Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿
37.2K subscribers
30.6K photos
2.94K videos
96 files
9.91K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
#Boysun_tumani

Xavfsiz hayot uchun

Ixtisoslashtirilgan ta‘lim muassasalari agentligi tizimidagi Boysun ixtisoslashtirilgan maktabida “Xavfsiz hayot uchun” shiori ostida o‘quvchi yoshlar ishtirokida o‘quv-amaliy ko‘rgazmali seminari bo‘lib o‘tdi.

Amaliy seminar davomida o‘quvchilarning ta’til kunlarida bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, tashqi texnogen vaziyatlarda, ya’ni dam olish maskanlari, suzish havzalari, shuningdek, oromgohlarda to‘g‘ri harakatlanish, to‘g‘ri ovqatlanish, ob-havoning issiq paytlarida sog‘lik uchun xavfli bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilishda gigiyena qoidalariga amal qilish, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar hamda sport tadbirlariga ko‘proq e’tiborli bo‘lish yuzasidan tushunchalar berib o‘tildi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati MMTB matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda
#Surxondaryo_MTRK

Davlatimiz rahbarining joriy yilning 13-mart kunida Surxondaryo viloyatiga tashrifi davomida haftaning shanba kuni viloyatning tajribasi sifatida "Otalar qabul kuni" bo‘lishi taklifi berilgan edi. Ushbu munosabat bilan bugungi kunda Sariosiyo tuman maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limi tasarrufidagi umumtaʼlim maktablarida ham tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Kuni kecha tumandagi 16-hamda 2-umumtaʼlim maktablarida “Otalar yig‘ilishi” tashkil etildi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati MMTB matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
G'oliblar munosib taqdirlandi

O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining murojaati bo’yicha “Umumjahon pul haftaligi” doirasida butun respublika miqyosida umumta’lim maktablari bilan hamkorlikda moliyaviy savodxonlikni oshirish maqsadida “Pulingizni rejalashtiring, kelajagingizni rejalashtiring” mavzusida mahorat darslarini o’tkazish rejalashtirilgan edi.

Surxondaryolik o'qituvchi va o'quvchilar mazkur ko'rik-tanlovda faol ishtirok etib, g'oliblikni qo'lga kiritishdi.

👉Batafsil

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
#Denov_tumani

Besh muhim tashabbus amalda

Denov tumanidagi 81-umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Prezidentimizning 5 muhim tashabbusi” doirasida tadbir tashkil etildi.

Tadbirda ijodiy ishlar va musiqiy chiqishlar, yoshlarni jismoniy chiniqtirish va ularni sportga keng jalb qilish bo‘yicha sport chiqishlari, yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internatdan samarali foydalanish, o‘quvchi yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish hamda o‘quvchi qizlar tomonidan tayyorlangan qo‘l mehnatlarining ko‘rgazmali chiqishlari namoyish etildi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati MMTB matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
#Termiz_shahri

Xayr bog'cha - Salom maktab!

Maktabgacha ta'lim agentligining 2023-yil 4-maydagi 03-47-sonli xatiga asosan "Xayr bog'cha - Salom maktab" shiori ostida tadbir o'tkazish rejalshtirilgan. Shunga muvofiq 7 yoshga to'lgan tarbiyalanuvchilarni tantali ravishda maktabga kuzatish maqsadida Termiz shahar 14-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida
1-tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilari ishtirokida "Xayr bog'cha - Salom maktab" tadbiri o'tkazildi.

Yuqori saviyada tashkil etilgan tadbirda bolalar tomonidan tayyorlangan badiiy qism namoyish etildi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati MMTB matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube