Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi|🇺🇿 Rasmiy
66.1K subscribers
27.6K photos
2.6K videos
91 files
8.9K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
#Sariosiyo_tumani

31-may - Xalqaro chekishga qarshi kurashish kuni

Sariosiyo tuman tibbiyot birlashmasi mas'ullari tomonidan tumandagi ixtisoslashtirilgan maktabda "Xalqaro chekishga qarshi kurashish kuni" munosabati bilan tushuntirish ishlari olib borildi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) 1988 yilda 31 mayni Xalqaro chekishga qarshi kurashish kuni deb e'lon qilgan. Xalqaro chekishga qarshi kurashish kunining global maqsadi sog'lom turmush tarzini yaratishdir. Shu munosabat bilan tadbir davomida o'quvchilarga tamaki va u bilan kurashishga doir ma'lumotlar berildi.
 
Har yili tamaki iste'moli natijasida 6 millionga yaqin kishi hayotdan ko‘z yumadi va agar unga qarshi kurashga kirishmasak, bu ko‘rsatkich yiliga 8 milliondan oshadi. Tamaki iste'moli jinsi, yoshi, irqi va madaniyatiga qaramay, har qanday kishi uchun xavf tug‘diradi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
Термиз шаҳридаги хусусий мактаб муаммолари жойига чиқиб ўрганилди

Термиз шаҳрида “Бойсун баракат имкон” МЧЖ томонидан 2019 йилдан буён “Genius Academy Termez” нодавлат умумтаълим мактаби фаолият юритиб келмоқда.

Ҳозирги кунда мактабда 370 нафар, шундан, бошланғич синфда 214 нафар, юқори синфда 156 нафар ўқувчи таҳсил олади. Мактабда фаолият юритаётган ўқитувчиларнинг 3 нафари 1-тоифали, 9 нафари 2-тоифали, 4 нафар ўқитувчида “CEFR”, 3 нафарида “IELTS” сертификатлари мавжуд.

Бугун вилоят ҳокими Улуғбек Қосимов мазкур мактабда бўлиб, яратилган шароитлар ҳамда машғулотларнинг ташкил этилиши билан танишди. Мактаб муассислари билан суҳбат давомида уларнинг мавжуд муаммолари ўрганилди. Жумладан, тадбиркорларнинг мурожаатига асосан мактабда спорт зал қуриш учун банкдан имтиёзли кредит олишида кўмаклашиш бўйича масъулларга кўрсатмалар берилди.

Сурхондарё вилояти ҳокимлиги Матбуот хизмати

Каналга уланиш:
t.iss.one/axborot_xizmati
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site
#Sariosiyo_tumani
#Tabriklaymiz

2023-yil 20-may kuni Tojikiston Respublikasi Dushanbe shahrida KARATE DO SHOTOKAN bo'yicha Markaziy Osiyo ochiq kubogi o'tkazildi. Unda Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidagi 68-sonli umumta'lim maktabining 2 nafar o'quvchilari: Abdusattorov Muhammad va Jumanazarov Azmiddinlar ham ishtirok etib, faxrli I-o'rinni egalladilar.

Bugun  23-may kuni maktabda sovrindor o'quvchilarni tantanali ravishda taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.

Ushbu muvaffaqiyat bilan sportchi yoshlarni qutlaymiz va ularga kelgusida bundanda ulkan zafarlar tilaymiz!

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
⚡️RASMIY MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlarda "Мудирамиз ишдан ташқари кунларда ҳам тозалашга чақиради" sarlavhasi ostida joylangan xabar yuzasidan shuni ma'lum qilamiz:

Qumqo'rg'on tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limining bergan ma'lumotlariga ko'ra, mazkur xabar yuzasidan Qumqo’rg’on tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi mas’ullari tomonidan tumandagi 28-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida o’rganish ishlari olib borildi.

O`rganish jarayonida ma’lum bo’lishicha, 28-sonli Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlarining yuqoridagi murojaatdan xabari yo`q. Xodimlar tashkilotda bunday holatlar qayd etilmaganligi, hech kim ish vaqtidan tashqari ishga jalb qilinmaganligi, xodimlarning ish haqidan hujjatlar va xona bezaklari uchun mablag’ ushlab qolinmaganligi, maktabgacha ta`lim tashkilotiga noqonuniy, yo`llanmasiz bolalar qabul qilinmaganligi hamda tashkilot direktori S.M. noqonuniy harakatlar sodir etmaganligini bildirib, holat yuzasidan fikr-mulohazalarini o’z qo’llari bilan yozgan tushuntirish xatlarida ham bayon etishgan.

O’rganish davomida tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo`limi hamda tuman prokuraturasiga tashkilot to`g`risida yuqorida aytib o`tilgan noqonuniy harakatlar yuzasidan hech kim murojaat etmaganligi va tashkilot xodimlariga hamda tashkilot direktoriga yuqori turuvchi tashkilotlar tomonidan “intizomiy jazo” choralari qo’llanilmaganligi ham aniqlandi.

❗️ESLATMA: Turli asossiz ma'lumotlar bilan Davlat xizmatchilarini chalg'itish, xizmat vazifasini bajarishga to'sqinlik qilish yoki o'z tasdig'ini topmagan, asossiz hamda yolg'on ma'lumotlar tarqatish qonunchilikka asosan tegishli tartibda javobgarlikka sabab bo'ladi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube