandini Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-oktabrdagi 638-sonli qarorining tegishli bandlari asosida muassasa joylashgan hududning Maktabgacha va maktab taʼlim boshqarmasi qoshida tashkil etilgan “Psixologik-tibbiy-pedagogik” komissiya xulosasiga asosan maktab-internatiga yuborish belgilanishi ma'lum qilindi.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
👍31🔥1🥰1👏1
#Sherobod_tumani

Tumandagi 30-sonli DMTT tarbiyalanuvchilari tomonidan yozgi sog‘lomlashtirish davrida "DENGIZ SHOHI MEHMONDA" nomli tadbir o‘tkazildi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
👍41🔥1
#Termiz_shahri

ERTAKLAR - YAXSHILIKKA YETAKLAR

Bolalar uchun ertaklar - bu rivojlanish va tajriba orttirish uchun kuchli o‘rganish vositasi bo‘lib, fikrlash doirasini kengaytirish, ijobiy fazilatlarini rivojlantirib, yaxshilik va yomonlik, mehnatsevarlik va dangasalik kabi xulq-atvorlarni farqlashni o‘rgatib, tasavvurlarni rivojlantirib boradi.

Termiz shahridagi 14-maktabgacha ta’lim tashkilotida “Ertaklar - yaxshilikka yetaklar” mavzusida turli ertaklar bolajonlar ijrosida sahnalashtirilmoqda. Bu bolalarning vaqtlarini quvnoq va mazmunli o‘tkazishda xizmat qilmoqda.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
👍21🔥1🤔1