Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi|🇺🇿 Rasmiy
62.5K subscribers
27.6K photos
2.59K videos
91 files
8.9K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Taʻtilda_men_oʻrgangan_hunar
#Tanlovga

Sho‘rchi tumanidagi 48-umumta'lim maktabining 4-sinf o‘quvchisi Mavlonbek Alisherov tomonidan "Ta‘tilda men o‘rgangan hunar" mavzusidagi onlayn tanlov uchun yo‘llangan videolavha bilan tanishing.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
#Kun_hikmati

Dunyo hayoti uch kun: kecha, bugun, erta. Kecha o‘tdi, ertaning bo‘lishi noma'lum. Shunday ekan bugungi kunni qadrlash lozim.

              Hasan Basriy

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
#Olimpiada
#Fizika

⚡️O‘zbekistonlik o'quvchi 53-Xalqaro fizika olimpiadasida (IPhO) bronza medalini qo‘lga kiritdi

Joriy yilning 10-17-iyul kunlari Yaponiyaning Tokio shahrida bo'lib o'tgan 53-Xalqaro fizika olimpiadasida O'zbekiston terma jamoasi a'zosi, Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinf o’quvchisi Javohir Sultonov bronza medalini qo'lga kiritdi.

✔️Ma'lumot uchun, mazkur olimpiadada 91 ta mamlakatdan jami 400 nafardan ortiq o‘quvchi ishtirok etdi. Ushbu medal Xalqaro fizika olimpiadasida(IPHO) qo’lga kiritilgan medal O’zbekiston tarixidagi 3-bronza medali hisoblanadi.

❗️
Terma jamoamiz a’zolari mazkur nufuzli musobaqada 2015-yildan buyon ishtirok etib kelishmoqda va hozirga qadar jami 3 ta bronza medalni (2018, 2021, 2023) qo‘lga kiritishgan.

Javohirni g'ala bilan samimiy tabriklab, kelgusi ishlarida muvaffaqiyat tilaymiz!

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
Forwarded from Movluda Asqarxo‘jayeva
🤝Xalqaro hamkorlik ikki millat do'stligini yanada mustahkamlamoqda

UNICEF xalqaro tashkilotining ko’magi bilan Surxondaryo viloyatidagi qator maktabgacha ta’lim tashkilotlarida afg’on oilalari farzandlari uchun maxsus guruhlar tashkil etilmoqda.

Kuni-kecha Termiz shahridagi 31-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bo’lgan xalqaro tashkilot vakillari bu borada olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishishdi.

Dastlab tarbiyalanuvchilar ijrosidagi badiiy chiqishlar mehmonlar e’tiboriga havola etildi.

Shundan so’ng maxsus guruhlar uchun manzilda yaratilayotgan sharoitlar bilan tanishildi va maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlari bilan samimiy suhbat qurildi.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda
#Surxondaryo_MTRK

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-maydagi majlisida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga 2023-2024-o’quv yili uchun kirish imtihonlarini tashkil etish tartibi ishlab chiqilib, unga ko’ra 15-iyul kuni Prezident maktablariga o’quvchilarni qabul qilish uchun birinchi bosqich test sinovlari bo’lib o’tishi belgilangan edi. Termiz shahrida ta`lim muassasalariga qabul jarayonlarining birinchi bosqichiga start berildi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
Forwarded from АОКА | Сурхондарё (Заҳириддин Тўраев)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Сурхондарёлик азиз ўқувчилар!

Сурхондарё вилояти Мактабгача ва мактаб таълими бошқармаси томонидан ташкил этилган “Таътилда мен ўрганган ҳунар” мавзусидаги онлайн танловда иштирок этинг!

Қандай дейсизми?

Ҳунар ўрганишингиз, унинг аҳамияти ва мустақил тайёрлаган ҳунармандчилик намуналарингиз акс этган видеолавҳаларни бизга йўлласангиз кифоя.

Йўлланган видеолавҳалар ҳакамлар томонидан баҳоланиб, муносиблар бошқарма бошлиғининг махсус совғалари билан тақдирланади.

Шошилинг, сиз учун ажойиб имконият. Видеолавҳалар жорий йилнинг 25 июль санасига қадар қуйидаги телеграм рақами: @sur_mmtb_matbuot орқали қабул қилинади.

❗️Эслатма: йўлланган видеолар изоҳида манзил, ўқувчи ва мактаб ҳақида аниқ маълумотлар келтирилиши шарт!

Қўшимча маълумот учун қуйидаги телефон рақами билан боғланишингиз мумкин: 90-644-26-46

🌐 https://t.iss.one/AOKA_Surxondaryo

📲 Telegram | Facebook | Web-site
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sherobod_tumani

“Xayr bogʼcha - salom maktab!” bayram tadbirlari oʼtkazilmoqda

Sherobod tumani Maktabgacha va maktab taʼlimi boʼlimi tasarrufidagi barcha davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida  "Xayr bogʼcha - salom maktab!” nomli musiqiy tadbirlar tashkil etilmoqda.

Xususan, tumanning 2-sektor hududi "Chuqurkoʼl" mahallasida joylashgan 29-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida tashkil etilgan tadbir ham shular jumlasidandir.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
Қурилиш соҳасидаги ишлар танқидий муҳокама қилинди: Айрим раҳбарлар ишдан олинди

Бугун вилоят ҳокими Улуғбек Қосимов раҳбарлигида видеоселектор йиғилиши ўтказилди. Йиғилишда ижро интизоми, қурилиш соҳасида йўл қўйилган камчиликлар, мактабларни янги ўқув йилига тайёрлаш ва бошқа муҳим масалалар муҳокама қилинди.

Президент Фармон ва қарорлари, топшириқлари, Вазирлар Маҳкамаси қарорлари, йиғилиш баёнлари ҳамда ҳудудларда ўтказилган ўрганишлар давомида берилган топшириқлар ижроси таҳлил қилиниб, ижро интизомига қатъий риоя қилмаганлиги, топшириқлар ижросини тўлиқ таъминламаганлиги учун вилоят ҳокимининг тармоқлар бўйича ўринбосарлари огоҳлантирилди.

Қурилиш соҳасида йўл қўйилган камчиликлар кескин танқидий руҳда муҳокама қилинди. Аниқланган камчилкиларни бартараф этмаган, ўз вазифасини лозим даражада бажармаганлиги учун “Ягона буюртмачи хизмати” ДУК директори, Қурилиш ва уй-жой коммунал хўжалиги бошқармаси бошлиғи, Минтақавий йўлларни қуриш буюртмачи хизмати ДУК Сурхондарё филиал директори ишдан олинди.

Йиғилишда кун тартибидаги барча масалалар танқидий таҳлил қилиниб, масъулларнинг ахборотлари тингланди. Йўл қўйилган камчиликлар кўрсатиб ўтилиб, уларни бартараф этиш бўйича муддат ва вазифалар белгилаб берилди.

Сурхондарё вилояти ҳокимлиги Матбуот хизмати

Каналга уланиш:
t.iss.one/axborot_xizmati
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site