Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi|🇺🇿 Rasmiy
62K subscribers
27.9K photos
2.62K videos
91 files
8.99K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
👍👍👍👍🔣

👍 Surxondaryoda Finlandiya ta'lim tajribalari keng qo‘llaniladi

Xalqaro Nordik universiteti tomonidan Surxondaryo viloyatining bir guruh ta'lim tizimi vakillari uchun Finlandiyada tashkil etilgan ikki haftalik ilmiy-amaliy kurs bugun o‘z nihoyasiga yetdi.

Viloyat hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari boshchiligidagi o‘qituvchilar delegatsiyasi Helsinki shahrida o‘quv kursini muvaffaqiyatli tamomlaganliklari bo‘yicha Sertifikatni qo‘lga kiritib, O‘zbekistonga qaytib kelishmoqda.

🌐 Web-site | 🕊Telegram |📱Instagram | 📺YouTube | 📱Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda
#Surxondaryo_MTRK

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yoʼlga qoʼyishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora – tadbirlar toʼgʼrisida”gi farmoni asosida vazirliklar va davlat boshqaruv organlari soni qisqardi. Taʼlim tizimida ham qator ishlar amalga oshirilib maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tashkil etildi. Bu borada vohamizda ham amaliy ishlar yoʼlga qoʼyildi. Termiz shahridagi matbuotchilar uyida sohadagi oʼzgarishlar. amalga oshirilayotgan ishlar, istiqbolli rejalar mavzusida matbuot anjumani tashkil etildi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
#Sherobod_tumani

Ta'limda boshqaruv: Ixtisoslashgan maktablar umumta'lim maktablari uchun tayanch vazifasini o'taydi

Sherobod tuman Maktabgacha va maktab ta`lim bo`limi tasarrufidagi 56-umumta`lim maktabida tumandagi barcha umumta'lim maktablarining ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosarlari ishtirokida "Ixtisoslashtirilgan maktablar tajribasini umumta'lim maktablariga tadbiq etish" maqsadida o'quv-amaliy seminari o'tkazildi.

Seminar-treningdan asosiy maqsad, umumta’lim muassasalarining lider o‘qituvchilarini ta’lim-tarbiya berish jarayonida innovatsion yondashuvlardan foydalanishi, o‘quvchilarning olgan bilimini hayotda qo‘llay olish ko'nikmasini oshirishdan iboratdir.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda
#Surxondaryo_MTRK

Jarqoʼrgʼon tumanidagi maktabgacha va maktab taʼlimi boʼlimida “Ixtisoslashtirilgan maktablar tajribasini umumiy oʼrta taʼlim maktablariga tadbiq etish” mavzusida seminar oʼtkazildi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
“Sizlar bilan bir safda va bir jamoa bo‘lib ta’lim sifatini oshirish yo‘lida hamnafas ishlaymiz” — Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova bugun Toshkent shahridagi umumta’lim maktab direktorlari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda maktab rahbarlariga Davlatimiz rahbarining maktabgacha hamda maktab ta’limini yangi bosqichga olib chiqish, uning sifatini oshirish hamda ta’lim dasturlarini takomillashtirishga doir Farmoni mazmun mohiyati, mazkur hujjat bilan sohada amalga oshirilishi ko‘zda tutilayotgan o‘zgartirishlar xususida fikr almashildi.

Jumladan, Farmon bilan maktab rahbarlarining huquqlari kengaytirilayotgani, kasbiy faoliyatiga doir qator vakolat va huquqlar amaliyotga joriy etilayotgani qayd etildi. Bu esa o‘z navbatida direktorlarning yanada rivojlanishiga ko‘mak berishi asnosida yangilik qilishlari, zamon talabiga javob beradigan rahbar bo‘lishlari uchun imkoniyat ekanligini alohida ta’kidlandi.

Shuningdek eng tajribali maktab direktorlaridan iborat “Direktorlar kengash”lari tashkil etilishi va ushbu kengashga kirgan direktorlar bevosita vazirlik bilan birgalikda faoliyatlarini yo‘lga qo‘yishlari borasida ma’lumot berildi.

Uchrashuvda maktab direktorlariga yangi o‘quv yilida ta’lim sifatini oshirish ular oldiga qo‘yilgan maqsad va vazifalar xususida atroflicha tushuntirish berib o‘tildi.

Vazir direktorlarga qilgan murojaatida Toshkent shahri ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha lokomotiv bo‘lishi lozimligini ta’kidlar ekan, “Sizlar bilan birga bir jamoa bo‘lib ta’lim sifatini oshirish yo‘lida ishlaymiz, men sizlarga suyanaman. Butun jamoa bo‘libgina natijalarga erisha olamiz va yutuqlarimizni ko‘rsata olamiz”, — deya so‘zini yakunladi vazir.


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM