Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi|🇺🇿 Rasmiy
62.5K subscribers
27.6K photos
2.59K videos
91 files
8.9K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
25.12.2021 19:30

Yoshlarni kasb-hunarga yo'naltirish borasidagi sa'y-harakatlar

#Boysun_tumani


Bizni kuzatishda davom eting:
👇👇👇👇👇👇👇👇👇
t.iss.one/Ishonch_TV_rasmiy
t.iss.one/zamin_online_axborot_dasturi
#Surxondaryo_viloyati_MMTB
#Boysun_tumani

🔰ZAMONAVIY TA'LIM TIZIMI – YANGI O'ZBEKISTON POYDEVORINI YARATADI

Bugun Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'i Boysun tumanida bo'lib, bu yerda tumandagi umumta'lim maktablari hamda maktabgacha ta'lim tashkilotlari direktorlari uchun yig'ilish o'tkazdi.

Yig'ilishda ta'lim muassasalarida ta'lim-tarbiya jarayonlarini to'g'ri tashkil qilish hamda pedagoglarning bilim-ko'nikmasini oshirish xususida taklif va tavsiyalar bildirib o'tildi.

🌐 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi rasmiy sahifalari ⬇️⬇️⬇️

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
#Surxondaryo_viloyati_MMTB
#Boysun_tumani

BOYSUN TUMANI MAKTABGACHA VA MAKTAB TA'LIMI BO'LIMI RAHBARLIGI VAQTINCHA JAMOATCHILIK ASOSIDA YUKLATILDI

Bugun Boysun tumani hokimligi faollar zalida Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'i Xusniddin Mamadiyev, tuman hokimi o'rinbosari Dilmurod Hafizov hamda tumandagi barcha maktablar va maktabgacha ta'lim tashkilotlari direktorlari ishtirokida yig'ilish o'tkazildi.

Yig'ilishda tashkiliy masala ko'rib chiqildi. Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining tegishli buyrug'iga asosan Boysun tumani xalq ta'limi bo'limi mudiri ta'lim sifati monitoring bo'limi boshlig'i Xolmatov Shuxratjon Yusubovichga Boysun tumani Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi boshlig'i vaqtincha vazifasini bajarish mazkur lavozimga asosiy nomzod tayinlangunga qadar jamoatchilik asosida yuklatildi.

🖊Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

🌐Bizni kuzatib boring 🔽

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
#Boysun_tumani
#jarayon

“XORIJIY TILLARNI O‘QITISH BO‘YICHA ENG YAXSHI MAKTAB” TANLOVINING BIRINCHI TUMAN (SHAHAR) BOSQICHLARI BO'LIB O'TMOQDA

Bugun Boysun tumanidagi 2-sonli ixtisoslashgan davlat umumta'lim maktabida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sovrini uchun “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovining birinchi (tuman) bosqichi bo'lib o'tmoqda.

Tanlov jarayonlarini quyidagi havola orqali to'g'ridan-to'g'ri tomosha qilishingiz mumkin 👇🏻
https://youtube.com/live/tWi-AOANVqE?feature=share

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

🌐Bizni kuzatib boring 🔽
Telegram | Facebook | Instagram | You tube
#Boysun_tumani
#seminar

Bugun Boysun tumanidagi umumta'lim maktablarida 11-sinfni bitiruvchi o‘quvchilarni Oliy taʼlim muassasalariga kirish ko'rsatkichlarini oshirish maqsadida o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.

Ushbu seminarni Bandixon tuman ixtisoslashtirilgan maktab maslahatchisi Yusupov Sherzod olib bordi. Bitiruvchi yoshlarga Respublikamiz  hududidagi va xalqaro Oliy taʼlim muassasalari  haqida hamda ularga kirish imtixonlari,  oliy ta'lim muassasalarining yo'nalish fanlari xususida maʼlumotlar berildi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

🌐Bizni kuzatib boring 🔽
Telegram | Facebook | Instagram | You tube
#Boysun_tumani

Gulxan atrofida – yoshlar bilan uchrashuv

Boysun tumanidagi 39-son umumta’lim maktabida yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish va ular bilan yaqindan muloqot qilish maqsadida gulxan atrofida yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Ushbu tadbirda tuman hokimi B.Shukurov, 4-sektor rahbari B.Akramov, tuman hokimining o‘rinbosari D.Xafizov, Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mudiri Sh.Xolmatov hamda mutasaddi tashkilotlar va boshqa mas’ullar, shuningdek, bir guruh yoshlar ishtirok etishdi.

Uchrashuv davomida yoshlar bilan ochiq muloqot qilindi va ko‘ngilochar tadbirlar, sport musobaqalari hamda konsert dasturlari namoyish etildi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
#Boysun_tumani

Kitobxon yoshlar safi kengaymoqda

Ixtisoslashtirilgan ta‘lim muassasalari agentligi tizimidagi  Boysun tuman ixtisoslashtirilgan maktabida tuman Axborot kutubxona markazi bilan hamkorlikda yangi adabiyotlar targ‘boti o‘tkazildi.

Tuman Axborot kutubxona markazi bilan ixtisoslashtirilgan maktab o‘rtasida hamkorlik o‘rnatilgan, o‘quvchilar muntazam kutubxonadan foydalanadilar. Kutubxona fondida 18 953 dona kitoblar saqlanmoqda, 8 mingdan ortiq kitobxonlarga xizmat qilmoqda.

✍🏻 Surxondaryo viloyati MMTB matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
#Boysun_tumani

Kitob va kitobxonlik - inson ma'naviyatining ko'zgusi

Joriy yilning 27-aprel kuni Sho‘rchi tumanida viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida o‘tkazilgan yig‘ilishda Angor va Boysun tumanlarini “O‘quvchilar o‘rtasida kitobxonlikni oshirish” yuzasidan namunaviy hududga aylantirish bo‘yicha topshiriqlar berilgan edi.

Boysun tumanidagi 2-son xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktabida Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi, viloyat bolalar kutubxonasi, Boysun tumani hokimligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi, tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi hamda Boysun tuman Axborot kutubxona markazi hamkorligida "O'quvchilar o'rtasida kitobxonlikni oshirish"ga bag'ishlangan o'quv-amaliy seminar tashkil etildi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati MMTB matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
#Boysun_tumani

🔥 Gulxan atrofidagi yoshlar uchrashuvi

Boysun tumanidagi 2-sektor hududiga qarashli “Pasurxi” mahallasida joylashgan 5-son umumta’lim maktabida “Gulxan atrofidagi yoshlar” loyihasi doirasida madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
#Boysun_tumani

Xavfsiz hayot uchun

Ixtisoslashtirilgan ta‘lim muassasalari agentligi tizimidagi Boysun ixtisoslashtirilgan maktabida “Xavfsiz hayot uchun” shiori ostida o‘quvchi yoshlar ishtirokida o‘quv-amaliy ko‘rgazmali seminari bo‘lib o‘tdi.

Amaliy seminar davomida o‘quvchilarning ta’til kunlarida bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, tashqi texnogen vaziyatlarda, ya’ni dam olish maskanlari, suzish havzalari, shuningdek, oromgohlarda to‘g‘ri harakatlanish, to‘g‘ri ovqatlanish, ob-havoning issiq paytlarida sog‘lik uchun xavfli bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilishda gigiyena qoidalariga amal qilish, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar hamda sport tadbirlariga ko‘proq e’tiborli bo‘lish yuzasidan tushunchalar berib o‘tildi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati MMTB matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
#Boysun_tumani

Fotoreportaj: Boysundagi 60 ta maktablarni 1 ming 374 nafar
11-sinf o'quvchilari yakunlashmoqda.

✍🏻 Surxondaryo viloyati MMTB matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
#Boysun_tumani

Boysun tumanidagi barcha umumta’lim maktablarida “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari keng nishonlandi.

Bayram munosabati bilan tumandagi markaziy o‘yingohda estradamizning taniqli yulduzlari bo‘lgan “Benom” guruhi ishtirokida konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
#Boysun_tumani

SPORT - SOG‘LIK GAROVI

Boysun tuman ta’lim xodimlarining bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish hamda sportga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish maqsadida tuman hokimligi, tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi hamda ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Boysun tuman bo‘linmasi hamkorligida tumandagi 39-umumiy o‘rta ta’lim maktabida "SPORT - SOG‘LIK GAROVI" shiori ostida Kasaba uyushmasi kubogi sport musobaqasining hududiy g‘olib jamoalari o‘rtasida final bochqichi bo‘lib o‘tdi.

Musobaqada

🥇 1-o‘rinni 33-maktab,
🥈 2-o‘rinni 16-maktab,
🥉 3-o‘rinni 45-maktab jamoalari qo‘lga kiritishdi.

Musobaqa so‘ngida g‘olib bo‘lgan jamoalarga tuman hokimligi, tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi hamda ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Boysun tuman bo‘linmasining diplomlari hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati MMTB matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
#Boysun_tumani

XAYR BOG'CHA - SALOM MAKTAB

Boysun tumanidagi 2-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida “Xayr bog‘cha - salom maktab” nomli bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida tarbiyachi-pedagoglar hamda bolajonlar ishtirokida kuy-qo‘shiqlar, sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati MMTB matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube