Forwarded from Surxondaryo viloyati hokimligi
Термиз шаҳридаги хусусий мактаб муаммолари жойига чиқиб ўрганилди
Термиз шаҳрида “Бойсун баракат имкон” МЧЖ томонидан 2019 йилдан буён “Genius Academy Termez” нодавлат умумтаълим мактаби фаолият юритиб келмоқда.
Ҳозирги кунда мактабда 370 нафар, шундан, бошланғич синфда 214 нафар, юқори синфда 156 нафар ўқувчи таҳсил олади. Мактабда фаолият юритаётган ўқитувчиларнинг 3 нафари 1-тоифали, 9 нафари 2-тоифали, 4 нафар ўқитувчида “CEFR”, 3 нафарида “IELTS” сертификатлари мавжуд.
Бугун вилоят ҳокими Улуғбек Қосимов мазкур мактабда бўлиб, яратилган шароитлар ҳамда машғулотларнинг ташкил этилиши билан танишди. Мактаб муассислари билан суҳбат давомида уларнинг мавжуд муаммолари ўрганилди. Жумладан, тадбиркорларнинг мурожаатига асосан мактабда спорт зал қуриш учун банкдан имтиёзли кредит олишида кўмаклашиш бўйича масъулларга кўрсатмалар берилди.
Сурхондарё вилояти ҳокимлиги Матбуот хизмати
Каналга уланиш: t.iss.one/axborot_xizmati
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site

#Sariosiyo_tumani
#Tabriklaymiz
2023-yil 20-may kuni Tojikiston Respublikasi Dushanbe shahrida KARATE DO SHOTOKAN bo'yicha Markaziy Osiyo ochiq kubogi o'tkazildi. Unda Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidagi 68-sonli umumta'lim maktabining 2 nafar o'quvchilari: Abdusattorov Muhammad va Jumanazarov Azmiddinlar ham ishtirok etib, faxrli I-o'rinni egalladilar.
Bugun 23-may kuni maktabda sovrindor o'quvchilarni tantanali ravishda taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.
Ushbu muvaffaqiyat bilan sportchi yoshlarni qutlaymiz va ularga kelgusida bundanda ulkan zafarlar tilaymiz!
✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.
Telegram | Facebook | Instagram | You tube

⚡️RASMIY MUNOSABAT
Ijtimoiy tarmoqlarda "Мудирамиз ишдан ташқари кунларда ҳам тозалашга чақиради" sarlavhasi ostida joylangan xabar yuzasidan shuni ma'lum qilamiz:
Qumqo'rg'on tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limining bergan ma'lumotlariga ko'ra, mazkur xabar yuzasidan Qumqo’rg’on tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi mas’ullari tomonidan tumandagi 28-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida o’rganish ishlari olib borildi.
O`rganish jarayonida ma’lum bo’lishicha, 28-sonli Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlarining yuqoridagi murojaatdan xabari yo`q. Xodimlar tashkilotda bunday holatlar qayd etilmaganligi, hech kim ish vaqtidan tashqari ishga jalb qilinmaganligi, xodimlarning ish haqidan hujjatlar va xona bezaklari uchun mablag’ ushlab qolinmaganligi, maktabgacha ta`lim tashkilotiga noqonuniy, yo`llanmasiz bolalar qabul qilinmaganligi hamda tashkilot direktori S.M. noqonuniy harakatlar sodir etmaganligini bildirib, holat yuzasidan fikr-mulohazalarini o’z qo’llari bilan yozgan tushuntirish xatlarida ham bayon etishgan.
O’rganish davomida tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo`limi hamda tuman prokuraturasiga tashkilot to`g`risida yuqorida aytib o`tilgan noqonuniy harakatlar yuzasidan hech kim murojaat etmaganligi va tashkilot xodimlariga hamda tashkilot direktoriga yuqori turuvchi tashkilotlar tomonidan “intizomiy jazo” choralari qo’llanilmaganligi ham aniqlandi.
❗️ESLATMA: Turli asossiz ma'lumotlar bilan Davlat xizmatchilarini chalg'itish, xizmat vazifasini bajarishga to'sqinlik qilish yoki o'z tasdig'ini topmagan, asossiz hamda yolg'on ma'lumotlar tarqatish qonunchilikka asosan tegishli tartibda javobgarlikka sabab bo'ladi.

Telegram
@SizdanTelegram© | Yangi O'zbekiston
CУРХОНДАРЁ – Боғча ходимлари: “Мудирамиз ишдан ташқари кунларда ҳам тозалашга чақиради”
ҚУМҚЎРҒОН. “Сурхондарё вилояти Қумқўрғон туманидаги 28-ДММТ ходимларимиз. Давлатимиз томонидан 5 кунлик дам олиш куни жорий қилинган. Лекин ММТ мудирамиз баъзида ишдан…

Maktablarda "So'nggi qo'ng'iroq" tadbirlarini o'tkazish bo'yicha ko'rsatmalar berildi
Bugun Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'i X.Mamadiyev tomonidan Angor tumanidagi maktab direktorlari, ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosarlari va boshqa mas'ullar ishtirokida yig'ilish o'tkazildi.
Yig'ilishda boshqarma boshlig'i maktablarda "So'nggi qo'ng'iroq" tadbirlarini yuqori saviyada, ko'ngildagidek o'tkazish, tadbir vaqtida tartib-intizomga rioya etish, o'quvchilarning xavfsizligini ta'minlash bo'yicha zarur tavsiya va ko'rsatmalarni berib o'tdi.
Shuningdek, yig'ilishda o'quv yilini muvaffaqiyatli yakunlab, bitiruvchilarning oliy ta'lim dargohlariga kirish ko'rsatkichlarida yuqori natijalarga erishish bo'yicha ham atroflicha fikr-mulohazalar yuritildi.
✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.
Telegram | Facebook | Instagram | You tube
Bugun Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'i X.Mamadiyev tomonidan Angor tumanidagi maktab direktorlari, ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosarlari va boshqa mas'ullar ishtirokida yig'ilish o'tkazildi.
Yig'ilishda boshqarma boshlig'i maktablarda "So'nggi qo'ng'iroq" tadbirlarini yuqori saviyada, ko'ngildagidek o'tkazish, tadbir vaqtida tartib-intizomga rioya etish, o'quvchilarning xavfsizligini ta'minlash bo'yicha zarur tavsiya va ko'rsatmalarni berib o'tdi.
Shuningdek, yig'ilishda o'quv yilini muvaffaqiyatli yakunlab, bitiruvchilarning oliy ta'lim dargohlariga kirish ko'rsatkichlarida yuqori natijalarga erishish bo'yicha ham atroflicha fikr-mulohazalar yuritildi.
✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.
Telegram | Facebook | Instagram | You tube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda
#Ishonch_TRK
DENOV TUMАNIDАGI 8-MАKTАBDА SEMINАR OʼTKАZILDI
Davlatimiz rahbari 2023-yil 20-yanvar kuni videoselektor tarzida oʼtkazilgan yigʼilishda 2023-yilda umumtaʼlim maktablari oʼquvchilarini ikkita xorijiy til va bitta kasbga oʼrgatish hamda 11-sinfni “Hayot maktabi” etib belgilash boʼyicha topshiriqlar ijrosi yuzasidan bugun 18-may kuni Denov tumanidagi 8-maktabda ikkita til va bir kasbni oʼrgatish boʼyicha viloyat seminari boʼlib oʼtdi.
Seminarda Denov tumani hokimi va tumandagi barcha mutasaddi tashkilot rahbarlari ishtirok etishdi. Seminar ishtirokchilari maktabda tashkil etilgan tikuvchilik, parda tikuvchilik, gilamdoʼzlik, duradgorlik ishlari ustasi, quyonchilik kasblari boʼyicha xonalar hamda maktabda ikkita xorijiy til: ingliz va nemis tilini oʼrgatish jarayonlari bilan tanishishdi.