Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿
53.8K subscribers
31.8K photos
3.12K videos
96 files
10.3K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
#Sherobod_tumani

"Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni" nishonlandi

Bugun Sherobod tumanining “Hakimobod” mahallasi hududida joylashgan “Mushtariy” nomli maktabgacha ta’lim tashkilotida
“1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda tuman hokimi o’rinbosari, tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi boshlig’i hamda boshqa mas’ullar ishtirok etishdi.

Bog’cha tarbiyalanuvchilari tomonidan namoyish etilgan bir-biridan ajoyib chiqishlar yig’ilganlarda iliq taassurotlar qoldirdi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati MMTB matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
🔥1
⚡️Осиё тараққиёт банки билан ҳамкорликда 13 та мактаб қурилади

🏢 Президент қарорига кўра, 2023-2024 йилларда Осиё тараққиёт банки томонидан давлат-хусусий шериклик асосида Тошкент шаҳрида 1 та, Тошкент вилоятида 12 та мактаб қурилиши белгиланди.

🏗 Янги умумий ўрта таълим мактабларини ташкил этиш бўйича давлат шериги этиб Мактабгача ва мактаб таълими вазирлиги белгиланди. Хусусий шерик халқаро тендер натижалари бўйича аниқланади. Дастлабки тендерлар шу йил август ойидан эълон қилиниши белгиланган.

💵 Банк томонидан лойиҳа иштирокчиларига техник хизмат кўрсатиш ва тендер ҳужжатларини ишлаб чиқиш учун қайтариб бериш шарти билан 1,1 миллион АҚШ доллари миқдорида маблағлар ажратилади.

🛣 Янги мактаблар қурилиши учун Тошкент вилоятида қишлоқ хўжалигига мўлжалланган 67,55 гектар, шундан 66,98 гектар суғориладиган ер участкалари қишлоқ хўжалигига мўлжалланган ерлар тоифасидан аҳоли пункти тоифасига ўтказилади.

🌐 https://t.iss.one/AOKA_Surxondaryo
👍4
#Xalqaro_olimpiada
#Jonli_efir

🔴 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tashkil etilgan Al-Xorazmiy nomidagi yosh matematiklar xalqaro olimpiadasining ochilish marosimiga start berildi.

👉 Tadbirni jonli efirda kuzating.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Diqqat, tanlov!

“Inson huquqlari va erkinliklari sohasida ta’lim va innovatsiyalar” milliy tanlovi o‘tkazilmoqda

Inson huquqlari sohasidagi Jahon ta’lim dasturining to‘rtinchi bosqichi, BMTning Inson huquqlari sohasida ta’lim va tarbiya to‘g‘risidagi deklaratsiyasi doirasida hamda Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganligining 75 yilligi munosabati bilan Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Yoshlar ittifoqi hamkorligida “Inson huquqlari va erkinliklari sohasida ta’lim va innovatsiyalar” milliy tanlovi e’lon qilinmoqda.

❗️Talabgorlar tanlov ishlari, belgilangan namunadagi ariza va Nizom 10-bandida keltirilgan hujjatlarni 2023-yil 1-iyundan 1-noyabrga qadar [email protected] elektron manziliga yuborishlari lozim.

👉 Batasil: https://uzedu.uz/uz/news/1083

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
Ta'lim sifatini oshirishga oid navbatdagi seminar o'tkazildi

“Umumta’lim maktablarida ta’lim sifati va samaradorligini oshirishdagi muhim vazifalar” mavzusidagi navbatdagi seminar belgilangan rejaga asosan bugun viloyatimizning Termiz shahridagi 13-umumta’lim maktabida bo’lib o’tdi.

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi mas’ullari, Angor, Muzrabot, Termiz tumanlari hamda Termiz shahridagi ta’lim sifati past bo’lgan maktablar rahbariyati va o’qituvchilari ishtirokidagi mazkur seminarlar orqali ta’lim boshqaruvi idoralari rahbar va mas’ullari, umumta’lim maktablari direktorlarining mas’uliyatini, o‘qituvchilarning ta’limdagi islohotlar va o‘zgarishlar bo‘yicha bilimi va malakasini, qolaversa ta’lim ko‘rsatkichlari past maktablarda ta’lim sifati va samaradorligini oshirish va kelgusi 2023-2024-o‘quv yilida amalga oshiriladigan ishlar va vazifalar belgilab olinishi ko’zda tutilgan.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
👍3
"Yashil chiroq" musobaqasining viloyat bosqichi o‘tkazildi

Bugun Termiz shahridagi 26-umumta'lim maktabida "Yashil chiroq" musobaqasining viloyat bosqichi o‘tkazildi. Unda hududiy bosqichlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan jamoalar ishtirok etib, belgilangan shartlar yuzasidan o‘zaro bellashishdi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra:

1-o‘rin - Denov tumani,
2-o‘rin - Angor tumani
3-o‘rin - Sariosiyo tumani hamda Termiz shahri
jamoalariga nasib etdi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati MMTB matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
👍2