Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi|🇺🇿 Rasmiy
62.5K subscribers
27.6K photos
2.59K videos
91 files
8.9K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
#Angor_tumani

Navbatdagi "Otalar yig'ilishi" o'tkazildi

Prezidentimiz viloyatimizga qilgan tashriflari chog‘ida Surxondaryo tajribasi sifatida haftaning shanba va yakshanba kunini “Otalar kuni” sifatida belgilab, ushbu kunlarda otalar o‘z vaqtlarini farzandlari bilan o‘tkazib, ularning tarbiyasi bilan shug‘ullanishlari bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalarni berib o‘tgan edilar.

Ushbu taklif ijrosi sifatida Angor tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tizimidagi 14-,24-,45-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktablarida oilaviy muhitning ijobiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash, 2022-2023-o‘quv yilida erishilgan natijalar sarhisobi hamda o‘quvchilarning yozgi ta’til kunlari bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish yuzasidan tumanning bir qator mutasaddi tashkilotlari mas’ullari hamkorligida “Otalar yig‘ilishi” o‘tkazildi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda
#Surxondaryo_MTRK

Yurtimizda o‘sib kelayotgan yosh avlodning har tomonlama chuqur aqliy bilimga ega bo‘lishlari uchun barcha qulay imkoniyatlar yaratib berilgan. Umumiy o‘rta-taʼlim maktablarining 9-sinflarini bitirayotgan va kasb-hunar egallashga qiziqqan yoshlar ushbu imkoniyatlardan unumli foydalanishlari ham mumkin. Joylarda o‘tkazilayotgan “Ochiq eshiklar kuni” tadbirlarida kasb-hunar maktabida mavjud imkoniyatlar haqida yoshlarga kengroq ma'lumotlar berilmoqda.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
Samarali ijro intizomi – islohotlar natijadorligining muhim omili

Bugun Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi binosida boshqarma boshlig'i X.Mamadiyev tomonidan navbatdagi apparat yig'ilishi o'tkazildi. Unda boshqarma boshlig'i o'rinbosarlari va barcha xodimlar qatnashdilar. Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, Prezident Qaror, Farmon va Farmoyishlarining o‘z vaqtida va sifatli qilib ijrosini taʼminlash hamda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ijobiy hal etilishi holati va boshqa masalalar atroflicha muhokama qilindi.

Muhokama qilingan masalalar bo‘yicha kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan mutasaddi rahbar va xodimlarga nisbatan tegishli choralar ko‘rilishi belgilandi. Shuningdek, xodimlarga tartib-intizom yuzasidan tanqidiy ruhda tushuntirishlar berildi. Samarali ijro intizomi – islohotlar natijadorligining muhim omili ekanligi taʼkidlandi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati MMTB matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
⚡️RASMIY MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlarda "Sariosiyoda taʼlim izdan chiqdimi yoki viloyat nazoratsiz qolganmi?" sarlavhasi ostida tarqalgan xabar yuzasidan shuni ma'lum qilamiz:

Mazkur xabar Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'i X.Mamadiyevning nazoratida bo'lib, xabar yuzasidan o'rganish ishlari olib borilmoqda.

O'rganish natijalari yuzasidan rasmiy ma'lumot beriladi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
Forwarded from IT taʼlim
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Aziz o'quvchilar, yozgi ta'til dam olish bilan birga o'z qiziqishlaringiz asosida mustaqil bilim olishingiz, o'quv yili davomida olgan bilimlaringizni mustahkamlashingiz uchun qulay vaqt.

Bor yo'g'i 5-10 daqiqa va shu vaqt — atrofda sodir bo'layotgan voqea va hodisalarning ilmiy asoslarini tushunib olishingiz uchun yetarli.

Biz qisqa vaqt ichida bilimlar qaymog'ini ulashadigan "Nima uchun?" loyihasiga start beramiz.

♦️Qo'lingizdagi soat janub va shimolni ko‘rsatishini bilasizmi?
♦️Nega g‘ildiraklar dumaloq shaklda bo'ladi?
♦️Sut nega oq rangda?
♦️Siz ham freelancer bo‘lishingiz mumkin. Ammo...
kabi mavzulardagi videodarslarni You Tube orqali tomosha qiling!

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Twittter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda
#Surxondaryo_MTRK

Ta‘limning eng quyi pogo‘nasida tarbiyalanayotgan jajji bolajonlar ham o'zlarining sevimli maskani - bog‘cha bilan xayrlashib, maktab ostonasiga ilk qadamlarni qo'yishga tayyor bo’lib turishibdi. Ayni kunlarda viloyatimizdagi barcha maktabgacha ta'lim tashkilotlarida "Xayr bog‘cha, salom maktab" shiori ostidagi bayram tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda. Ana shunday tadbirlardan biri Termiz shahridagi 15-DMTT da bo‘lib o‘tdi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube