Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi|🇺🇿 Rasmiy
62K subscribers
27.9K photos
2.62K videos
91 files
8.99K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
#OAV_biz_haqimizda
#Surxondaryo_MTRK

25-may. Ushbu sana yurtimizdagi barcha umumtaʼlim maktablari bitiruvchilari uchun muhim va unutilmas kunlardan biri. Bu yilgi “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari “Ilmni qadrlang, ilmga intiling” shiori ostida ko‘tarinki ruhda nishonlandi. Bu yil vohadagi 965 ta taʼlim muassasalarining 11-sinfini 32 ming 886 nafar o‘quvchilar bitirib, mustaqil hayotga qadam qo‘yishdi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda
#Yangi_asr_radiosi

📻🎙"AYOL VA ZAMON" RADIOESHITTIRISHI

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
#Seminar_trening

🔴 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tashkil etilgan “Ta’limda boshqaruv” mavzusidagi seminar-treninglarga start berildi.

Mazkur tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri, Toshkent shahar, viloyatlar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarma boshliqlari, ularning o‘rinbosarlari hamda mas’ullar ishtirok etishmoqda.

❗️Tadbir avvalida Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova so’zga chiqib, bu kabi treninglarning ahamiyati hamda ta’limda boshqaruvning to’g’ri yo’lga qo’yilganligi naqadar muhimligi haqida so’z yuritdi.

⚡️ Shundan so’ng, seminar-treninglarning amaliy qismiga start berilib, vazir “motivatsion kouching”larni boshlab berdi.

Unda hududiy rahbarlarning ish faoliyatini yo’lga qo’yish, samarali boshqaruv tizimini shakllantirish kabi mavzularda so’z bordi.

📌 Kunning ikkinchi yarmida ishtirokchilar uchun sho’balarga bo’lingan holda seminar-treninglar bo’lib o’tadi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Seminar_trening

“Ta’limda boshqaruv” mavzusidagi seminar-treninglar davom etmoqda

🔴 Seminar-treninglar quyidagi yo’nalishlarda bo’lib o’tmoqda:

▶️ o‘quvchi qabuli,
▶️ Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi maktablaridagi yondashuv, mezonlarga asoslangan baholash tizimi,
▶️ umumta’lim maktablarida inklyuziv ta’limni joriy etish,
▶️ maktablarda o‘quvchilarni bepul ovqatlantirish,
▶️ ikkinchi xorijiy tilni va kasb o‘rgatishni joriy etish,
▶️ nodavlat ta’lim muassasalari faoliyati,
▶️ attestatsiya va akreditatsiya, milliy reyting,
▶️ maktabgacha ta’lim muassasalariga qamrov darajasi.

❗️ Treninglar davom etmoqda.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Shoʻrchi_tumani

XAYR BOG‘CHA — SALOM MAKTAB

Sho'rchi tumanining “Bobur” mahallasidagi 47-maktabgacha taʼlim tashkilotida “Xayr bog‘cha — salom maktab!» nomli musiqiy tadbir tashkil etildi.

Ko‘tarinki ruhda o‘tgan tadbirda maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyalanuvchilari ishtirokida raqs, sheʼr va qo‘shiq ijro etildi, ayniqsa, sahna ko‘rinishlari tomoshabinlarning davomli olqishiga sazovor bo‘ldi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube