#Angor_tumani
Xayr bog‘cha - salom maktab!
Angor tumanidagi 26-sonli umumta’lim maktabida bolalarni boshlang‘ich ta’limga bir yillik tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilari ishtirokida “Xayr bog‘ch - salom maktab!” tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda maktab o‘qituvchilari va ota-onalar ishtirok etdi. Bolajonlarning maktab, ona-Vatan, baxtli bolalik, bog‘cha haqidagi ingliz, rus tillarida aytgan she’rlari olqishlar bilan kutib olindi. Ijro etilgan raqslar, kuy-qo‘shiqlar barchaga quvonch ulashdi.
Albatta, bolajonlarning tayyorlov guruhlarida olgan bilimlari maktabda darslarni puxta oʻzlashtirishlariga zamin yaratadi.
✍🏻 Surxondaryo viloyati MMTB matbuot xizmati.
Telegram | Facebook | Instagram | You tube

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Angor tuman ixtisoslashtirilgan maktabida ham "So'nggi qo'ng'iroq" bayram tantanalari bo‘lib o‘tdi. Unda o‘quvchilar, pedagoglar, ota-onalar, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.
Tadbir avvalida tuman hokimi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mamlakatimiz maktablarining bitiruvchi yoshlariga yo‘llagan tabrigini o‘qib eshittirdi.
Shundan so‘ng, o‘quv yili sarhisob qilindi, bilimlar bellashuvi, sport musobaqalari, turli tanlovlarda va maktab hayotida faol ishtirok etgan iqtidorli o‘quvchilar hamda fidoyi o‘qituvchilar taqdirlandilar.
✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Navbatdagi "Otalar yig'ilishi" o'tkazildi
Prezidentimiz viloyatimizga qilgan tashriflari chog‘ida Surxondaryo tajribasi sifatida haftaning shanba va yakshanba kunini “Otalar kuni” sifatida belgilab, ushbu kunlarda otalar o‘z vaqtlarini farzandlari bilan o‘tkazib, ularning tarbiyasi bilan shug‘ullanishlari bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalarni berib o‘tgan edilar.
Ushbu taklif ijrosi sifatida Angor tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tizimidagi 14-,24-,45-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktablarida oilaviy muhitning ijobiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash, 2022-2023-o‘quv yilida erishilgan natijalar sarhisobi hamda o‘quvchilarning yozgi ta’til kunlari bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish yuzasidan tumanning bir qator mutasaddi tashkilotlari mas’ullari hamkorligida “Otalar yig‘ilishi” o‘tkazildi.

Oila - jamiyatning eng kichik bo‘g‘ini
Bugun “Angor Baraka” savdo majmuasida “Oilaviy zo‘ravonlik holatlari va ularning oldini olish” mavzusida seminar trening bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi qoshidagi o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi mutaxassislari hamda tumandagi umumta’lim maktablari va maktabgacha ta’lim tashkilotlari psixologlari ishtirok etdi.
Seminarda oilaviy ziddiyatlarning kelib chiqish sabablari va uning farzandlar psixologiyasiga ta’siri haqida so‘z yuritildi. Shuningdek, bunday vaziyatlarda psixologlarning vazifalari tushuntirib o‘tildi.
Mavzu borasida tayyorlangan videoroliklar namoyish etildi. Seminar davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.